Bolalarni hikoya qilib berishga o‘rgatishda foydalaniladigan usullar
Bolalarni hikoya qilishga o'rgatishda maxsus usullardan foydalaniladi. Ulardan asosiylarini aytib o'tamiz:
Hikoya namunasini berish usuli. Bunda qandaydir buyumni (predmetni) yoki voqeani jonli va qisqa tasvirlanadi. Bu usul birmuncha yengil usul bo'lib, tarbiyachi bolalarga narsa- buyum, rasm, voqea haqida tayyor hikoya aytib beradi, bolalar hikoyani tinglab, o'z hikoyalari uchun mazmun tanlaydilar, uning hajmini, izchilligini belgilab oladilar. Shuning uchun bu usul bolalarni hikoya qilib berishga o'rgatishga yordam benivchi ta'limiy usul bo'lib hisoblanadi.
Namuna bolalarning taqlid qilishiga mos bo'lishi, ya’ni hajmi kichik, fikrlar izchil bayon qilinishi, jumlalar qisqa va grammatik jihatdan to'g'ri tuzilishi lozim. Masalan, tarbiyachi o'yinchoqni tasvirlashga o'rgatishda o'zi bitta o'yinchoqni olib, u liaqda shunday tasviriy hikoya tuzadi:
— Mana bu ayiqeha. U jigarrang, yumshoq baxmaldan yasalgan. Uning bosh qismida ikkita kichkina quloqlari, ikkita qop-qora, dum-dumaloq ko'zlari, tumshug'i bor. Tumshug'ida esa burni bor. Tanasida 4 ta oyog'i bor. Ayiqeha o'yinchog'i bizga o'ynash uchun kerak.
Dostları ilə paylaş: |