Nurmatov Otabekning Kiberxavfsizlik asoslari fanidan mustaqil ishi Mavzu



Yüklə 375,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix25.11.2022
ölçüsü375,23 Kb.
#70563
1   2   3   4
Kiberxavfsizlik

10-modda. Axborot berishni rad etish Agar so‘ralayotgan axborot 
maxfiy bo‘lsa yoki uni oshkor etish natijasida shaxsning huquqlari va 
qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetishi 
mumkin bo‘lsa, axborotni berish rad etilishi mumkin. So‘ralayotgan 
axborotni berish rad etilganligi to‘g‘risidagi xabar so‘rov bilan murojaat 
etgan shaxsga so‘rov olingan sanadan e’tiboran besh kunlik muddat 
ichida yuboriladi. Rad etish to‘g‘risidagi xabarda so‘ralayotgan 
axborotni berish mumkin emasligi sababi ko‘rsatilishi kerak. Maxfiy 
axborot mulkdori, egasi axborotni so‘rayotgan shaxslarni bu axborotni 
olishning amaldagi cheklovlari to‘g‘risida xabardor etishi shart. Axborot 


berilishi qonunga xilof ravishda rad etilgan shaxslar, shuningdek o‘z 
so‘roviga haqqoniy bo‘lmagan axborot olgan shaxslar o‘zlariga 
yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qonunda belgilangan tartibda 
qoplanishi yoki ma’naviy ziyon kompensasiya qilinishi huquqiga ega. 
11-modda. Axborotni muhofaza etish Har qanday axborot, agar u 
bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lish axborot mulkdori, 
egasi, axborotdan foydalanuvchi va boshqa shaxsga zarar yetkazishi 
mumkin bo‘lsa, muhofaza etilmog‘i kerak. Axborotni muhofaza etish:
− shaxs, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi xavfsizligiga 
tahdidlarning oldini olish; 
− axborotning maxfiyligini 
ta’minlash, 
tarqalishi, 
o‘g‘irlanishi, 
yo‘qotilishining 
oldini olish; 
− axborotning buzib talqin 
etilishi va soxtalashtirilishining 
oldini olish maqsadida amalga 
oshiriladi.
13-modda. Shaxsning axborot 
borasidagi xavfsizligi Shaxsning 
axborot borasidagi xavfsizligi 
uning 
axborotdan 
erkin 
foydalanishi zarur sharoitlari va kafolatlarini yaratish, shaxsiy hayotiga 
taalluqli sirlarini saqlash, axborot vositasida qonunga xilof ravishda 
ruhiy ta’sir ko‘rsatilishidan himoya qilish yo‘li bilan ta’minlanadi. 
Jismoniy shaxslarga taalluqli shaxsiy ma’lumotlar maxfiy axborot 
toifasiga kiradi. Jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy hayotiga 
taalluqli axborotni, xuddi shuningdek, shaxsiy hayotiga taalluqli sirini, 
yozishmalar, telefondagi so‘zlashuvlar, pochta, telegraf va boshqa 
muloqot sirlarini buzuvchi axborotni to‘plashga, saqlashga, qayta 
ishlashga, tarqatishga va undan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun 
hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno. Jismoniy shaxslar 
to‘g‘risidagi axborotdan ularga moddiy zarar va ma’naviy ziyon 
yetkazish, shuningdek, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy 
manfaatlari ro‘yobga chiqarilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida 


foydalanish taqiqlanadi. Fuqarolar to‘g‘risida axborot oluvchi, bunday 
axborotga egalik qiluvchi hamda undan foydalanuvchi yuridik va 
jismoniy shaxslar bu axborotdan foydalanish tartibini buzganlik uchun 
qonunda nazarda tutilgan tarzda javobgar bo‘ladilar. Ommaviy axborot 
vositalari axborot manbaini yoki taxallusini qo‘ygan muallifni, ularning 
roziligisiz oshkor etishga haqli emas. Axborot manbai yoki muallif nomi 
faqat sud qarori bilan oshkor etilishi mumkin.

Yüklə 375,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin