Nutq nuqsonlarining kelib chiqishi Tasbaeva Gulbaxar Muratovna



Yüklə 8,48 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü8,48 Kb.
#203678
Dauletbaeva Manzura


Nutq nuqsonlarining kelib chiqishi
Tasbaeva Gulbaxar Muratovna
Ilmiy rahbar:NMPI Maktabgacha ta'lim va defektologiyakafedrasi o'qituvchisi.
Dauletbayeva Manzura Maxsetbay qizi
NMPI Maxsus pedagogika(logopediya) ta'lim yo'nalishining 1-bosqich talabasi.
Nutq - bu insonni boshqa mavjudotlardan ajratib turadigan belgi hisoblanadi. Nutqning
inson hayotidagi ahamiyati juda katta. Biz gapirish orqali hayolimizdagi bor narsani boshqalarga yetkaza olamiz. O'ylab ko'ring, agar siz so'zlay olmasangiz fikringizni boshqalarga qanday yetkazasiz? Qo'l harakatlari orqali yetkazishingiz mumkin. Biroq, qo'lingiz ishlamaydi, qulog'ingiz eshitmaydi, siz
fikringizni qanday yetkazasiz? Bunday holatda eshitmasangiz ham nutqingiz orqali bor fikringizni
boshqalarga bildirasiz. Odamlarning labi harakatga kelishi orqali nima deb gapiryotganini bilasiz.
Tog'ri, eshitish analizatori buzilgan insonlarda nutq jarayoni yo'qolishi, vaqt o'tishi bilan bor bilgan so'zlari ham unutilib ketishi mumkin. Bunday qo'shmali nuqsonlarda ularga koxlear
implantat qo'yish yordamida eshitishni tiklab, surdopedagog, logoped bilan birgalikda bolaning gapirish
jarayonin o'z holiga keltira oladi. Demak, gapirishning inson hayotidagi ahamiyati juda katta.
Bu maqolaning ahamiyatliligi shundan iborat, bugungi kunda tog'ri gapira olmaydigan,
ovozlarning o'rnini almashtirib aytadigan, ayrim so'zlar orasida ovozlarni tushirib qoldiradigan
bolalar ko'payib bormoqda. Shuning uchun, kasalliklarning kelib chiqishi, davolash usullari, uning
oldin olishni o'rganamiz.
Xozirgi kunda nutqida kamchiligi bo'lgan bolalar logopediya-fanida o'rganiladi.
Logopediya- til nuqsonlari haqidagi maxsus ta'lim va tarbiya yo'nalishinda til
nuqsonlarin o'rganish, tuzatish va oldin olish haqidagi fan. Logopediya nutqdagi buzilish sabablari, mexanizmlari, kelib chiqish sabablarin o'rganadi. Logopediya- yunoncha
“logos”, “podeyo” so'zlaridan olingan bo'lib, “til nuqsonlarini tuzatish” degan mohiyatni
ifoda etadi.
Logopediyaning o'rganish obyekti - til kamchiligiga ega bo'lgan shaxs. Adabiy tilda qabul
etilgan gapirish me'yorinan biroz bo'lsa ham chetga chiqish - bu til kamchiligi hisoblanadi.[1]
O. V. Pravdina o'zining “Logopediya” kitobida logopedik til nuqsonlarini quyidagicha
xarakterlagan :
1. Til nuqsonlari o'z-o'zidan da'volanib ketmaydi, balkim, vaqt o'tgan sayin kuchayib boradi.
2. Til kamchiligi gapiruvchining yoshiga to'g'ri kelmaydi.
3. Til kamchiligiga ega bo'lgan insonlar logoped yordamiga muxtoj bo'ladi.
4. Og'ir til nuqsonlari insonning nutqiga, balkim umumiy rivojlanishiga nojo'ya ta'sir
ko'rsatadi.
Bolalarda til kamchiligi paydo bo'lishining asosiy sabablari :
- Embrion rivojlanish davridagi har xil vaziyatlar ( onaning ichkilikka berilishi ).
- Homiladorlik paytidagi taksikozlar, virusli va boshqa xastaliklar, gripp.
- Tug'ilish vaqtidagi kasallanish.
- Bola rivojlanishining boshlang'ich davrindagi bosh miya kasalliklari ( meningit, encefalit).
- Miyaning tebranishi, zahmlanishi.
- Irsiylik omillar.
- Bolaning qarovsiz qolishi va tashqi muhitning yaxshi bo'lmasligi.[2]
Nutqdagi nuqsonlar inson faoliyatiga nojo'ya tasir ko'rsatadi, uning faolligin pasaytadi. Til kamchiligiga ega bo'lgan insonlar boshqalar bilan munosabat o'rnatishga
uyaladi, qiynaladı, bu nuqsonlar ma'naviy rivojlanishga yomon ta'sir o'tkazadi.
Gapirish nuqsonlari og'izaki va yozma bo'ladi. Og'izaki til nuqsonlariga dislaliya,
rinolaliya, dizartiya, afoniya, disfoniya, fonostiniya, tahiliya, bradilaliya, olaliya, afaziya kiradi.
Bunday xastaliklarni tuzatish biroz qiyin bo'ladi. Bunday til kamchiligiga ega bo'lgan bolalarni
tushunib bo'lmaydi.
Til kamchiligiga ega bolalarda ovozlarni noto'g'ri aytish, so'zlarni to'liq ayta olmaslik, so'zlar
o'rnini almashtirib aytish, ovoz kuchining sekinlashishi, ba'zida ovozning butunlay yo'qolishi, juda asta
yoki juda tez gapirish, eshitgan so'zni ayta olmaslik holatlari kuzatiladi.
Yozma til nuqsonlariga aleksiya, disleksiya, agrofiya va disagrafiya kiradi. Bunday
yozma til kamchiligiga ega bolalarda harflarni almashtirib o'qish, tinch belgilariga rioya qilmaslik,
bog'inlarni tog'ri ayta olmaslik holatlari uchraydi.
Biz nutqida kamchiligi bor bolalarni da'volashda og'izaki, amaliy va kórgizmali
metodlardan foydalanishimiz mumkin. Amaliy metodlar deganda har xil raqs va
mashg'ulotlardan foydalanish tushuniladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaganda
ularga mashina, traktor, har xil hayvonlar yoki biror tabiat hodisasiga yaqin ovozlarni taqlid qilishni
so'raymiz. Masalan, daslab itning ovoziga taqlid qilamiz: “waw, waw” yoki “irrrrrrrrr”. So'ng
bolalardan hayvonlarning harakatlari va ularning tovushlarin birga o'xshatib berishini
aytamiz. Bunday mashg'ulotlarda bolalar o'zlari bilmaydigan holda gapirish jarayonining yaxshilanib
borishi kuzatiladi. O'yin metodida asosiy rollarni murabbiy egallaydi. Murabbiy ertaklarni
saxnalastirish va har xil so'rovlar berish orqali bolaning nutqin tog'irlashga harakat qiladi.
Kórgizmali metod - bu multfilm, kino yoki rasmlarni ko'rganda ulardagi
qahramonlarning tovushlariga taqlid qilishni (o'xshatish ) va shu asosda til nuqsonlarini yo'qotishga qaratiladi.
Bazibir ota-onalar bolalarida til nuqsonlarini ko'rsa ham e'tiborga olmaydi.
“Bunday holat menda ham, otamda ham bo'lgan. Endi o'g'limga ham ushbu xastalik o'tgan”,- deb
logopedga bormaydi. Ayrimlar bo'lsa bir -ikki marta logopedga borib, foydasi bo'lmadi deb bosh
tortib ketadi. Bugungi dunyo bilan solishtirib qaraydigan bo'lsak, bunday til kamchiligiga ega
bo'lgan bolalarni ko'plab uchratamiz. Hozir, ko'pchilik insonlar farzandlariga befarq.
Ayrim ota-onalar bolalarning yonida bir-biri bilan urushib, qo'rqitib qo'yadi. Ba'zi onalar bo'lsa,
homiladorlik vaqtida ichkilikga beriladi. So'ng, farzandi tug'ma nogiron so'zlay olmaydigan, eshita olmaydigan bo'lib tug'iladi. Eng achinarlisi, bunday hollarda ular o'zlarini emas,
shifokorlarni ayblaydi.
Bunday holatlar bo'lmasligi uchun bola ona qornida bo'lgan paytda ichkilikga berilmasligi,
shifokorga tez-tez murojaat etib turishi, bola tug'ilgach ham uni qarovsiz qoldirmasligi,
agar bola tilida kamchilik bo'lsa, uni tez logopedga olib borishi lozim. Harbir bola
kelajagimiz demakdur. O'sha sababli, bolaning rivojlanishiga befarq bo'lmasligimiz zarur.
References:
1. M. Ayupova “Logopediya”, O'zbekiston Faylasuflari milliy pistoniyati. Toshkent 2007. 3-sahifa.
2. U. Xamidova “Maxsus pedagogika”, “Fan va texnalogiya” nahshriyoti. 2018. 130 -sahifa.
3. https://arxiv. uz/uz/documents/slaydlar/pedagogik-psixologiya/nutqida-kamchiligi-bor-
bo'llaralar-bilan-ichlash.
Yüklə 8,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin