Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


– mavzu Tabiatshunoslikda sinfdan tashqari ishlar va uning turlari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə75/107
tarix18.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#116153
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   107
17 – mavzu Tabiatshunoslikda sinfdan tashqari ishlar va uning turlari.
1. Tabiatshunoslikda sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati va uning ijtimoiy foydali yo’nalishi
2. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni
3. Individual ishlar
4. Guruh mashg’ulotlari
5. Klub ishi
6. Ommovay ishlar
7. Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari adabiyot o’qish

Adabiyotlar ro’yxati



  1. Asosiy adabiyotlar: 5, 16, 17, 18, 28.

  2. Qo’shimcha adabiyotlar: 12, 13, 14, 15, 27, 29.



Tayanch iboralar: tabiatshunoslik, sinfdan tashqari ishlar, metodlar, individual ishlar, guruh ishlari, to’garaklar, klub ishi, stentlar, ommoviy ishlar, kechalar, tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari adabiyot o’qish.

Darsdan tashqari ishlar – uy ishlariga qaraganda murakkabroqdir. Ularni amalga oshirish uchun tegishli o’simliklar, maxsus asboblar va boshqa jihozlar talab qilinadi. Darsdan tashqari ishlarga: tirik tabiat burchagidagi, o’quv tajriba maydonchasidagi va tabiatda yozgi topshiriqlar bo’yicha bajariladigan ishlar kiradi. Bu ishlar o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligida ularning bilishga qiziqishlarini uyg’otish va shuningdek maktab dasturini kengaytirish hamda to’ldirish maqsadida amalga oshiriladigan darsdan chetdagi ko’pchilik faoliyat shakli bo’lgan sinfdan tashqari ishlar nomini oladi.


Tabiatshunoslik kabinetlarida va tirik tabiat burchagida o’tkaziladigan ishlar uchun o’quvchilarga topshiriqlarni darslarda kursning barcha mavzulari uchun o’quv yili davomida berib boriladi. Tabiatshunoslik fanlarining o’qitilishida o’quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarning majburiy bo’lmagan ko’ngilli shakllari, indiviudal ishlar, sinfdan tashqari, yosh tabiatshunoslar to’garagining ishi, ommaviy kechalar, ijtimoiy foydali ishlar keng qo’llaniladi. Sinfdan tashqari ish o’quv materiali asosida va unga bog’liq holda uyushtiriladi. Biroq uning mazmuni darsni takrorlamaydi. Dastur doirasi bilan cheklanmaydi, ammo uni to’ldiradi va tabiat to’g’risidagi fanning qizig’arli va kerakli tomonlarini ochib beradi.
Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlar darslarda olingan bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va konkretlashtirish,tabiatni o’rganishga qiziqish uyg’otish, o’quvchilar faolligi va mustaqilligini rivojlantirish, bu vaqtni tashkillash imkoniyatini beradi. Sinfdan tashqari tabiatshunoslik ishlari tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, chunki o’quvchilarning xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatadi. Ular moddiy dunyoga qarashni va mehnat madaniyatini shakllantiradi, bilishga qiziqishni va mustaqil kuzatish ko’nikmalarini rivojlantiradi, jamoatchilik hissini va tabiatga muhabbatni tarbiyalaydi. Tabiatshunoslik bo’yicha yo’lga qo’yilgan sinfdan tashqari ishlar o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish vositalaridan biridir.
Uzoq muddatli tajribalar qo’yish, gerbariy va kolleksiyalar uchun material yig’ish, model, maket va boshqa ko’rgazmali qurollar tayyorlash, jonli tabiat burchagi va o’quv-tajriba maydonchasidagi ishlar kabi sinfdan tashqari, ishlarning shakllari tabiatni o’rganishni hayot bilan bog’lash va o’quvchilarni politexnik tayyorgarlik uchun ahamiyatli bo’lgan amaliy o’quv va ko’nikmalar bilan qurollantirish imkoniyatini beradi.
Bolalarning kuzatishlari va o’qituvchining tushuntirishlari bilan olib boriladigan qishloq xo’jaligi bo’yicha amaliy ishlari tabiatni boshqarish, uni inson manfaati uchun o’zgartirish to’g’risidagi ta’limot asoslarini tushunib olishlariga yordam beradi. Bolalarning ijtimoiy-foydali faoliyatlari ularni mehnatga o’rgatadi va vatanparvarlik tarbiyasiga ko’maklashadi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning barcha turlari bir-biriga bog’liq bo’lishi, biri ikkinchisini to’ldirishi kerak. O’simlik va hayvonlar bilan ishlashga darslarda vujudga kelgan qiziqish sinfdan tashqari mashg’ulotlarda rivojlanishi mumkin, ayniqsa tabiatshunoslik bilan qiziqqan o’quvchilar esa yosh tabiatshunoslar to’garagiga birlashtirilishi mumkin. O’quvchilarda tabiiy obyektlarni kolleksiyalashtirishga moyillikni, hayvonlarga muhabbatni payqagan o’qituvchi ularning qiziqishlariga qarab mashg’ulotlar topishi, tabiat to’g’risidagi fanni chuqurroq o’rganish istagini rivojlantirish zarur.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin