IS-LM egri chiziqlari kesishadigan nuqta IS-LM modelidagi iqtisodiy
muvozanat holatini ko`rsatadi.
Bu nuqta o`zida shunday foiz stavkasi «R» ni va daromad darajasi «Y» ni
aniqlaydiki, bunda tovarlar va xizmatlar bozorida talab va taklif hamda real pul
mablag`lariga bo`lgan talab va ularning taklifi o`zaro teng bo`ladi. (12.6-rasm.)
12.6-rasm. IS – LM modelidagi iqtisodiy muvozanat
7
Bu yerda : R* -muvozanatli foiz stavkasi; Y*- muvozanatli daromad hajmi.
IS va LM egri chiziqlarining o`zaro kesishishi pul taklifi investitsiyalar va
jamg`armalarni o`zaro tenglashtiruvchi foiz stavkasi shakllanishi uchun etarli
ekanligini anglatadi.
IS egri chizig`i rejalashtirilgan xarajatlarga bog`liq bo`lganligi uchun uning
o`zgarishi fiskal siyosatidagi o`zgarishlarni xarakterlaydi. LM pul taklifiga bog`liq
bo`lganligi uchun undagi o`zgarish monetar siyosat tadbirlari natijasini ko`rsatadi.
Bundan xulosa shuki IS-LM modeli fiskal va monetar siyosatning
iqtisodiyotga birgalikda ko`rsatadigan ta‘sirini baholash imkonini beradi. Davlat
xarajatlarining o`sishi yoki soliqlarning kamayishi IS egri chizig`ini o`ngga siljitadi.
Davlat xarajatlarining kamayishi va soliqlarning oshishi esa bu egri chiziqni chapga
siljitadi. Xuddi shuningdek pul taklifining oshishi LM egri chizig`ini o`ngga,
kamayishi esa chapga siljitadi. IS-LM modeli ma‘lum makroiqtisodiy natijalarga
erishishning turli variantlarni ko`rib chiqish imkoniyatini beradi. Bir bozorda
bo`lgan o`zgarish ikkinchi bozorga ham ta‘sir etadi. Masalan Markaziy bank ochiq
bozordan obligatsiyalar sotib ola boshladi. Natijada pul taklifining ko`payishi (LM
egri chizig`ini o`ngga siljishi da aks etib) foiz stavkasining pasayishini keltirb
chiqaradi. Monetar impuls ta‘sirida, ya‘ni, foiz stavkasining pasayishi oqibatida
investitsiya xarajatlari ko`payadi va IS egri chizig`i ham o`ngga siljib yangi nuqtada
muvozanat o`rnatiladi.
Agar modelda muvozanati LM egri chizig`ining gorizontal(keyns) kesmasida
yuzaga kelsa pul massasining ko`paytirilishi investitsiyalar, ishlab chiqarish va
7
Б.Е.Бродский. Макроэкономика. Продвинутый курс. М.: Магистр, 2012
bandlilikning o`sishiga olib kelmaydi. Bu iqtisodiy tizimda aloqalar buzilganligidan
dalolat beradi. Bunda pul taklifining o`sishi tovarlar bozoriga ta‘sir ko`rsata
olmaydi, chunki pul bozorida foiz stavkasini kamaytirish imkoniyati qolmaydi.
Bunday vaziyat
likvidlilik tuzog`i nomini olgan.
―Likvidlilik tuzog`i vaziyatida kredit (monetar) siyosat yalpi talab va milliy
daromadni rag`batlantirish vositasi sifatida kutilgan samarani keltirib chiqarmaydi
va shu sababli, keynschilar fikriga ko`ra, (ixtiyorimizda) faqat bir dastak - soliqlar
va hukumat xarajatlari orqali yalpi talabga bevosita ta‘sir ko`rsatadigan fiskal
siyosatgina qoladi‖
8
.
Agar
modelda
IS egri chizig`i LM egri chizig`ining vertikal kesmasidan kesib
o`tganda yuz bergan bo`lsa pul taklifini oshirish milliy daromadning o`sishigava foiz
stavkasining pasayishiga olib keladi. Aksinsa davlat xarajatlarining oshirilishi esa,
keynschilar fikriga ko`ra, bu kesmada yalpi talabga va milliy daromar hajmiga ta‘sir
ko`rsatmaydi.
Agar IS egri chizig`i vertikal ko`rinishda bo`lsa, ya‘ni investitsiyalarga talab
foiz stakasi o`zgarishiga ta‘sirchan (elastik) bo`lmagan, masalan investorlar
kelajakdagi bozor konyukturasining noaniqligi sababli o`z investitsiyalari
istiqboliga tushkun baho bersalar
investitsion tuzoq yuzaga keladi. Investitsion
tuzoq shuni anglatadiki IS egri chizig`i vertikal bo`lganda LM egri chizig`ining
siljishlari real daromad miqdorini o`gartirmaydi. Bu holatda pul-kredit siyosati yalpi
talalab va milliy daromad hajmiga hech qanday ta‘sir ko`rsatmaydi, fiskal siyosat
esa samarali bo`ladi.
Demak pul- kredit siyosati foiz stavkalari yuqori bo`lgandasamarali bo`ladi.
Fiskal siyosat esa foiz stavkasi minimal, ya‘ni LM egri chizig`i gorizontal, IS egri
chizig`i esa vertikal bo`lganda samaraliroq bo`ladi. Model yordamida makoiqtisodiy
siyosat variantlarini tanlash, shuningdek usullarini muvofiqlashtirilgan holda
qo`llash va siqib chiqarish samaralarini kamaytirish yo`llarini tahlil etish mumkin.
Dostları ilə paylaş: