Loklar
organik eritmalarga (spirt, efir, skipidarga), asosan,
smola
va smolaga o ‘xshash mahsulotlami qo‘shish orqali tayyorlanadigan
parda hosil qiluvchi materiallar. Loklar turli buyumlar (detallar) ga
qoplash orqali ulami turli ta’sirlardan muofaza qilish va ko‘rinishini
ko‘rkam qilish, turli materiallami elektr o ‘tkazmaydigan qilish hamda
emal bo‘yoqlar tayyorlash uchun xalq xo‘jaligining
turli sanoat
tarmoqlarida keng ishlatiladi. Loklaming asosan tabiiy (moyli) va
sun’iy (xlorvinilli, bakelitli va b.) turlari boiadi.
Emal bo‘yoqlar
asosan turli pigmentlami loklarga qo‘shish
orqali hosil qilinadi Emallar, emal bo‘yoqlar, nitroemallar (nitrot-
sellulozali bo‘yoqlar), smolali, moyli va boshqa turdagi bo‘yoqlarga
bo‘linadi.
Bulaming ichida nitroemal juda tez quriydi. Shuning uchun
nitroemallar va introloklaming 507, 508, 907, 230
markalaridan yuk
avtomobillarining, kabinalari, kapotlarini bo‘yash uchun ishlatiladi,
660 markali qora rangdagisidan esa
ramalar va transmissiyalami
bo‘yashda foydalaniladi.
Nitroemal yengil mashinalami bo‘yash uchun ishlatilali. Lekin
tarkibi asosan sintetik smolalardan iborat boigan loklardan hosil
qilinadigan tegishli detal yoki buyumning qoplovchi
pardasi kimyoviy
va termik chidamliligi jihatidan ancha yuqori boiadi.
Gruntovkalar
loklarga 50-70 % turli pigmentlar (xrom
kislotaning tuzi, qo‘rg‘oshinli surik va b.) qo‘shib tayyorlanadi. Ular
turli metallami korroziyadan, yog‘ochlami chirishdan muhofaza qilish
uchun moijallangan.
Gmntovkalarning, asosan yelimli, moyli va nitrotsellulozali turlari
boiadi. Buyum (detal) ni shpatlyovkalashdan oldin gruntovkalanadi.
Dostları ilə paylaş: