«nutq madaniyati» ning maqsad va vazifalari



Yüklə 58 Kb.
tarix01.04.2023
ölçüsü58 Kb.
#92361
«NUTQ MADANIYATI» NING MAQSAD VA VAZIFALARI


«NUTQ MADANIYATI» NING MAQSAD VA VAZIFALARI

Nutq madaniyati haqidagi ta’limot qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo’lsa ham, unga qadar Misrda, Assuriyada, Vavilon va Hindiston kabi mamlakatlarda paydo bo’lganligi notiqlik san’ati tajribasidan ma’lum. Ushbu davrlarda jamiyatning rivojlanishi, savdo - sotiqning, sud ishlarining nihoyatda taraqqiy etishi notiqlikni san’at darajasiga ko’tardi. Chunki u paytlarda davlat arboblarining obro’ - e’tibori va yuqori lavozimlarga ko’tarilishi, ularning notiqlik mahoratiga ham bog’liq bo’lgan.


Notiqlik san’ati sarkardalik mahorati bilan barobar darajada ulug’langan.
Mashhur notiq Tsitseron: «Tarixda yo yaxshi harbiy sarkarda, yo yaxshi notiq bo’lish kerak», degan ekan. Bu gapda katta hikmat bor. Harbiy sarkardaning itoatida ko’p sonli lashkar bo’lishini tasavvur qilsak, bu so’z tasodifiy o’xshatish emasligiga amin bo’lamiz. Grek va Rim notiqlari Aristotel, Demosfen, Tsitseron, Kvintilian kabi nazariyotchilarning hayotiy tajribalari ham bunga misoldir. Ular kishilik jamiyatida ritorika va notiqlik san’atining o’ziga xos maktabini yaratdilar. Tsitseronning «Notiqlik haqida», «Notiq», «Brut» asarlari, Mark Fabiy Kvintilianning «Notiq bilimi haqida», Aristotelning «Ritorika» kabi asarlari ham qadimgi Gretsiya va Rimda madaniy nutq, notiqlik nazariyasi ancha rivojlanganligini ko’rsatadi.
O’rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati o’ziga xos mavqega
egadir. Sharqda, jumladan, Movarounnahrda notiqlik, voizlik, ya’ni va’zxonlik
«Qur’on»ni targ’ib qilish bilan mushtarak holda so’zning ahamiyati, ma’nosi va
undan o’rinli foydalanish borasida ko’p yaxshi fikrlar aytilgan. Ana shu nuqtai
nazardan qaralsa, «Nutq odobi», «Muomila madaniyati» nomlari bilan yuritilib
kelingan «nutq madaniyati» tushunchasi juda qadimdan olimlar, ziyolilarning
diqqatini tortgan: Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Al-Xorazmiy, Mahmud Qoshg’ariy, Mahmud Zamaxshariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, So’fi Olloyor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ulug’siymolar nutq odobi masalalariga, umuman nutqqa jiddiy e’tibor berish bilan birga tilga, lug’atga, grammatikaga va mantiqshunoslikka oid asarlar yozganlar. Buyuk qomusiy olim Beruniy (973-1048) o’zining «Geodeziya» asarida har bir fanning paydo bo’lishi va taraqqiy etishi inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz va mantiq fanlari ham shu ehtiyojning hosilasidir.
Ulug’ vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy to’g’ri so’zlash, to’g’ri mantiqiy
xulosalar chiqarish, mazmundor va chiroyli nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati kattaligi haqida shunday deydi: «Qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so’rash va qanday javob berish (masalasi)ga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman...».
Kaykovus tomonidan 1082-1083 yillarda yaratilgan, qadimgi Sharq
pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri hisoblangan «Qobusnoma» da ham nutqodobi va madaniyati haqida ibratomuz fikrlar aytilgan. Asar 44 bobdan iborat bo’lib, uning 6-, 7- boblari so’z odobi haqidadir. Muallif farzandiga qilgan nasihatlari orqali o’quvchini yoqimli, muloyim,o’rinli so’zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi.
So’zlaganda o’ylab, har bir fikrdan kelib chiqadigan xulosani ko’z oldiga keltirib, gapirish kerakligini, kishi kamtar bo’lishi,o’zini xalq orasida oddiy tutishi
lozimligini eslatib, mahmadonalik qilish, ko’p gapirish donolik belgisi emasligini
shunday ifodalaydi. «Ey farzand, sen har qanday notiq bo’lsang ham,o’zingni
bilganlardan pastroq tutgil, toki so’z bilimdonligi vaqtida bekor bo’lib qolmagaysan.
Ko’p bilu, oz so’zla, kam bilsang,ko’p so’zlama. Chunki aqlsiz kishi ko’p
so’zlaydi,deganlarki, jim o’tirish salomatlik sababidir. Ko’p so’zlovchi aqlli odam
bo’lsa ham,xalq uni aqlsiz deydi...».
Ulug’ shoir Yusuf Xos Hojib turkiy xalqlarning XII asrdagi ajoyib badiiy
yodgorligi bo’lgan «Qutadg’u bilig» («Baxt keltiruvchi bilim») asarida so’zlarni
to’g’ri tanlash va to’g’ri qo’llash haqida: «Bilib so’zlasa so’z bilig sanalur» degan
edi. Qisqa so’zlash, so’zlarga iloji boricha ko’proq ma’no yuklash haqida:

Ugush so’zlama so’z biror so’zla oz,


Tuman so’z tugunini bu bir so’zla yoz,

deydi.
Mazmuni: so’zni ko’p so’zlama,kamroq so’zla. Tuman (ming) so’z tugunini


shu bir so’z bilan ech. Gapirishdan maqsad so’zlovchi ko’zda tutgan narsa, hodisa,
voqealarni tinglovchiga to’g’ri, ta’sirchan etkazishdan iborat. Shunday ekan,
nutqning to’g’riligi, ravonligi va mantiqiyligiga erishish muhim ahamiyat kasb
etadi. Mutafakkir so’zlovchini tilning ahamiyatini tushungan holda, hovliqmasdan,
so’zning ma’nolarini yaxshi anglab, nutqni ravon qilib tuzishga chaqiradi.
Adib Ahmad Yugnakiy (XII-XIII) ham so’zlaganda nutqni o’ylab,
shoshmasdan tuzishga, keraksiz, yaramas so’zlarni ishlatmaslikka, mazmundor
so’zlashga chaqiradi. Noto’g’ri tuzilgan nutq tufayli keyin xijolat chekib yurmagin,
deb so’zlovchini ogohlantiradi:
O’qub so’zla so’zni eva so’zlama,
So’zung kizla kedin, boshing kizlama.

Mazmuni: (So’zni o’qib so’zla, shoshib gapirma, keraksiz yaramas so’zlarni


yashir, yaramas gaping tufayli keyin boshingni yashirib yurma).

Nutq odobi deb yuritilgan qoida va ko’rsatmalarda sodda va o’rinli


gapirish,qisqa va mazmundor so’zlash, ezmalik, laqmalikni qoralash, keksalar,
ustozlar oldida nutq odobini saqlash, to’g’ri, rost va dadil gapirish, yolg’onchilik,
tilyog’lamalikni qoralash va boshqa shu kabi mavzularda so’z boradi.
O’rta Osiyo notiqligining o’ziga xos xususiyatlari shundan iborat ediki, u, eng
avvalo, o’sha davr tuzumining manfaatlariga xizmat qilar edi. Bu davrda notiqlik
sa’nati ustalarini nadimlar, qissago’ylar, masalgo’ylar, badihago’ylar, qiroatxonlar, muammogo’ylar, voizlar, go’yandalar, maddohlar, qasidaxonlar deb yuritilishi ham
ana shundan dalolat beradi. Ammo tilning yaratuvchisi xalq ekanligini va uning, eng avvalo, xalqqa xizmat qilishini to’g’ri anglovchi sog’lom fikrli kishilar uning ijtimoiy mohiyatini doimo to’g’ri tushunib kelganlar. Navoiyning davlat arbobi sifatida mehnatkash xalq oldida qilgan chiqishlari, uning til haqida aytgan fikrlari buning dalilidir. Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug’atayn», «Mahbub ul-qulub», «Nazm ul-javohir» asarlari o’zbek tilida nutq tuzishning go’zal namunalari bo’lishi bilan birga uning mukammallashishiga ham katta hissa qo’shdi. U o’zining «Mahbub ul-qulub» asarida shunday deydi: «Til muncha sharaf bila nutqning olatidur va ham nutqdirki, gar nopisand zohir bo’lsa, tilning ofatidur...»
ya’ni, til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir, agar u o’rinsiz ishlatilsa, tilning ofatidir. Alisher Navoiy mayin, yoqimli, shirali ovoz bilan so’zlash odobi haqida
shunday yozadi: «So’zni ko’nglungda pishqormaguncha tilga keltirma, harnakim
ko’nglungda bo’lsa, tilga surma». Mazmuni («So’zni ko’nglingda pishitib
olmaguncha, so’zlama, ko’nglingda bo’lgan har qanday fikni ham ayta berma»).
O’zbek badiiy nutqi tarixida Zahiriddin Muhammad Bobur alohida o’rin tutadi.
Shoirning nazmi va «Boburnoma»- si o’zbek nutqining go’zal namunalaridir. Bobur o’zi hammabop yozish bilan birga boshqalarga ham shunday ish tutishni maslahat beradi. Jumladan, o’g’li Xumoyunga yozgan bir xatida birovga yuborilgan maktubni muallifning o’zi bir necha bor o’qib ko’rishiga, uning ravonligiga, so’zlarning ko’zda tutilgan ma’noni to’g’ri aks ettirganligiga ishonch hosil qilganidan so’ng jo’natishga chaqiradi.
Ko’rinadiki, Sharq mutafakkirlari notiq oldiga tilni puxta o’rganish, uning
lug’aviy boyligi va grammatikasini puxta egallash, mantiqli so’zlashni o’rganish,
nutqni ichki (mazmun) va tashqi (shakl) ko’rinishiga birday e’tibor berish, go’zal va ta’sirchan nutq tuza bilish, til boyliklarini maqsadga muvofiq hamda o’rinli ishlatish vazifalarini qo’yadilar va ularning ijrosini kuzatadilar, chuqur tahlil etadilar.
«Nutq va notiqlik mahorati» fani o’zbek tilshunosligining o’ziga xos amaliy
sohasidir. U tilshunoslikning nazariy fanlaridan olingan bilimlarga suyangan holda
to’g’ri va chiroyli nutq tuzish yo’llarini o’rgatadi. U til, til normalari, nutq, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin bo’lgan kamchilik va xatolar, nutqning talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs yuritadi. Nutq madaniyati ham fan sifatida o’z tekshirish ob’ekti va vazifalariga ega. Uning tekshirish predmeti nutqning til qurilishi, adabiy til me’yorlari (normalari) va nutqning kommunikativ (aloqa uchun kerakli) fazilatlaridir. Nutq madaniyati nazariyasida til normasi markaziy tushunchadir. Til madaniyatining asosiy tekshirish ob’ekti adabiy til normalari, asosiy vazifasi esa ushbu normadagi ikkilanishlarni bartaraf etish bo’lmog’i kerak.
Shunday qilib, nutq madaniyati fani adabiy til me’yorlarini, uning tarixiyligini, taraqqiy etib borishi undagi ba’zi birliklarning eskirishi, ular o’rnida yangi normativ birliklarning paydo bo’lishini kuzatib, qayd etib boradi. Biroq bu fan adabiy normalarni yaratmaydi, ba’zi bir hodisalarni norma sifatida majburan kiritmaydi. Balki o’zbek milliy adabiy tili faoliyatini, uning rivojlanishini kuzatib boradi, ob’ektiv qonunlarini kashf etadi, shular asosida tavsiyalar beradi.
«Nutq va notiqlik mahorati» fani hozirgi zamon o’zbek adabiy tilini o’rganar ekan, shu adabiy til asosida vujudga keladigan barcha nutq turlari, adabiy tilga asos bo’luvchi xalq tili shevalari ham uning ob’ektiga daxldordir. Nutq madaniyati sohasi adabiyotshunoslik, poetika,estetika, etika, pedagogika, mantiq, ruhshunoslik, siyosatshunoslik sohalari bilan bog’liq. Milliy mustaqillik mafkurasining tarkibiy qismi hisoblanmish Davlat tili siyosati va unga oid huquqiy hujjatlar nutq madaniyatining asosiy ashyolaridandir. Notiqlik va voizlik san’tiga oid asarlar, o’zbek madaniy nutqiga asos bo’lgan milliy adabiy meros namunalari, o’zbek milliy hujjatchiligi hamda davlat tilida ish yuritish qonun - qoidalari majmuasi fanning asosiy ob’ektlaridandir.
Keyingi yillarda oliy o’quv yurtlarining barcha fakultetlarida «O’qituvchi
nutq madaniyati» fanining o’qitilayotganligi quvonarli holdir. Yosh avlodni
tarbiyalashdek o’ta mas’uliyatli vazifani bo’yniga olayotgan talabaning o’z
fanini chuqur o’rganishining o’zi etarli emas. Chunki «o’qituvchining nutqi o’tmas, nochor bo’lsa, uning bilimi qanchalik chuqur va tugal bo’lmasin, o’ziga ham azob, o’quvchi sho’rlikka ham azob. Ona tilida puxta, lo’nda va shirador nutq tuza olish malakasi va mahorati matematika o’qituvchisi uchun ham, ona tili o’qituvchisi uchun ham birday zaruriy fazilatdir. O’qituvchi go’zal, o’zni ham, so’zni ham qiynamaydigan ravon va ifodalarga boy nutqi bilan o’quvchilarni mahliyo etib, bermoqchi bo’lgan bilimini yosh inson shuuriga osonlik bilan olib kiradi. Zotan, ona tili milliy ma’naviyatimizning, dunyoni teran idrok etishimizning zaminidir».
Hozirgi o’zbek adabiy tilining to’liq shakllanganligi va ulkan ijtimoiy vazifani bajarayotganligi hech birimizga sir emas. Bu til diyorimiz vakillari uchun umumiy til sifatida shakllandi.
O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi Respublikamizda davlat
ishlarining, o’qish-o’qitish, ta’lim-tarbiya, targ’ibot-tashviqot ishlarining shu tilda
olib borilishi uchun juda katta imkoniyat yaratdi. Tilga bo’lgan munosabat tubdan
o’zgardi, uning barcha imkoniyatlarini o’rganish ishlari keng ko’lamda olib
borilyapti. Lekin, shuni ham aytish joizki, tilning ijtimoiy vazifasining bajarilish
darajasini belgilovchi omillardan biri bo’lmish nutq madaniyati sohasini chuqurroq
o’rganish oldimizga qo’yilgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki
nutqimizdagi nuqson va kamchiliklarni bartaraf qilish, nutq madaniyatini har
qachongidan ham yaxshiroq rivojlantirish umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan
siyosiy va ijtimoiy masaladir. Bu masala bilan shug’ullanish ishiga faqat
tilshunoslargina emas, respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha soha vakillari
e’tibor berishlari maqsadga muvofiqdir. Chunki, nutq madaniyati umuminsoniy
madaniyatning tarkibiy qismi bo’lib, kishilarni yuksak madaniyat sohibi bo’lishlarini belgilaydi. Bu masalaning bir tomoni bo’lsa, ikkinchidan, xalqaro hayotda ikki qarama - qarshi ijtimoiy guruh o’rtasida mafkuraviy kurash nihoyatda keskinlashgan bir davrda yashamoqdamiz. Bu narsa ham mafkuraviy kurashning asosiy qurolibo’lgan tilning har qachongidan ham o’tkir va keskin bo’lishini taqozo etadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ham bunga alohida etibor berib shunday degan: «G’oyaga qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqt ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin».
...«Maktablarda bolalar mustaqil fikr yuritishga o’rgatiladimi? Aminmanki,
o’rgatilmaydi. Mabodo, biror o’quvchi o’qituvchiga e’tiroz bildirsa, ertaga hech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktabdagi jarayonda o’qituvchi hukmron. U boladan faqat o’zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. Printsip ham tayyor: «Mening aytganim - aytgan, deganim - degan».
«O’qituvchi va o’quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o’rnini ongli
intizom egallashi juda qiyin kechyapti. O’qituvchining bosh vazifasi o’quvchilarda
mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko’pincha yaxshi
tushunamiz, lekin, afsuski, amalda, tajribamizda unga rioya qilmaymiz.
Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan
etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim
samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o’z yo’liga.
Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir». Maktabda nutq tadbirkorligini singdirish
o’qituvchining bosh vazifasidir. U birinchi soatdan boshlab to oxirgi mashg’ulotgacha o’quvchilarda nutq madaniyati (tadbirkorligi)ni tarbiyalashga
xizmat qilishi kerak.
Boshqacha aytganda «Ayni paytda nutqiy madaniyat tarbiyasi bilan
maktabdagi, hech bir istisnosiz, barcha o’quv fanlari ham bilvosita shug’ullanishi
kerak. Matematika bo’ladimi, fizika yoki tarix bo’ladimi, o’qituvchi o’z nutqiy
madaniyati bilan namuna ko’rsatishi, tegishli fan sohasining tugal tilini namoyish
etishi va shu yo’l bilan o’quvchidagi so’z sezgisiga kuch berishi maqsadga muvofiq.
Ta’lim amaliyotida ko’rgazmalilik azaldan eng zaruriy omil sifatida qarab kelinadi, shuning uchun o’qituvchi juda ko’p vaqtini turli ko’rgazmali qurollar tayyorlashga sarflaydi. Bu ma’qul, ammo, unutmaslik kerakki, nutqiy madaniyatni o’rgatish, chiroyli so’z zavqini o’stirish, umuman, til estetikasi tarbiyasida, asosiy, jonli ko’rgazmali qurol o’qituvchining o’zidir».
Yüklə 58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin