Nusxalari Iqtisodiyot va Moliya vaziri Kubiyev Sherzod Davlyatovichga Jizzax viloyati hokimi Saliyev Ergash Alibekovichga Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat
Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig’I Otabek Musurmonovga
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Sharilloq mahallasi Buyuk ipak yoli ko'chasi 11-uyda yashovchi 1973-yilda tug'ilgan Qilicheva Maqsuda Po'latovna tomonidan
A R I Z A Ushbu orqali Sizga shuni yozib ma'lum qilamanki, mening farzandim 2009-yilda tug'ilgan Aloxonov Duraxshonxon Luqmonmon o'g'li Jizzax shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan Prezident ta'lim muassasalari agentligi maktabida tahsil olib 2023-yil 29-may kunidan 4-iyun kuniga qadar o'tkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro matematika fan olimpiadasiga ishtirok etib 3-o'rinni qo'lga kiritdi. Shu munosabat bilan Sizdan farzandimni kelgusida O'zbekiston sharafini yuqori arenalarga olib chiqishi, yuqori malakali kadr bo'lib yetishishi, yurtimiz ilm-salohiyatini yanada yuksaltirishi va davlatimiz rivojiga o'zining munosib hissasini qo'shishi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi "Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4306-sonli qarorining 5-bandi "a" va " b" qismlarida “ a) xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 1-o‘rin (oltin medal) uchun — 500, o‘qituvchisiga — 450 baravari;
2-o‘rin (kumush medal) uchun — 300, o‘qituvchisiga — 250 baravari;
3-o‘rin (bronza medal) uchun — 200, o‘qituvchisiga — 150 baravari;
b) asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin uchun — 50 baravari;
2-o‘rin uchun — 35 baravari;
3-o‘rin uchun — 30 baravari; ”, shuningdek ushbu qarorning 7-bandida “ Asosiy olimpiadalarni tashkil qilish hamda xalqaro olimpiadalar uchun ishtirokchilarni saralash va tayyorlash xarajatlari: a)O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari hamda texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
b) o‘quvchi yoshlarning xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ta’minlash bilan bog‘liq, shu jumladan sutkalik, yashash va transport xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan;
v) asosiy va xalqaro olimpiada g‘oliblari hamda ularning o‘qituvchilariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga to‘lanadigan ustama haqlari bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.”-deb nazarda tutilgan hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli Qarorining 1-ilovasi "Umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari, akademik litseylar, kasb-hunar maktabi o'quvchilari o'rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o'tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g'oliblarni rag'batlantirish tartibi to'g'risida" gi nizomning 2-bob 5-paragrafi 28-bandida “ Iqtidorli o‘quvchilar zaxirasiga quyidagi toifadagi o‘quvchilar kiritiladi: - asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida fanlar kesimida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar; - mintaqaviy xalqaro olimpiadalar g‘oliblari; - nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etgan o‘quvchilar; - qo‘shimcha respublika olimpiadalari g‘oliblari; - onlayn olimpiadalar g‘oliblari.” va 7-bob 69-70-bandlarida “Asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:
1-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari;
2-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari;
3-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.
Asosiy olimpiadaning to‘rtinchi bosqichida g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:
1-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 12 baravari;
2-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari;
3-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari. ” nazarda tutilgan ushbu rag'batlantirish choralarini ko'rishda amaliy yordam berishingizni so'rayman.
Fuqaro: M.Qilicheva