NURSIZ SOYALAR
“O’zlari tuproqdan yaralganliklarini bila turib, yana xudoman deyishlariga o’laymi?”
Aziz Nazarov
-Agent siz tavsiya qilgan yigitlarning birortasi bizning katta operatsiyamizga to’gri kelmaydi – dedi vazir xonasiga kirib. Razvedka hodimi unga savol nazari bilan qarab gap boshladi:
-Janob axir bu yigitlar bizning eng yaxshi yigitlarimizdan, ular buyruqlarimizga so’zsiz itoat qilishadi. A keyin yo’qotadigan hech nimasi ham yo’q ularning. Barchasi razvedka maktabi tarbiyalanuvchisi axir
-Ana shunisi yomon Anvarov, yo’qotadigan narsalarining yo’qligi bizga pand beradi. Anvarov biz oddiy operatsiya boshlamayapmiz, bu kerak bo’lsa asrlab davom etadigan jang – vazir shunday dediyu quyosh nuri tushub turgan derazaga qaradi va gap boshladi:
-Anvarov bilasizmi nega iflos suvlarni xlorlashadi?
-Albatta bilaman, suvni tozalash uchun
-Siz unda ifloslangan suv deb biling
-Nega?
-Biz davlatni mafiadan tozalashimiz kerak
-Demoqchisizke mafialarni yo’q qilamizmi?
-Yo’q mafia hech qachon yo’q bo’lmaydi, ular huddi qurtlarga o’xshashadi. Birini yo’qotsangiz o’rniga boshqasi keladi
-Unda nima qilamiz janob?
-Biz o’sha qurtlarni boshqaradigan odamlarni tarbiyalaymiz. Avval davlatni mafia boshqarga bo’lsa endi mafiani davlat odami boshqaradi
-Ammo bu oddiy operatsiya bo’lmaydi janob
-Ha bu yillab davom etadigan jang bo’ladi, ko’p talofatlar va ko’p yo’qotishlar bo’lishi aniq. Barchasiga tayyor bo’lishimiz kerak
-Unda buyruq bering men nima qilay?
-Askar siz shunday odamlarni topingke, ularni jonlaridan ham aziz yo’qotishdan qo’rqadigan odamlari bo’lsin
-Nega endi yo’qotadigan?
-Agar yo’qotadigan narsasi yo’q odamni bu ishga safarbar qiladigan bo’lsak, biz ularni emas ular bizni boshqarishiga to’gri kelib qoladi. Ular radikal muhitga moslashganlaridan so’ng o’zlari ham radikallashib ketmasliklari kerak
-ho’p bo’ladi janob vazir – Anvarov shunday dedi va xonani tark etdi. Vazir esa sigarit tutatgancha deraza tashqarisiga qarab o’ylay boshladi…
…
Anvarov qo’lida
Dostları ilə paylaş: |