Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va
Bu usulning mohiyati nimadan iborat?
Hikoyani tuzishga qadar tarbiyachi bolalar bilan birgalikda rejadagi ayrim savollarni muhokama qiladi, ya’ni hikoya mazmunining xilma-xil bo'lishi imkoniyatlarini ko'rsatadi. Rejadagi bir savolga (masalan, „Bola qanday kuchukcha topib oldi?") bir necha bola joyida o'tiigan holda javob berishini taklif etadi. Bolaning joyida o'tirgan holda javob berishi — bu hali hikoya emas, balki bir yoki bir necha gap. Hikoya rejasini jamoa bo'lib muhokama qilish usuli esa bolalarning tashabbuskorligini jonlantiradi, faollashtiradi, bolalarni murakkab jarayon hisoblangan mustaqil hikoya tuzishga o'rgatadi.