Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va
Xulosalar:
Monologik nutqni qabul qilishga tayyorgarlik ko’rish va unga o’rgatish bola hayotining ikkinchi yilida - kichik folklor namunalarini o’rganish jarayonida olib borilishi lozim.
Bolalarga monologik nutqni muntazam ravishda o’rgatishni besh yoshdan boshlash
zarur.
Bolalarga monologik nutqni to’g’ri o’rgatish uchun pedagog bolalarning yosh imkoniyatlarini bilishi lozim.
Qayta hikoya qilish va hikoya to’qish - bu bolalarga monologik nutqni o’rgatishning asosiy metodlari hisoblanadi.
So’zli obrazlarga tayanish barcha yosh guruhlarida monologni o’rgatishning asosiy usullari hisoblanadi. Real narsalar va suratlarga tayanish esa - qo’shimcha usullardir.
Monologik nutq bo’yicha ishlar har bir yosh guruhida matnning murakkabligi va uning hajmi bilan farqlanadi.
Bolalarning og’zaki monologik nutqning har xil turlarini: qayta hikoya qilish, hikoya qilish, hikoya to’qishni o’zlashtirib olishlari hikoya qilishni o’rgatish vazifasi hisoblanadi.
Maktabgacha bosqichdagi katta yosh - bolaning nutqqa nisbatan oddiy bilish qiziquvchanligi paydo bo’lishi, til borlig’ining oddiy anglash davridir.
Turli toifadagi so’zli o’yinlar, mashqlar, muammoli nutqiy vazifalarning muntazam ravishda qo’yib borilishi - to’laqonli nutqiy rivojlantirishning muhim shartlari hisoblanadi.
Nutqiy mashg’ulotlar - bolalarning ravon nutqini rivojlantirishga doir muntazam ishlarning asosiy shaklidir.