Kichik bosimli lyuminessent chiroqlari (LCH)
Bu razryadli gaz chirog‘isi bo‘lib, yorug‘lik uzatish darajasi yuqori, spektr tartibi yaxshi va xizmat davri kattadir. SHuning uchun, umum yoritish maqsadlari uchun qo‘llanila boshladi. Lekin uni elektr tarmog‘iga ulash, chug‘lanma chiroqlarga qaraganda, murakkabdir.
Lyuminessent chiroqlardagi yorug‘lik uzatishning yuqoriligi, elektr energayani yorug‘lik nuriga o‘zgartirish 2 fazadan iborat bo‘lishi bilan erishilgan.
Birinchi- Elektr toki o‘ta turib kichik simob bug‘larida va gazda yoyli razryad hosil bo‘ladi, ya’ni ultrabinafsha sohada elektr energiyasi nurlanishga o‘zgartiriladi - bu elektrolyumenissensiya deb ataladi.
Ikkinchi- Lyumenofor qatlamida yoyli nurlanish, ya’ni ultrabinafsha nurlanishni ko‘rinarli nurlanishga o‘zgartrish - bu fotolyumenissensiya deb ataladi.
Fotolyumenietsensiya - elektromagnit nurlanish spektrining ultrabinafsha va unga yaqin qismlari ta’sirida bo‘lgan lyumenissentli nurlanishga aytiladi. Lyumenissensiya moddasi lyumenafor deyiladi.
Fotolyumenissensiyaning asosiy qonuni - Stoks qonunidir. Unga asosan, spektrning og‘irlik markazidan chiqarilayotgan nurlanishning to‘lqin uzunligi, singdirilayotgan nurlanishning to‘lqin uzunligidan kattadir. SHunday qilib, ko‘rinarli nurlanish, faqat juda qisqa ko‘rinarli yoki ultrabinafsha nurlanishni singdiradigan, modda yordamida hosil bo‘lishi mumkin.
L yuminofor - aktivator deb atalgan aralashma qo‘shilgan kristall poroshokni tashkil qiladi, Lyuminoforni ishlatilishiga, singdirish va qaytarishning spektrial koeffitsientlari va hamda singdirish va qaytarishning spektrlari ta’sir ko‘rsatadi.
CHiqaralayotgan nurlanish nuqtai nazaridan, lyuminoforlar, faqat asosiy fizik-ximik tuzilish bilan aniqlanmasdan, aktivator turi bilan ham aniqlanadi.
Lyuminessent chiroqlarlar uchun mo‘ljallangan lyumenoforlar nur-lanishi, nurlanishning ko‘rinarli sohasini hammasini o‘ziga olishi lozim va yuqori energetik katta chiqish bilan xarakterlanishi lozim.
Lyumenoforning nurlanish rangi lyuminessent chiroqlar rangini aniqlaydi.
Ma’lumotnoma adabiyotlarida, lyuminessent chiroqlarida qo‘lla-niladigan lyuminoforlar uchun ma’lumotlar keltirilgan.
K ichik bosimli lyuminessent chiroqlar (KBLCH) (1,5 Pa yoki MO2 mm.simob ustun) quyidagilardan tashkil topgan: Ichki qismi lyumenoforning (2) yupqa qatlami bilan yopilgan silindrik shishali trubka (kolba) dir. Trubkaning ko‘ndalang qismiga, elektrodlarni (3) ushlab turuvchi oyoqchalar (5) kovsharlangan. Elektrodlar, volframli bispralga yoki uchspiralga o‘xshaydi.
Elektrodlarning oxiri, shtirali sokolga (4) chiqarilgan.
CHiroq kolbasiga, kichik miqdorda simob va inertli gaz (argon) kiritiladi. Ular, elektrodlarning sochilishini kamaytirish, chiroq yoqilishni engillashtirish uchun qo‘llaniladi.
Zamonaviy lyuminessent chiroqlarda, lyumenofor sifatida, surma va marganets bilan aktivlashtirilgan kalsiyaning golofosfati qo‘llaniladi. Lyumenoforlarning spektrial sezgarligining maksimumi, to‘lqin uzunligi 254 nm va 285 nm bo‘lgan, simobning rezonas nurlanish zonasida yotadi. Bularga, simobli razryad nurlagan energiyaning 60% dan yuqorisi to‘g‘ri keladi.
Lyuminessent chiroqlar nurlanishining asosiy manbasi razryad ustunidir, shuning uchun ularda uchqunli va yoyli razryadlarni qo‘llash mumkin. Qo‘llanilayotgan razryadning turiga bog‘liq holda, chiroqning ishi kuchlanishi o‘zgaradi. Mana shu belgisi bo‘yicha, lyuminessent chiroqlar uchta turga bo‘linadi:
1. Ishi kuchlanishi 220 V-gacha bo‘lgan razryadli yoy lyuminessent chiroqlar. Bu chiroqlar sobiq SSSR da ko‘p qo‘llanilgan, hamda Evropa davlatlarida. Bu chiroqlar, oksidli katod bilan ta’minlangan va uning qizish jismi bilan yondiriladi. Bu, ularning tuzilishini farqlovchi xususiyatini ko‘rsatadi.
2. 750 V gacha kuchlanishga mujallangan yoy razryadli lyuminessent chiroqlar. AQSH-da keng qo‘llaniladi. Ularni qo‘llash, quvvati 60-80 Vt dan bo‘lganda, maqsadga muvofiqdir.
3. Sovuq katodli uchqunli razryadli lyuminessent chiroqlar. CHiroqlarning bu turi, reklamali va signali yoritishlar maqsadida qo‘llaniladi Ular, katta kuchlanishli uskunalarda (bir necha ming voltli) kichik toklarda ishlaydi.
Qo‘llanilayotgan trubkaning diametri kichik bo‘lgani uchun, unga kerakli shakl berish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |