11-Mavzu: Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi Reja



Yüklə 12,87 Kb.
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü12,87 Kb.
#162779
  1   2   3   4
11-Mavzu Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi Reja-fayllar.org


11-Mavzu: Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi Reja

11-Mavzu: Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi
Reja:
Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o‘ziga xos xususiyatlari. Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari. Psixik rivojlanishning asosiy omillari. Yosh tushunchasi. Psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosi (qadimiy va zamonaviy tasniflar). Yosh davrlarining etakchi faoliyat nuqtai nazaridan tasniflanishi haqida (D.B.Elkonin). Psixik rivojlanishda yosh davri inqirozi muammosi.


1.Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o’ziga xos xususiyatlari. Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari. Psixik rivojlanishning asosiy omillari.
Bolalarning psixik jixatidan o`sishi masalasi bolalar psixologiyasining markaziy muommosidir. Bu muammoani to`g’ri xal etish bolalar psixologiyasining Fan sifatida yanada taraqqiy etish uchun xam o`sayotgan avlodni tarbiyalash ishi uchun xam muxim axamiyatga egadir.
Bolalarning psixik jixatidan o`sishi muommosini chinakkamiga ilmiy asosda xal etish.
A) Bolalar psixikasini o`sishini ta’minlovchi ominlarning rolini va bolalar psixikasining taraqqiy etish qonuniyatlarini aniqlashga;
B) Shu qonuniyatlarga asoslanib ta’lim va tarbiya sistemasini, shuningdek, bolalar o`rtasida olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishining mazmuni va formalarini to`ishga imkon beradi.
Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari.
Odamning psixik xsusiyatlari uning xayoti davomida, ya’ni ontogenetik tarzda yo`aga keladi; bu xususiyatlarni tarkib topishi va rivojlanishida odamning ijtimoiy tajribasi tashabbusi uning xayot iva faoliyati sharoitlari, ta’lim va tarbiya etakchi, xal qiluvchi rol uynaydi, - deb urgatadi.
Muxit (keng ma’noda olganda), ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim va tarbiya azaldan berilgan, genetik jixatdan qattiy bulgilangan nimanidir namoyon qilish uchun sharoyitgina bo`lib kolmay, balki inson psixik xsusiyatlarini tarkib toptiradi.
Shuni aloxida kayd qilib o`tishimiz lozimki, «jamiyat talablariga javob beradigan muayyan Shaxsiy sifatlarni tarkib toptirish maqsadida katta avlodning yosh avlodga ongli, maqsadga muvofiq ta’sir ko`rsatish protsessii» sifatida ta’lim va tarbiya xal qiluvchi axamiyatga egadir.
Birinchidan, shuni qayd qilib o`tish kerakki, odam muxit ta’siri ostidagi passiv ob’ekt bo`lmay, balki aktiv, faol mavjudotdir.
Shuning uchun tashqi xayot sharoiti,tashqi ta’sir inson psixikasining to`g’ridan to`g’ri belgilamaydi, balki odamning muxit bilan bo`lgan o`zaro ta’siri orqali, uning muxitdagi faoliyati orqali belgilaydi. Shu sababli muxitning ta’siri haqida emas balki odamning tevarak atrofdagi muxit bilan aktiv o`z aro ta’siri haqida gapirish to`g’rirok bo`lar edi.
Ikkinchidan, psixikaning rivojlanishi oqibat natijada tashqi sharoitlarga tashqi tasurotlarga bog`liqdir. Lekin bu rivojlanishning bevosita tashqi sharoitdan va tashqi vaziyatdan keltirib chikarib bo`lmaydi. Bu sharoitlar xamda vaziyatlar xamisha odamning xayotiy tajribasi, uning Shaxsi, individual psixologik xsusiyatlari va psixik qiyofasi orqali ta’sir qiladi. Mana shu ma`noda tashqi ta’sir indivilning o`ziga xos psixikasi va Shaxsiy tajribasini o`z ichiga olgan ichki sharoit orqali bilvosita ta’sir qiladi.
Uchinchidan, odam aktiv mavjudot sifatida o`zi xam ongli ravishda o`z Shaxsini o`zgartirishi, ya’ni o`zi-o`zini tarbiyalash bilan shug`ullanishi mumkin. Lekin o`z-o`zini tarbiyalash jarayoni tevarak atrofidagi muxitdan ajirilgan xolda bormaydi.
O`z-o`zini tarbiyalash muxit bilan moslashgan xolda va muxit bilan aktiv o`zaro munosabatda sodir bo`ladi. Shuning uchun o`zini-o`zi tarbiyalashda xam muxitning ta’siri ko`rinib turibdi.
Xulosa chiqarish mumkinki, bir xil tashqi sharoit, bir xil muxit, turli bolalarga, o`smirlarga, yigit va qizlarga turlicha ta’sir ko`rsatish mumkin. Maktab o`quvchisining psixik taraqqiyoti qonunlari shuning uchun xam murakkaki, psixik taraqqiyotning o`zi murakkab va qarama-qarshi o`zgarishlardan iborat jarayondir.
Psixik taraqqiyotning faktorlari, talim va tarbiya sharoitlari xilma-xil va ko`p qirralidir. Biz yukorida aytib utilganidek, bu faktor va sharoitlar turli bolalarga turlicha ta’sir qilishi mumkin.
O`z-o`zidan ravshanki, odamning psixik rivojlanishi uchun tabiiy, biologik imkoniyatlar zarurdir. Insonning psixik xsusiyatlari normal tarkib topishi uchun muayyan darajadagi biologik to`zilish, inson miyyasi va inson nerv sitemasi bo`lishi shart.
Insoning tabiiy xsusiyatlir psixik rivojlanishning muxim shartidir. Bu tabiiy xsusiyatlar psixik rivojlanishni xarakatga keltiruvchi kuchlar, faktorlar emas, balki faqat dastlabki shartalrdir.
Miya biologik tarzda tashkil topgan organ sifatida ongning yo`aga kelishi uchun dastlabki shartlardir, ong esa inson ijtimoiy turmushning maxsulidir. Nerv sistemasi tevarak atrofdagi olamni aks ettirish uchun tug’ma organik imkoniyatlarga ega lekin tegishli qobiliyat faqat ijtimoiy xayot sharoitidagi faoliyatda tarkib topadi. qobiliyat kurtaqlarining, ya’ni nerv sistemasi va miyada b’zi bir tug’ma anatomik – fiziologik xsusiyatlarining mavjudligi qobiliyatlarning rivojlanishi uchun zarur tabiiy shart-sharoitlardir.
Ammo bu shart sharoitlarning mavjudligi xali qobiliyatlarning rivojlanishini ta’minlamaydi. qobiliyatlar xayot iva faoliyat sharoitlari, odamga beriladigan ta’lim va tarbiya ta’siri ostida tarkib topadi va rivojlanadi.
Tabiiy xususiyatlar taraqqiyotni xarakatga keltiruvchi kuch emasligiga qaramay, psixik taraqqiyotga ma’lum darajada ta’sir kursatadi. Birinchidan tabiiy xususiyatlarsixik xususiyatlar taraqqiyotning turli y ullarini va usullarini belgilab beradi .Inson nerv sistemasining xususiyatlari o`z –o`zicha Shaxsning xech qanday psixik xususiyatlarini belgilamaydi.
Xech bir normal bola dadil yoki qo`rqoq irodali yoki irodasiz, mexnatsevar yoki yalqov, intizomli yoki intizomsiz bo`lib tug`ilmaydi.
Agarda tarbiya to`g’ri tashkil qilinsa, nerv sistemasining istalgan tipii asosida xarakterning barcha ijtimoiy kimmatli xususiyatlarini xosil qilish mumkin masalan sabot matonat va o`zini tuta bilish xislatini nev sistemasining tipli shiddatli (Pavlov bo`yicha) bo`lgan bolalarda xam nerv sistemasining tipli vazmin bo`lgan bolalarda xam tarbiyalash lozim va tarbiyalasa bo`ladi.
Ikkinchidan, tabiiy xususiyatlar odamning biror soxada erishgan yutuqlari darajasiga xam ta’sir qilishi mumkin.
Masalan, qobiliyat kurtaqlarida tug’ma individual farqlar bo`lmaydi. Shu sababli ba’zi odamlar boshqa odamlardang ma’lum bir faoliyatni egallash imkoniyati jixatidan ustun turishlari va shuning bilan bir paytda bir faoliyat turini egallash imkoniyatini o`zini musiqa qobiliyati rivojlanishi uchun qulay tabiiy kurtakka (tabiiy sharoitga ega bo`lgan bola boshqa xamma sharoitlar bir xil bo`lishiga qaramay musiqa qobiliyati rivojlanishi uchun tabiiy kurtakka ega bo`lmagan bolaga nisbatan musiqa soxasida tez rivojlanadi va nisbatan katta yutuqlarga erishadi.Mana shu ma’noda olganda odamlar o`z qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega emaslar .



Yüklə 12,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin