“Нурота қўриқхонаси қуриқлик моллюскалариннг биологик хилма хиллиги”



Yüklə 101,33 Kb.
səhifə10/11
tarix11.11.2022
ölçüsü101,33 Kb.
#68636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
biol

shakllantirish .


Hamkorlikda o‗qitish g‗oyasi turli mamlakatlardagi jumladan Amerikadagi J.Xopkins universiteti professori R.Slavin (1990), Minnesot universiteti professorlari R.Jonson, D.Jonson (1987), Kaliforniya universiteti professori J.Aronson (1978), Izroildagi Tel-Aviv universiteti professori SH.Sharan (1988) tomonidan ishlab chiqilgan. Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o‗qitish asosan o‗quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko‗nikma va malakalarni shakllantirish, Izroil va Yevropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda o‗qitish yuqorida qayd etilganlar bilan bir qatorda, ko‗proq o‗quvchilar tomonidan o‗quv materialini qayta ishlash, loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o‗quv bahsi va munozaralar o‗tkazishni nazarda tutadi.
Mazkur g‗oyalar bir-birini to‗ldiradi, didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqozo etadi.
Hamkorlikda o‗qitish g‗oyasi didaktikada 1970 yillarda paydo bo‗lgan. Hamkorlikda o‗qitish texnologiyasi Buyuk Britaniya, Kanada, G‗arbiy Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Yaponiya, Izroil mamlakatlari ta‘lim muassasalarida keng qo‗llanila boshlagan. Hamkorlikda o‗qitishning asosiy g‗oyasi o‗quv topshiriqlarni nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o‗qishni o‗rganishdir. Hamkorlikda o‗qitish har bir o‗quvchini kundalik qizg‗in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o‗rgatish, shaxs sifatida ongli mustaqillikni tarbiyalash, har bir o‗quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg‗usini vujudga keltirish, o‗z kuchi va qobiliyatiga bo‗lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda ma‘suliyat hissini shakllantirishni ko‗zda tutadi. Hamkorlikda o‗qitish texnologiyasi har bir o‗quvchining tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o‗quv topshiriqlarini sifatli bajarishga, o‗quv materialini puxta
o‗zlashtirishiga, o‗rtoqlariga hamkor bo‗lib, o‗zaro yordam uyushtirilishiga zamin tayyorlaydi.

  • O‗qituvchi ta‘lim jarayonida hamkorlikda o‗qitish metodlaridan foydalanish maqsadida quyidagilarni:

  • Qaysi mavzularni hamkorlikda o‗qitish metodlaridan foydalanib o‗rganish mumkinligini aniqlashi va mazkur darslarni taqvim-rejada belgilashi;

Ushbu mavzu bo‗yicha o‗quvchilarga tavsiya etiladigan o‗quv topshiriqlari va ularni bajarish yuzasidan ko‗rsatmalarni tayyorlashi;

Hamkorlikda o‗qitish metodlaridan foydalanib o‗tiladigan dars turi, dars strukturasi va borishini loyihalashi;


O‗tgan va yangi mavzular yuzasidan o‗quvchilar bilimini nazorat qilish uchun test topshiriqlarini tuzishi kerak.
Mazkur metodlardan foydalanganda shuni nazarda tutish kerakki, o‗quvchilar o‗z sheriklari bilan hamkorlikda o‗quv topshiriqlarni to‗g‗ri bajarishlari barobarida guruh a‘zolarining faolligi, hamkorlikning vujudga kelishi, ular o‗rtasidagi muloqotda muloqot madaniyati tamoyillariga amal qilinishi ham hisobga olinadi.
Shunday qilib, guruh a‘zolari bir vaqtning o‗zida ikkita topshiriqni bajaradi:

    1. akademik topshiriq - bilish va ijodiy izlanish orqali o‗quv topshiriqlaridan ko‗zlangan maqsadga erishish;

    2. ijtimoiy-psixologik topshiriq - dars davomida yuksak muloqot madaniyatiga ega bo‗lish, odob osoyishtaligini saqlash;

O‗qituvchi har ikkala topshiriqning yuqori saviyada bajarilishini nazorat qiladi.
O‗qituvchi biologiya ta‘limi jarayonida hamkorlikda o‗qitish metodlaridan foydalanishi uchun ushbu texnologiyaning o‗ziga xos xususiyatlariga oid bilim, ko‗nikma va malakalarni, o‗quvchilarning mustaqil ishlari, o‗quv bahsi va munozaralarni samarali tashkil etish yo‗llarini egallagan, o‗quvchilarda esa darslik, ilmiy-ommabop adabiyotlar ustida mustaqil va ijodiy ishlash, o‗z fikrini
qisqa va aniq bayon etish, fikrlarni asoslash va dalillash, mantiqiy fikr yuritish, o‗quv bahsi va munozaralarda faol qatnashish ko‗nikmalari shakllangan va ongli intizom vujudga kelgan bo‗lishi lozim. Hamkorlikda o‗qitish texnologiyasining bir nechta metodlari mavjud.

Yüklə 101,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin