Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə94/165
tarix14.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#113370
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   165
Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy

Tayanch tushuncha va iboralar: maktabgacha ta’lim muassasasi, yozish ko’nikmalarini shakllantirish, til va tafakkur, muomala, nutq etiketi.
Qayta qurish jamiyatimizning faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohasidagina emas, balki madaniy hayotida ham o’z aksini topmoqda. Ma’lumki, adabiy tilda gapirish va yozish kishilarning bir-birini tez va oson tushunishiga yordam beradi, nutqning jozibadorligini, ta’sirchanligini oshiradi. Bolalarni adabiy nutqqa o’rgatishda oila, maktabgacha tarbiya muassasalarining roli benihoyadir. Bugungi kunda bizning asosiy vazifamiz bog'cha yoshidanoq bolaning og'zaki nutqini o'stirib borishdir. „Bola , — degan edi K.D.Ushinskiy , — ilk yoshlik chog'idayoq xalq madaniyati elementlarini o‘zlashtira boshlaydi, bularni avvalo, ona tilini bilish yo'li bilan o ‘rganadi. Shu bois, bizning fikrimizcha, oilada, bolalar bog‘chasida ta'lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda ona tilidan o'rinli foydalanmoq zarur. Ma'lumki, jamiyat taraqqiyotida tilning ahamiyati juda katta. Butun dunyo xalqlarining xoh siyosiy, xoh madaniy taraqqiyotini tilsiz tasavvur qilib bolmaydi. Chunki til eng muhim aloqa vositasi, jamiyat esa aloqasiz rivojlanmaydi.
Bog'chada ta’lim berish samaradorligini oshirish, bolalarni mustaqil ta’lim oiishga (maktab ta'limiga) tayyorlash, yangi jamiyatning ongli quruvchilarini tarbiyalash kabi muhim va hayotiy vazifalarni hai qilishda ona tili asosiy o‘rin egaliaydi.
Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo'lmish o‘zbek tilini rivojlantirish — bu tilning davlat maqomini izchil va to'liq ro'yobga chiqarish ... demakdir— deb ta’kidlab o‘tgan edi Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev. O’zbek adabiy tili o'zbek xalqining yagona, normallashgan tili sifatida og‘zaki va yozma shaklda asrlar mobaynida rivojlanib, mukammallashib keldi. O‘zbek adabiy tilini taraqqiyot bosqichiga ko‘ra ikki adabiy tilga ajratish mumkin : eski o‘bek adabiy tili va hozirgi zamon o'zbek adabiy tili.
Eski o ‘zbck adabiy tili o'zbek xalqining buyuk mutafakkiri Navoiy asos solgan va keyinchalik Muqimiy, Furqat kabi dcmokrat shoirlar tomonidan rivojlantirilgan adabiy tildir. Bu adabiy tildab yaratilgan yozma yodgorliklar o'zbek xalqi va lining tili taraqqiyot tarixini o ig an i sh uchun manba bolishi bilan birga, hozirgi zamon o'zbek adabiy tili uchun ham asos boigan. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili eski o‘zbek adabiy tilining davomi, yangi sharoitda o‘zbek xalqining iqtisodiyoti va madaniyatining rivojlanishi asosida har tomonlama boyigan shaklidir.
Bolalar bog'chasi bolalarni har tomonlama, ya’ni jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik tomondan tarbiyalashdek maqsadni o’z oldiga qo‘ygan. Bu maqsad esa bolalarga ona tilini o'rgatish jarayonida amalga oshiriladi. Bog'chada og‘zaki nutqni o‘stirish natijasida bolalar aqlan rivojlanib, umumiy madaniy saviyasi oshadi. Ular tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunib boradilar. Bolalarda nutqning rivojlanishi ularning ruhiy jihatdan ham takomillashib borishiga yordam beradi.
Bola tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar yordamida, shuningdek nutq yordamida bilib olish qobiliyatiga cga. Ammo bolalardagi intellekt, ya’ni ruhiy jarayonlar (xotira, tasavvur, xayol, tafakkur va h. k.) shunchaki bola organizmining o ‘sib borishi va takomillashishi bilangina paydo bolmay, balki nutqining rivojlanishi bilan paydo bo’ladi va takomillashadi. Agar bola kichik yoshidan boshlab to‘g'ri gapirishga (so'zlashishga) o‘rgatib borilsa, u vaqtda bunday bola normal holatda rivojlanadi, ya’ni awa l tasavvur etish, keyin esa fikr yuritish, xayol qilish qobiliyati paydo bo'ladi va bu qobiliyat har bir yosh bosqichida takomillashib boradi. Bolalarda intellekt bilan barobar (parallel) ravishda iroda kabi mhiy jarayon ham takomillashib boradi.
Ko‘pgina tajribalar shuni ko‘rsatdiki, nutqi rivojlanmagan bola toliq shaxs sifatida kamol topmaydi.
Demak, tarbiyachi bar doim shuni csda tutishi kerakki, nutq bu maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda barcha jarayonlar rivojlanishiga ko'maklashuvchi vositadir.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin