2 soat Reja: Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari


 Iqtisodiy o`sish tushunchasi va o`lchanishi



Yüklə 445,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/26
tarix23.05.2023
ölçüsü445,46 Kb.
#120997
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
5 мавзу макро

1. Iqtisodiy o`sish tushunchasi va o`lchanishi. 
Iqtisodiy o`sish to`liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab 
chiqarish darajasini uzoq muddatli ko`payishi tendensiyasini anglatadi.
Iqtisodiy o`sish jami taklifning o`sishini yoki boshqacha aytganimizda, 
haqiqiy va potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o`sish 
muammosini o`rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi - 
cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga echim topiladi.
Demak, iqtisodiy o`sish omillari va ular samaradorligini o`rganish hamda 
tahlil qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir.
Iqtisodiy o`sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o`sishi, shuningdek, 
jon boshiga to`g`ri keladigan real daromadlarning o`sishini ham anglatadi. Shu 
sababli ham iqtisodiy o`sish ikki xil usul bilan o`lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy o`sish real YaIM ni o`tgan davrga nisbatan 
o`zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari 
dinamkasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Bunda joriy yildagi real YaIM (Y t) hajmining bazis yildagiga
( Yt-1 ) (asosan oldingi yilga) nisbatan foiz ko`rinishidagi o`sishi
aniqlanadi
9
:
Y t
Y= ------------ x 100
Yt-1
9
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 7 th edition. Harvard University. NY.: Worth Publishers, 2015


Ikkinchi usulda iqtisodiy o`sish aholi jon boshiga to`g`ri keladigan real YaIM 
ning o`tgan davrga nisbatan o`zgarishi sifatida aniqlanadi.
Iqtisodiy o`sish nazariyasi va modellarida YaIM o`rniga SIM, YaMD, SMD 
ko`rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o`sish 
daromadlarni qanday nisbatlarda iste‘mol va investitsiyalarga bo`linishiga bog`liq 
deb qaraladi.
Iste‘mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash 
darajasi 
oshishini 
bildirsa, 
investitsiyalar 
hajmining 
o`zgarishi 
resurs 
imkoniyatlarining o`sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. 
Iste‘mol va investitsiya o`rtasida etarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste‘mol 
miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy 
o`sish imkoniyatlarini qisqartiradi.
Iqtisodiy o`sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o`lchanadi.
Har bir mamlakat iqtisodiy o`sishga intiladi, chunki iqtisodiy o`sish, 
birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko`payishiga, ikkinchidan
resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va 
imkoniyatlarning paydo bo`lishiga, to`rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat 
obro`sining oshishiga olib keladi.

Yüklə 445,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin