Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


– mavzu 3-4-sinflarda tabiatshunoslikni o’qitishning uslublari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə92/107
tarix18.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#116153
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   107
20 – mavzu 3-4-sinflarda tabiatshunoslikni o’qitishning uslublari.

  1. 3-sinfda tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi

  2. 4-sinfda tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi

  3. Chala komplektlangan maktablarda tabiatshunoslikni o’rganish

Adabiyotlar ro’yxati



  1. Asosiy adabiyotlar: 5, 16, 18, 28.

  2. Qo’shimcha adabiyotlar: 12, 29, 33.



Tayanch iboralar: tabiatshunoslik, metodlar, ko’rgazmali metodlar,
o’qitish vositalari, taqqoslash, kuzatish, kuzatish kundalik daftarlari, ob-havo va tabiat kalendari, ekskursiyalar, dasturlar, darsliklar, chala komplektlangan maktab, mustaqil ishlar, bilim, ko’nikma, malaka, mohorat.
3-sinfda tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. Tabiatshunoslikni alohida predmet sifatida o’qitish 3-sinfdan boshlanadi. O’quv materiali ikki – “Jonajon o’lka tabiati” va “Odam organizmi va uning salomatligini muhofaza qilish” mavzulariga birlashtirilgan. Tabiatshunoslik bo’yicha dastur kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga faqat jonajon tabiat go’zalligi va boyliginigina emas, balki barcha xalqlar bilan qardoshlarcha hamkorlikda o’z jumhuriyatining ahamiyatini ko’rsatishga ham imkon beradi.
O’z Vatanining tabiati va odamlari mehnati to’g’risidagi bilimlarning keng doirasi o’qituvchiga umumiy ta’lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo’nalishalri qo’ygan eng muhim ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishga imkon beradi.
3-sinfda o’quvchilar ob-havoni muntazam kuzatishni davom ettiradilar bulutlanishni, shamol kuchini (kuchli, bo’sh, mo’tadil) belgilaydilar. Fenologik kuzatishlar o’tkazishni davom ettiradilar: kunning uzunligini (kalendar bo’yicha), barglarning sarg’ayishini, xozonrezgilikni, yil fasllari bo’yicha o’simlik va hayvonlar holatini belgilaydilar. Barcha kuzatishlar “Kuzatishlar kundaligi” va umumsinf tabiat va mehnat kalendariga yozib boriladi.
Har oyning oxirida kuzatishlar umumlashtiriladi va yig’ma jadvalga kiritiladi. Unda shu oyning fenologik xususiyatlari belgilanadi. Kundaliklarga o’simlik va hayvonlar ustida olib borilgan umumlashgan kuzatishlar yoziladi. O’quvchilar jonsiz tabiatdagi o’zgarishlarning o’simlik va hayvonlar hayotidagi o’zgarishlar bilan qanday bog’liq ekanligi haqida xulosa chiqaradilar.
3-sinfda umumsinf tabiat va mehnat kalendarini yuritish davom etadi, bu ikki yil davomida kuzatilgan hodisalarni taqqoslash imkoniyatini beradi. Har kuni ob-havo, o’simlik va hayvonlar holatini belgilab, o’quvchilar joriy kuzatishlarini o’tgan yili shu kun o’tkazgan kuzatishlari bilan solishtiradilar. Bunday ish kuzatishlarga qiziqishni, ularning sifatini oshiradi, tabiatshunoslik tushunchalirini chuqurroq o’zlashtirishga yordam beradi.
“Jonajon o’lka tabiati” mavzusini o’rganishda bolalar kuzatish, tajriba, ekskursiya,amaliy ishlar o’tkazish yo’li bilan o’simlik va hayvonot dunyosining mahalliy vakillari bilan, o’z joyi yuzasining shakllari bilan, suv havzalari va suvning xususiyatlari bilan, tuproq hamda foydali qazilmalar bilan tanishadilar.
Bolalar uchun “Bizning o’lka” tushunchasi hammadan avval ularning uylari va maktabi joylashgan joydir, chunki ular ayniqsa atrof joyda bevosita kuzatishlari mumkin bo’lgan tuproq, o’simliklar, hayvonlar, yer yuzasining shakllari, suv havzalari, foydali qazilmalar bilan tanishadilar.
“Jonajon o’lka tabiati” mavzusini o’tishda o’qituvchi o’quvchilarning tabiat obyektlarini kuzatishlariga, ularni kuzatishlar kundaligida va sinf tabiat va mehnat kalendarida qayd qilishlariga, kuzatishlarni umumlashtirishlariga va shuningdek darslik sahifalaridagi topshiriqlarni bajarishlariga alohida e’tibor ajratish kerak.
Bolalar ekskursiyada tuproq bilan tanishadilar, tuproq kesmalarini qarab chiqadilar. O’qituvchi ular e’tiborini yer ostida joylashgan tuproq qatlamlari va tog’ jinslarining yotishiga qaratadi. Amaliy ish va tajribalar jarayonida o’quvchilar tuproq tarkibi to’g’risida bilib oladilar, o’z o’lkalari tuproqlarining xilma-xilligi to’g’risida tasavvur hosil qiladilar. Bu bo’lim birinchi bo’lib o’rganiladi, chunki u o’quvchilarni qishloq xo’jaligi mehnati bo’yicha mashg’ulotlarga (tuproqni kuzda ishlashga, ko’chat qalinligining ildizmevalar hosiliga va manzarali o’simliklarning gullash vaqtiga, o’g’itlashning ildizmevalarning hosiliga, gul manzarali o’simliklarning o’sishiga ta’sirini o’rganish bilan bog’liq bo’lgan tajribalar qo’yishga) nazariy jihatdan tayyorlaydi. Tuproq tarkibi to’g’risida tasavvurga ega bo’lmay turib, o’quvchilar madaniy o’simliklarning o’sish va rivojlanishi to’g’risida to’la qimmatli bilimlar ololmaydilar.
Mahalliy o’simlik va hayvonlarning bir necha turlari bilan o’quvchilar tabiat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga, shuningdek o’quv-tajriba uchastkasiga o’tkazilgan ekskursiyalarda tanishadilar. E’tibor jonli tabiat burchagi hamda tabiatning o’zida o’simlik va hayvonlarning o’sishi va rivojlanishini kuzatishga qaratilishi kerak.
“Quruqlik yuzasining shakllari” mavzusi bolalarga o’z joylarining yuzasi to’g’risida aniq va tasviriy tushunchalar berish maqsadiga ega. Bolalar O’zbekistonning eng muhim daryolari, ularning hosil bo’lishi, quyilishi, boshlanishi, o’zani to’g’risida dastlabki bilimlar oladilar. Tabiatdagi suv bilan ular mahalliy suv havzalariga ekskursiyaga borganlarida tanishadilar.
“Foydali qazilmalar” mavzuchasi quruqlik har xil tog’ jinslaridan: granit, qum, loy, kalsit va boshqalardan iborat ekanligi to’g’risida dastlabki tasavvur beradi. Bu mavzuda foydali qazilmalarning xususiyatlarini o’rganish markaziy o’rinni egallaydi. Ularni o’rganish predmetli darslarda kuzatishlar o’tkazish yo’li bilan olib boriladi. Ekskursiyalar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, ularda bolalar foydali qazilmalarni qazib olish bilan, ishchilar mehnatini mexanizasiyalash bilan tanishishlari, o’lkani qanday foydali qazilmalarga boy ekanligini bilib olishlari mumkin.
“Odam organizmi va uning salomatligini muhofaza qilish” mavzusini o’rganish bolalar 1 va 2-sinflarda egallagan sanitariya-gigiyena bilimlari va ko’nikmalari asosida quriladi. Bolalarning xilma-xil hissiyot va qabul qilishlaridan to’laroq foydalanish uchun ko’rgazmali qurollarni namoyish qilish bilan birga ularni gigiyena qoidalarini amaliy jihatdan bajarishga o’rgatish zarur.
Gigiyena bilimlarining muvaffaqiyatli egallab olinishi o’qitishning barcha xilma-xil metodlari hamda uslublarini qo’llanish bilan ta’minlanadi. Shu maqsadda “Odam organizmi va uning salomatligini muhofaza qilish” mavzusini o’rganishda o’z-o’zini kuzatishda keng foydalaniladi, uning yordamida faqat organizmda borayotgan jarayonlarni aniqlabgina qolmasdan,balki o’zining salomatlik holatini belgilash ham mumkin. Masalan, yurak qisqarishining tezligiga qarab, yurak va o’pka ishining normadan chekinishi to’g’risida fikr yuritiladi.
Imkoniyat boricha gigiyena qoidalarini muntazam bajarishga intilishni uyg’otuvchi xilma xil hissiy ta’sir ko’rsatish vositalaridan foydalanmoq darkor. Bunday vositalarga qo’l, yuz va bo’yin terisini toza yuvishdan, kiyimlarning bashangligidan, tishlarining sog’lomligidan, xonaning tozaligidan, harakatning chaqqonligidan vujudga kelgan yoqimli taassurotlarni kiritish mumkin. Ayrim hollarda aksincha, salbiy emosiyalarni: iflosga, pashshalarga va hokazolarga nafratni vujudga keltirish kerak. O’quvchilarni sanitariya tarbiyasida “Salomatlik burchagi” ni tashkil qilish katta ahamiyatga ega, uni o’qituvchi o’quvchilar bilan birga olib boradi. “Burchak” da bolalarga sanitariya va gigiyena qoidalarini eslatib turuvchi plakatlar, ishoralar osib qo’yiladi.
“Odam organizmi va uning salomatligini muhofaza qilish” mavzusini o’rganishga bag’ishlangan darslarda bir necha minutni sanitar-o’quvchilarning shaxsiy gigiyena qoidalarining bajarilishi to’g’risidagi raportlariga ajratish ma’qul bo’ladi. Bu bolalarni intizomli qiladi va ularda mas’uliyat his qilishni tarbiyalaydi. Gigiyena bilimlari hamda ko’nikmalarini egallab olishga bolalarni odam tanasining tuzilishi va a’zolarining vazifalari to’g’risidagi oddiy ma’lumotlar bilan tanishtirish yordam beradi. Bolalar odam organizmining bir butun ekanliklarini tushunib olishlari kerak. Uchinchi sinf o’quvchlari uchun muskullar bilan qon aylanishning, muskullar bilan ovqatlanishning o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar to’la tushunarlidir. “Nerv sistemasi” va “Sezgi organlari” mavzularini o’rgana borib, o’quvchilar ishlayotgan organlar o’rtasidagi, shuningdek organizm bilan atrof-muhim o’rtasidagi aloqalarning qanday amalga oshishi to’g’risida ma’lumotlar oladilar.
Gigiyena bilimlari va ko’nikmalarini o’qitishni faqat o’qish vaqti bilan cheklanmaslik kerak. Salomatlikni muhofaza qilishga, kun rejimini, shaxsiy ijtimoiy gigiyena qoidalarini bajarishga, o’quvchilar turmushiga jismoniy mashqlar hamda sport o’yinlarini tatbiq qilishga bag’ishlangan o’qishdan tashqari vaqtlardagi suhbatlar, kinofilmlar namoyish qilish, shu tematika bilan bog’liq ertaliklar o’tkazish darslarda olingan gigiyena bilimlari hamda ko’nikmalarini chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi.
Gigiyena ko’nikmalarini mustahkamlash uchun maktab bilan oilaning mustahkam aloqasi kerak. Bunda ota-onalar o’rtasida sanitariya-oqartuv ishlarini olib borish g’oyat muhimdir. O’qituvchi ota-onalarni o’zining o’quvchilarning sanitariya-gigiyena jihatdan tarbiyalash sohasidagi ishlari bilan tanishtirishi va asosiy e’tiborni nimalarga qaratish zarurligini ko’rsatish zarur.
O’qituvchi, shuningdek oilada gigiyena ko’nikmalarini mustahkamlash borasida ham g’amxo’rlik qilishi lozim. O’qituvchi o’quvchilar uyiga borib, bolalar gigiyena talablariga qanday rioya qilayotganliklari, pardoz buyumlarining, ko’rpa-yostig’ining alohida bo’lishini, uning ish joyi qanday ahvolda ekanligi to’g’risida aniq ma’lumotlar oladi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin