Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
380
w
www.oriens.uz
May
2021
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Hozirda nutq madaniyati atamasi biklan yuritiladigan hodisa va ilmiy muammo
ancha keng mazmunga ega. Nutq madaniyati faqtagina adabiy tilni ongli va
maqsadga muvofiq ma’yorlashga qaratilgan harakatlargina emas,
balki millatning
umumiy madaniyatini ko’tarish, odamlarga ma’lum “til didi” («языковой вкус») ni
tarbiyalashga xizmat qiluvchi faoliayt hamdir.
Nutq madaniyati atamasi hozirgi zamon tilshunoslik talqinida uch xil hodisaning
nomi sifatida qo’llanmoqda. Bular : 1) madaniy nutqning, ya’ni nutqiy hodisaning
nomi; 2) madaniy nutq tushunchasi bilan bog’liq va nutq madaniyati deb yuritiluvchi
ilmiy
muammoning nomi; 3) nutq madaniyati muammosini o’rganish bilan maxsus
shug’ullanuvchi sohaning, tilshunislik fani bo’limining nomi.
Keltirilgan uchta
hodisaning har birini bir-biri bilan qorishtirib yubormaslik lozim.
Nutq madaniyati tushunchasini tushunish va ta’riflashda tilshunoslikda quyidagi
qarashlar ko’zga tashlanadi:
1. Nutq madaniyati – adabiy til rivojining o’ziga xos xususiyatlaridan biri (Praga
lingvistik maktabi).
2. Nutq madaniyati (til madaniyati) – bu adabiy til me’yorlarining shakllanishi
va silliqlanishiga yordamlashishdan iborat bo’lgan
faoliyat, ya’ni til rivojioga ongli
aralashuvdir (Praga lingvistik maktabi
3. Nutq madaniyati tilni ravshan, ifodali tuza olish mahoratidir. (A. Gurevich)
4. Nutq madaniyati kishilarning o’zaro to’liq
va teran fikrlashi, tilning barcha
imkoniyat va vositalarini puxta egallashidan iboratdir, (B.N.Golovin)
5. Nutq madaniyati faqat to’g’ri
nutqninggina emas, balki nutqiy chechanlik
hamdir. (G.O. Vinokur)
6. Nutq madaniyati til vositalaridan o’rinli foydalangan holda maqsadga
muvofiq so’zlash va yoza olish san’atidir. (A.N.Efimov).
7. Nutq madaniyati bu avvalo fikrlash madaniyatidir. (D. E. Rozental)
8. Milliy o’ziga xosligi bilan ham ajralib turuvchi nutq madaniy nutqdir. (M.
Afganova).
Ta’riflardan ma’lum bo’ladiki, nutq madaniyati – tilni aloqa-aralashuv qurolini
ishlatishga bo’lgan munosabatdir. Radiojurnalistlar bu noyob quroldan foydalanishga
bo’lgan munosabat qanchalik yuqori saviyada bo’lsa,
nutq madaniyati ham yuqori
saviyada bo’ladi.