oshirilayotgan ishlar xalqaro moliyaviy tashkilotlar
tomonidan yuqori baholanib
kelinmoqda.
Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining 2017-yilning oktyabr
oyida e‘lon qilingan tadbirkorlik faoliyatini yuritish shart-sharoitlari boʻyicha
«Biznesni yuritish – 2017» navbatdagi yillik hisobotida biznesni yuritish shart-
sharoitlari boʻyicha respublikamizning reyting koʻrsatkichi 2017-yilning oʻzida 14
pogʻonaga koʻtarildi.
2018-yilga moʻljallangan pul-kredit koʻrsatkichlari
prognozi yuqorida qayd
etilgan vazifalarni amalga oshirilishi prognoz parametrlaridan kelib chiqib
belgilanmoqda.
Bunda inflatsiya darajasining belgilanayotgan maqsadli parametrlar
doirasida
boʻlishini ta‘minlash va yalpi ichki mahsulotning koʻzda tutilayotgan oʻsish sur‘atini
moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadlaridan kelib chiqqan holda, 2018-yilda
oʻrtacha yillik pul massasining yalpi ichki mahsulotga nisbatini 1,0 foiz
banddan
yuqori boʻlmagan miqdorida oshirish koʻzda tutilmoqda.
Oʻz navbatida, mamlakat yalpi ichki mahsulotining oʻsishiga mos ravishda
tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining
kengaytirilishi
hamda mamlakat toʻlov balansi, xususan, tashqi savdo balansi ijobiy saldosining
ta‘minlanishi natijasida bank tizimi sof tashqi aktivlarining koʻpayishi 2018-yilda
ham muomaladagi pul massasi oshishining asosiy omillari boʻlib xizmat qilishi
kutilmoqda.
Oʻz navbatida, 2018-yilda ham Markaziy bank muomaladagi pul massasini
tartibga solishda monetar siyosatining bozor instrumentlaridan keng foydalanish va
ularning samaradorligini oshirib borish boʻyicha ishlarni davom ettiradi.
Bunda asosiy e‘tibor, inflatsiyaning maqsadli koʻrsatkichlar doirasida
boʻlishini va iqtisodiyotda pulga boʻlgan talab va taklifning mutanosibligini
ta‘minlashga qaratiladi.
Shu bilan birga, bank tizimida likvidlik tanqisligi vujudga kelishining oldini
olish va aksincha tizimdagi ortiqcha likvidlikning iqtisodiyotda inflyatsion
bosimning kuchayishiga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik
maqsadida bank tizimi
likvidligini maqbul darajada ushlab turish uchun zaruriy choralar koʻrib boriladi.
Xususan, tashqi savdo balansi ijobiy saldosining ta‘minlanishi natijasida bank
tizimida vujudga kelishi mumkin boʻlgan ortiqcha likvidlikning inflyatsion bosimini
oldini olish hamda pul massasini tartibga solish maqsadida tijorat banklarining boʻsh
turgan pul mablagʻlarini Markaziy bankdagi muddatli depozitlarga jalb qilish orqali
sterilizatsiya operatsiyalari oʻtkazib boriladi.
Shuningdek, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini moliyaviy qoʻllab-
quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va
taraqqiyot jamgʻarmasiga tegishli mablagʻlarni yoʻnaltirilishining davom ettirilishi
pul massasi oʻsishining oldini olishga va uni belgilangan maqsadli koʻrsatkich
doirasida ushlab turishga xizmat qiladi.
Ushbu tahlilimizga yakun yasab bank tizimi respublikamizda rivojlanib
borayotganligi, tizimning moliyaviy barqarorligi mustahkamlanayotganligi, bu esa
monetar
siyosatning, bu siyosat vositalaridan foydalanishning samaradorligi
oshishiga imkon berayotganligini ta‘kidlashimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: