NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI DEFEKTOLOGIYA (LOGOPEDIYA) YO’NALISHI TALABASI ____________________________________
NUTQ ONTOGENEZI FANIDAN
______________________________________________MAVZUSI ASOSIDA TAYYORLAGAN
REFARATI
QABUL QILDI: __________________________
TOPSHIRDI: ___________________________
2021 YIL
REJA:
1. Patalogiya haqida ma’lumotlar
2. Meyordagi naflilik nazariyasi
3. Psixologik yosh» kategoriyasi va L.S. Vigotskiy ishlarida bolalar rivojlanishini davrlashtirish muammosi
4. Psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosini hal etishdagi zamonaviy yondashuvlar
5. Hayotining birinchi yilida psixik rivojlanish
Patologiya (yun. pathos — kasallik va ..logiya) — nazariy va klinik tibbiyot sohasi; kasallikning paydo boʻlish sababi, rivojlanish qonuniyati, kechishi va oqibatini oʻrganadi. Patologik jarayonlarning umumiy qonuniyatlari va sabablari umumiy patologiyada, ayrim aʼzo va sistemalar kasalliklari xususiy patologiyada oʻrganiladi. P. patologik anatomiya va patologik fiziologiyaga boʻlinadi. Bundan tashqari, eksperimental, qiyosiy, klinik patologiya, oʻlka patologiyasi, paleo-patologiya, shuningdek, kimyoviy va fizikkimyoviy, professional, molekulyar va boshqa patologiyalar bor. Eksperimental patologiya odamlar (xayvonlar)da uchraydigan kasalliklarni tajriba hayvonlarida sunʼiy yoʻl bilan paydo qilib, uning avj olish mexanizmlarini, qiyosiy patologiya odam va hayvonlarda uchraydigan kasalliklarning kechishi va rivojlanishidagi xususiyatlarni qiyoslab oʻrganadi. Klinik patologiya aʼzo va sistemalarning funksional holatini aniqlash maqsadida bemorni tekshiradi, shuningdek, kliniklab, biokimyoviy va boshqa tekshiruvlar oʻtkazadi; oʻlka patologiyasi kasallikni turar joyning oʻziga xos xususiyatlariga bogʻliq holda oʻrganadi; ishlab chiqarishdagi zararli taʼsir etuvchi omillarni oʻrganadigan kasb patologiyasi ham bor.
19-asrning oʻrtalarida nemis olimi R. Virxov asos solgan sellyulyar patologiya (hujayra patologiyasi) nazariyasiga koʻra, kasallik hujayra va aʼzolarning tuzilishidagi oʻzgarishlar oqibatidir. Bu kasallik mohiyatini oʻrganishda oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq.[1]
Dostları ilə paylaş: |