2 soat Reja: Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari



Yüklə 445,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/26
tarix23.05.2023
ölçüsü445,46 Kb.
#120997
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
5 мавзу макро



6-MAVZU. PUL-KREDIT SIYOSATI
(2 soat) 
Reja:  
1. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari.
2. Pul-kredit siyosatining maqsadlari, vositalari va ko`rinishlari. 
Depozitlarni majburiy zahiralash normasi.
3. Ochiq bozordagi operatsiyalar va hisob stavkasi.
4. O`zbekiston Respublikasi bank tizimining barqarorligini oshirish va 
pul-kredit siyoyosatini takomillashtirish yo`nalishlari.
Tayanch so’z va iboralar: Likvidlilik, ekvivalentlilik, pul massasi
depozitlar, pul agregatlari, bank multiplikatori, pul multiplikatori. 
 
1. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari 
  
Moliya bozoridagi operatsiyalar moliya muassasalari vositasida amalga 
oshiriladi. Bunday mussasalarga turli xil banklar, birjalar, depozitariylar, sug`urta 
kompaniyalari, investitsiya fondlari, agentliklar va h.k.lar kiradi.
«Bank» tushunchasi qadimiy fransuzcha bang va banca so`zlaridan kelib 
chiqqan bo`lib, «sarrof kursisi, do`koni» degan ma‘noni anglatadi. Bunday 
tushuncha tarixchilarning taxminan 2000 yil muqaddam faoliyat ko`rsatgan 
bankirlar haqidagi ma‘lumotlarida ham mavjud.
Pul munosabatlarining rivojlanishi banklarni yuzaga keltirgan. Bank 
iqtisodiyot ishtirokchilarining pul yuzasidan bo`lgan aloqalariga xizmat qiluvchi 
institut (muassasa)dir. Pul bilan bog`liq xizmatlarni ko`rsatuvchi tashkilotlar ko`p, 
ammo ularning markazida banklar turadi. O`zbekiston Respublikasining «Banklar 
va bank faoliyati to`g`risida»gi qonunida, bank nima, degan savolga quyidagicha 
javob topish mumkin:
Bank - tijorat tashkiloti bo`lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan faoliyat 
turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir.
O`zbekistondagi bank tizimi O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, 
aksiyadorlik-tijorat banklari va xususiy banklardan iboratdir. 2005 yil 1-iyul 
holatiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi bank tizimi 29 tijorat bankini o`z ichiga 
oldi.
Banklar pul olamini harakatga keltiruvchi motor - yurak, pul bilan bo`ladigan 
hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Hamma pul to`lovlari (transfertlar) banklar orqali 
o`tadi. Banklar quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

pul va qimmatli buyumlarni omonatga olib, saqlab beradi;

pul bilan bo`ladigan hisob-kitob opretsiyalarini, xususan, pul to`lash
ishlarini bajaradi;

chet el valutasini sotadi va sotib oladi;

o`z qo`lidagi pulni qaytarish, foizlilik va muddatlilik sharti bilan unga


(muhtojlarga) qarz (ssuda)ga beradi, ya‘ni, kredit bilan shug`ullanadi; - o`z 
puliga aksiya sotib olib, uni boshqa sohaga joylashtiradi; - biznes yuzasidan 
maslahat beradi va hokazo.
Bank ishi pul olamida bo`ladigan biznesdir. Bank biznesi foyda topish 
maqsadida yuritiladi.
Markaziy bankning monopollik mavqei uning mamlakatdagi pul va pirovard 
natijada iqtisodiy barqarorlik uchun alohida javobgar ekanligi bilan chambarchas 
bog`liq.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi va asosiy 
vazifalari quyidagilar:
―Markaziy banning bosh maqsadi milliy valutaning barqarorligini 
ta‘minlashdan iborat.
Asosiy vazifalari:
Monetar siyosatni hamda valutani tartibga solish sohasidagi siyosatni
shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;
Qzbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish 
va ta‘minlash;
Banklar,kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda 
tartibga solish,banklar, kredituyushmalari, garovxonalarni nazorat qilish, 
qimmatbaho qog`ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;
O`zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valuta rezervlarini, shu jumladan 
kelishuv bo`yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish;
Davlat budjeti kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan 
iboratdir‖

.
Tijorat banklari Markaziy bankda o`z qisqa muddatli va o`rta muddatli 
majburiyatlaridan muayyan foiz hajmida eng kam zahira deb yuritiladigan foizsiz 
omonatlarni saqlashga majbur.
Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilishda o`zining mintaqaviy 
bo`linmalari orqali kredit muasasalaridan majburiy ravishda axborot, oylik hisobot 
va yillik yakuniy balans ma‘lumotlarini taqdim etish asosida qatnashadi.
Kredit muassasalarining bo`ysinishiga qarab bank qonunchiligi hamda kredit 
tizimining pastdan yuqoriga tomon tarkibiy tuzilishiga muvofiq tarzda bank tizimini 
ikki asosiy: bir bosqichli va ikki bosqichli turga ajratish mumkin.
Bir bosqichli bank tizimi doirasida barcha kredit muassasalari, jumladan, 
Markaziy bank ham, yagona bosqichda turadi hamda mijozlarga kredit - hisob 
xizmati ko`rsatishda bir xil vazifalarni bajaradi.
Ikki bosqichli tizimda banklar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar bo`yiga 
(vertikal) va eniga (gorizontal) yo`nalishlarida tuzilishiga asoslanadi. Vertikal – 
rahbarlik qiluvchi, boshqaruvchi markaz hisoblangan Markaziy bank bilan quyi 
bo`g`inlar – tijorat va ixtisoslashgan banklar o`rtasidagi bo`ysunish munosabatlari, 
1
O‗zbekiston Respublikasining ―O‗zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to‗g‗risida‖ gi Qonuni,
www.lex.uz


gorizontal-turli quyi bo`g`inlar o`rtasidagi teng huquqli sheriklik munosabatlari 
tushuniladi.

Yüklə 445,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin