Muammoli masalalar va topshiriqlar:
1. 1-sinfda atrof olam bilan tanishish shakllari, metodlari, xulosalarni tahlil qiling.
2. Tabiatda yil fasllaridagi o’zgarishlar, kishilar faoliyatidagi o’zgarishlar, kishilar faoliyatidagi o’zgarishlar bilan tanishtirish metodikasini yoritib bering.
3. «Atrofimizdagi olam» kitobi bilan ishlashda fanlararo va fan ichi aloqalarining xususiyatlari haqida ma’lumot yig’ing.
4. 2-sinfda atrof olam bilan tanishtirish va murakkablashtirishning masalalarini ko’rsating.
5. 2-sinf uchun «Atrofimizdagi olam» dastur va darsligini tahlil etib, unda tabiat muhofazasi, ekologiya, etika, estetika, mehnat faoliyati masalalarini aks ettiruvchi mavzularni yoritib bering.
6. 1-sinf o’quvchilari uchun tabiatni kuzatish dasturini tuzing.
7. 2-sinf o’quvchilari uchun tabiatni kuzatish dasturini tuzing.
8. 1-2 sinflar «Atrofimizdagi olam» kuzatishlar daftarlarini tahlil etib, ob-havo va mehnat kalendarlarini to’ldiring.
9. 2-sinf «Atrofimizdagi olam» dasturi va darsligini tahlil etib muammoli topshiriqlar ro’yxatini tuzing.
Bilimni tekshirish uchun savollar:
1. 1 va 2 sinflarda tabiatshunoslik materialini o’rganishning mohiyati nimada?
2. Birinchi sinf o’quvchilarida tabiat to’g’risida qanday tushunchalar shakllantiriladi?
3. Kuzatishlar bilan bog’liq bo’lgan mashg’ulotlarning asosiy maqsadi nima?
4. Birinchi sinf o’quvchilariga kuzatuvchanlikni rivojlantirishda ekskursiya darslarining ahamiyatini izohlab bering.
5. Ekskursiya darslari jarayonida bolalarga estetik tarbiya berish xususiyatlarini ko’rsating.
6. Birinchi sinfda ob-havo va mehnat kalendari bilan ishlashning asosiy vazifalarini yoritib bering.
7. Ekskursiya materiallari bilan ishlashda predmetlararo bog’lanish darslarini tashkil etish metodlarini izohlab bering.
8. 1-sinf «Atrofimizdagi olam» fanini o’qitishda birinchi yarim yillikda asosan qaysi vazifalar bajariladi.
9. 1-sinf «Atrofimizdagi olam» fanini o’qitilishida ikkinchi yarim yillikda o’quvchilar bajaradigan asosiy vazifalarni yoritib bering
10. 1-sinf «Atrofimizdagi olam» fanining bolalar nutqini rivojlantirishda tutgan o’rnini izohlab bering.
11. 1-sinflar uchun «Atrofimizdagi olam» o’qish kitobini tahlil eting.
12. «Atrofimizdagi olam» o’qish kitobi bilan ishlashda asosan qaysi metodlardan foydalaniladi?
13. «Atrofimizdagi olam» o’qish kitobida o’quvchilarning qaysi faoliyati turlarini rivojlantirishga qaratilgan?
14. «Atrofimizdagi olam» o’qish kitobida muammoli xarakterdagi topshiriqlar bormi? Ularni izohlab bering.
15. «Atrofimizdagi olam» o’qish kitobida keltirilgan kun rejimi shaxsiy gigiyena maktab va uyda xulq-atvor haqidagi topshiriqlarni ko’rsating.
16. O’qish kitobida odamlar mehnatiga bag’ishlangan rasmlar haqida ma’lumot bering.
17. Ikinchi sinf tabiatshunoslik materialini o’rganishning asosiy vazifasi nimada?
18. 2-sinfda tabiat ustida kuzatishlar o’tkazish metodikasi qanaqa, u 1 –sinf metodikasidan nima bilan farq qiladi?
19. Ikkinchi sinfda tabiatshunoslik materiallarini o’rganishda qaysi metodlardan foydalaniladi?
20. 2-sinfda «Atrofimizdagi olam» darsligi bilan ishlashning metodik xususiyatlarini izohlab bering.
Dostları ilə paylaş: |