berilishi qonunga xilof ravishda rad etilgan shaxslar, shuningdek o‘z
so‘roviga haqqoniy bo‘lmagan axborot olgan shaxslar o‘zlariga
yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qonunda belgilangan tartibda
qoplanishi yoki ma’naviy ziyon kompensasiya qilinishi huquqiga ega.
11-modda. Axborotni muhofaza
etish Har qanday axborot, agar u
bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lish axborot mulkdori,
egasi, axborotdan foydalanuvchi va boshqa shaxsga zarar yetkazishi
mumkin bo‘lsa, muhofaza etilmog‘i kerak. Axborotni muhofaza etish:
− shaxs, jamiyat va davlatning axborot
sohasidagi xavfsizligiga
tahdidlarning oldini olish;
− axborotning maxfiyligini
ta’minlash,
tarqalishi,
o‘g‘irlanishi,
yo‘qotilishining
oldini olish;
− axborotning buzib talqin
etilishi va soxtalashtirilishining
oldini
olish maqsadida amalga
oshiriladi.
13-modda. Shaxsning axborot
borasidagi xavfsizligi Shaxsning
axborot borasidagi xavfsizligi
uning
axborotdan
erkin
foydalanishi zarur sharoitlari va kafolatlarini yaratish, shaxsiy hayotiga
taalluqli sirlarini saqlash, axborot vositasida
qonunga xilof ravishda
ruhiy ta’sir ko‘rsatilishidan himoya qilish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Jismoniy shaxslarga taalluqli shaxsiy ma’lumotlar maxfiy axborot
toifasiga kiradi. Jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy hayotiga
taalluqli axborotni, xuddi
shuningdek, shaxsiy hayotiga taalluqli sirini,
yozishmalar, telefondagi so‘zlashuvlar, pochta, telegraf va boshqa
muloqot sirlarini buzuvchi axborotni to‘plashga,
saqlashga, qayta
ishlashga, tarqatishga va undan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun
hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno. Jismoniy shaxslar
to‘g‘risidagi axborotdan ularga moddiy zarar va ma’naviy ziyon
yetkazish, shuningdek, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlari ro‘yobga chiqarilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida
foydalanish taqiqlanadi. Fuqarolar to‘g‘risida axborot oluvchi, bunday
axborotga egalik qiluvchi hamda undan
foydalanuvchi yuridik va
jismoniy shaxslar bu axborotdan foydalanish tartibini buzganlik uchun
qonunda nazarda tutilgan tarzda javobgar bo‘ladilar. Ommaviy axborot
vositalari axborot manbaini yoki taxallusini qo‘ygan muallifni, ularning
roziligisiz oshkor etishga haqli emas. Axborot manbai yoki muallif nomi
faqat sud qarori bilan oshkor etilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: