Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
379
w
www.oriens.uz
May
2021
Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: “….oliy
taʼlim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, ijtimoiy soha va
iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qoʻshadigan, mehnat
bozorida oʻz oʻrnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash bizning eng
birinchi vazifamiz”, deb ta’kidlagan fikrlarining negizida,
yurtimizdagi barcha
OTMlari oldida O‘zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay oladigan, uni jahonning
ilg‘or mamlakatlari darajasiga ko‘tarilishiga hissa qo‘shuvchi dadil, mustaqil
fikrlovchi, bilimli,
malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo‘lgan
kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish masalasi yotadi. Shuningdek, Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyevning “... Keyingi paytlarda
ommaviy axborot vositalari
xodimlarining demokratik jarayonlar, fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi o’rni va
nufuzini, mahalliy gazetalar, tele-radiokanallarning moddiy texnik bazasi va kadrlar
salohiyatini mustahkamlash, eng asosiysi, matbuotda fikrlar, qarashlar xilma-xilligini
ta’minlash bo’yicha jiddiy ishlar amalga oshirilgani sizlarga ma’lum, albatta.
Gazetalarimiz, tele-radiokanallarimizda
oshkoralik, tahlil va xolis tanqid ruhi
kuchaygani, bevosita xorijiy mamlakatlardan tayyorlanayotgan materiallar soni ortib
borayotganini biz har tomonlama qo’llab-quvvatlaymiz”, degan fikrlardan ko’rinib
turibdiki, jurnalistlarning oldiga katta mas’uliyat yuklaydi. Buning uchun nutq
madaniyatini chuqur egallash talab etiladi
Til va nutq bir-biriga bog’liq hodisalardir. Til nutq uchun moddiy material, bu
material asosida nutq tashkil topadi. Tildagi hamma narsa til jamoasi uchun umumiy
bo’ladi.
Tilda ruhiy va moddiy material mavjud bo’lib, so’zning kishilar xotirasidagi
obrazli
ruhiy material, nutq yaratilish jarayonida qo’llaniladigan so’z shakllari,
morfemalar, tovushlar moddiy material hisoblanadi. Tilning ruhiy hodisa ekanligi
uning ongda saqlanishi bo’lsa, moddiy hodisaligi undagi til vositalari orqali
belgilanadi.
Nutq – bu til deb ataluvchi, o’ta muhim vazifalarni bajaruvchi noyob quroldan
foydalanish jarayoni, til birliklari imkoniyatlarining borliq,
tafakkur, ong hamda
vaziyat kabi hodisalar bilan munosabatda namoyon bo’lishidir. Nutq harakatdagi til
bo’lib, nutq a’zolarining harakati jarayonida paydo bo’ladi va so’z shakllari, so’z
birikmalari va gaplardan tashkil topadi. Nutq madaniyati, madaniy gapirishga intilish
tushunchasi barcha xalq tillarida qadimdan mavjud hodisadir. Bu tushuncha ma’lum
lingvistik me’yorlar, etikaviy va estetikaviy talablar bilan aloqador bo’lgan tushuncha
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: