Dars jarayonida guruh a'zolarini almashtirib borish ham mumkin. Quyidagi
ta'lim jarayonida foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida so'z yuritamiz.
Fikriy hujum metodi.
Mazkur metod tahsil oluvchilarning mashg'ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta'minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag'batlantirish hamda bir xil fikrlash inersiyasidan ozod etish, muayyan mavzu yuzasidan rang barang g'oyalarni to'plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo'lgan fikrlarni engishga o'rgatish uchun xizmat qiladi.
“Fikriy hujum” metodi. A. F. Ojborin tomonidan tavsiya etilgan bo'lib, uning asosiy tamoyili va sharti mashg'ulot (Baxs) ning har bir ishtirokchisi tomonidan
o'rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutloqo taqiqlash, har qanday luqma va hazil mutoyibalarni rag'batlantirishdan iboratdir. Bundan ko'zlangan maqsad tahsil oluvchilarning mashg'ulot (bahs) jarayonidagi erkin ishtirokini ta'minlashdir. Ta'lim jarayonida ushbu metoddan samarali va muvaffaqqiyatli