Surat asosida ijodiy to’qishni maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan amalga oshirish tavsiya etiladi. Hikoya suratda tasvirlangan har qanday narsa haqida bo’lishi mumkin.
Badiiy asarlar mavzusidagi kontaminatsiyalar. Bolalar katta ishtiyoq bilan o’zlarini o’z sevimli qahramoni (qahramonlari) tushib qolgan vaziyatlarga qo’yib ko’radilar, uning harakatlarini o’zlashtiradilar, muallifni “tuzatadilar», asar qahramonlarining muayyan vaziyatlardagi sarguzashtlarini ijodiy jihatdan qayta hazm qiladilar. Bolalarning ushbu xususiyatidan eng avvalo, ularda oliyjanob harakter qirralarini tarbiyalashda foydalanish zarur. Nutqni rivojlantirish uchun - monologni o’rgatish: tarbiyachi yoki ota-onalardan birortasining iltimosi bilan rag’batlantirilgan bolalar ishtiyoq bilan xayol sura boshlaydilar, o’zlarini badiiy asarning biron-bir qahramoni (ijobiy yoki salbiy) sifatida tasavvur qiladilar.