Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə75/165
tarix14.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#113370
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   165
Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy

Bilish qobiliyati: kattalarning hikoya yoki kitob o’qishlarini diqqat bilan tinglash, tanish asarlarni esda saqlab qolish va uni takror tinglaganda ertak, hikoya, illyustratsiya, o’yinchoqlar qahramonlarini tanib olish, she’rlar qatorlari, kichik shakldagi asarlar matnini esda saqlab qolish.
Nutqiy malaka: asar, sanoq she’r, o’yinlar, qo’shiqlar, she’rlar mazmunini so’z, imo- ishora, harakat orqali tasvirlash; so’zni va tanish she’rlar qatorlarini ilib olish, ularning ayrimlarini yoddan aytib berish;
Munosabat: badiiy asar bilan uchrashuvdan xursandchilikni, emotsional xamkorlikdan quvonchni va birgalikdagi qayg’urishlarni ifodalash. Tarbiyachi bolani kattalar va bolalar bilan
birgalikda she’rlar, qo’shiqlar aytishda ishtirok etishga, tovushlar, jarangdor qofiya, so’zlar bilan o’ynashdan zavq olishga undaydi.
Bolaning o’zlashtirish darajasi quyidagilarda ifodalanadi: Bola kitob tinglash, o’yinda ishtirok etish haqidagi taklifga faol javob beradi. Uning o’zi kattalardan she’rlar, ertaklar o’qib berishni iltimos qiladi. Qabul qilishga oson qo’shiladi. Asar mazmuniga oid savollarni diqqat bilan tinglaydi va ularga javob beradi. Matnga mos o’yin harakatlarini bajaradi. Tinglagan asarlarining mazmunini biladi, illyustratsiyalarda tanish asar epizodlari va ularning qahramonlarini taniydi. O’qilgan kitobga nisbatan yorqin munosabat bildiradi; kuladi, quvonadi, yig’laydi, qo’shiqlar, sanoq she’rlarni jo’r bo’lib aytishda faol ishtirok etadi.
Ilk yoshdagi bolalarda yuqorida aytib o’tilgan bilish, nutqiy qobiliyatlarni, badiiy asarga nisbatan munosabatni shakllantirish uchun ularga badiiy asarlarni tanishtirish metodikasini bilish va uni to’g’ri qo’llay olish zarur.
Kichik guruhdan boshlab bolalarga janrlarni farqlashni o’rgatish lozim. Tarbiyachi badiiy asar janri nomini albatta aytishi darkor: «Men sizlarga ertak aytib beraman», «Hikoya, she’r o’qib beraman».
Janrlar yo’nalishini, ularning xususiyatini chuqur tushunish nisbatan katta yoshlarda ro’y beradi. Ilk yoshda esa bolalar janr nomini eshitganlari holda uni shunchaki esda saqlab qoladilar. «Laylak bilan tulki» - bu ertak,Y.Sulaymon yozgan «Buvim» - bu she’r.
«Men sizlarga she’r hikoya qilib beraman», «ertak o’qib beraman» kabi noto’g’ri ifodalardan saqlanish lozim. Janr nomi aniq va to’g’ri berilishi zarur: ertak, hikoya, she’r. Ertak aytiladi, hikoya o’qiladi, she’r o’qiladi va yod olinadi.
Turli adabiy janrlar turlicha usulda yetkazishni talab qiladi. Ilk yoshdagi bolalarga ertakni kitobdan o’qib emas, balki uni aytib bergan ma’qul; bu emotsional ta’sirni kuchaytiradi, bu esa o’z navbatida ertakning asosiy mazmunini tushunishga yordam beradi. Katta yoshli odam kitobga emas, bolalarga qaraganida u xuddi har bir bola bilan suhbatlashgandek bo’ladi va shu bilan monologik nutqni eshitish hamda tushunishdek muhim qobiliyatni tarbiyalaydi.
Agarda ertak mazmuni unchalik katta bo’lmasa, uni ikki-uch marta hikoya qilish yoki eng yorqin joylarini takrorlash mumkin. Uni aytib bo’lgandan so’ng bolalarga shunday sharoitni vujudga keltirish tavsiya qilinadiki, toki ular eng qiziqarli jixatlarni esga olish va ularni ertakdagi so’zlar bilan takrorlashga majbur bo’lsin.
Pedagog vaziyat yordamida bolalar bilan xalq ertaklari qahramonlarining qo’shiqlarini, qahramonlar ismlarini takrorlash, obrazli so’zlarni bolalar ongida mustahkamlashni amalga oshiradi, va ular buni o’z nutqlarida qo’llay boshlaydilar.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarga o’qib berish uchun unchalik katta bo’lmagan hikoya va she’rlar (Mirmuxsinning «Olxo’ri», Q. Abdullayevaning «Quyon» she’rlari) tavsiya qilinadi, bular kichik tinglovchilarda ijobiy emotsiyalarni tarbiyalashga yordam beradi. Ularning bolaning shaxsiy tajribasiga yaqin bo’lgan oson mazmuni oddiy va sodda shaklda ifodalangan: qofiyalar o’xshash, she’r qatorlari qisqa. Bolalar ularni takrorlar ekan, qatorlarning jarangdorligini, she’rning musiqiyligini ilg’ab oladilar, ularni oson qabul qiladilar. So’ngra esa butun she’rni esda saqlab qoladilar.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin