6,2-MAVZU. IS-LM MODELINING SHAKLLANISHI VA TADBIQI
(2 soat)
Reja:
1. IS - LM modelining mohiyati va AD-AS modeli bilan bog`liqligi.
2. IS - egri chizig`i va uning tenglamasi
3. LM - egri chizig`i va uning tenglamasi
4. IS-LM modelida makroiqtisodiy muvozanat
Tayanch so’z va iboralar: Tovar va pul bozori, investitsion tovarlar,
makroiqtisodiy muvozanat, Keyns xochi, Investitsion tuzoq
1. IS - LM modelining mohiyati va AD-AS modeli bilan bog`liqligi
Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga
erishish shartlari va
makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta‘sirini umumlashtirib tadqiq
qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi.
I S - LM modeli qisqa muddatli davrga ham tovarlar ham pul bozorida
birgalikda muvozanat o`rnatilishi mexanizmini xarakterlaydi. Bunda tovarlar bozori
deganda ham iste‘mol ham investitsion tovarlar bozori tushuniladi.
Garchand
iste‘mol va investitsion tovarlarga talab turli omillar bilan belgilansada IS - LM
modelida ular bir butun deb qaraladi. Pul bozori deganda xazina veksellari va tijorat
qog`ozlari ko`rinishidagi qisqa muddatli kredit vositalarini
oldi sotdi mexanizmi
tushuniladi. Bu bozorni obligatsiyalar bozoridan farqlash zarur. Pulning
obligatsiyalarda ifodalangan nisbiy bahosi obligatsiyalar bo`yicha foiz stavkasidir.
―IS - LM modeli (investitsiyalar-jamg`armalar, likvidlilikni afzal ko`rish –
pul) – yalpi talab funksiyasini belgilovchi iqtisodiy
omillarni aniqlash imkonini
beruvchi tovar-pul muvozanatim modeli‖
4
. AD-AS modelida tovar va pul
bozorlarining aloqasi e‘tiborga olingan edi. Ya‘ni tovarlar va xizmatlar baholarining
ko`tarilishi pulga bo`lgan talabni oshirishi bu esa o`z
navbatida foiz stavkasining
ko`tarilishiga olib kelishi, oqibatda investitsiya
xarajatlari va umuman yalpi
xarajatlar kamayishi AD-AS modelida ko`zda tutilgan edi. IS-LM modeli AD-AS
modelini qisqa muddatli davrga aniqlashtiradi va
bu modelda har ikkala bozor
yagona makroiqtisodiy tizimning sektorlari sifatida namoyon bo`ladi.
Model bu sektorlarda tarkib topgan sharoitlarga bog`liq tarzda foiz stavkasi R
bilan daromad darajasi Y ning muvozanatli darajasini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: