Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va
Hikoyani qismlar bo'yicha tuzdirish usuli.
Ayrim mashg'ulotlarda hikoyani qismlar bo'yicha tuzdirish usulidan foydalanish mumkin, bu usul hikoya tuzishni yengillashtiradi, chunki topshiriq hajmi kamayadi. Shuningdek, mashg'ulot ancha qiziqarli va xilma-xil bo'lib, hikoyalar to'liq va chuqur mazmunga ega bo'ladi, ko'p bolalardan so'rash imko- niyati vujudga keladi.
Mazmuni alohida qismlarga yengil ajraladigan rasmlarni qism bo'yicha tasvirlash mumkin. Masalan, bolalar ushbu rasmlarni qism bo'yicha tasvirlashlari mumkin: „Tovuqlar", „Mushuk bolalari bilan", „Echki bolalari bilan", „Sigir buzog'i bilan", „Qishki o'yinlar" va hokazolar.
Tarbiyachi tasviriy hikoya uchun mavzu taklif etishdan awal rasmni kichik-kichik qismlarga ajratib chiqadi. Masalan, „Quyonlar" degan mavzuda tasviriy hikoya tuzishda tarbiyachi bolalarni shunday ogohlantiradi: „Quyonlar haqida hikoya qilamiz, ammo hammasini bir yo'la emas, balki quyonlar haqida hamma narsani xotirlash (esga tushirish) uchun tartib bilan gapiramiz". So'ngra har bir qism uchun reja taklif etish mumkin. Masalan: „Hozir, bolalar quyonni tanasi nima bilan qoplan- ganligini, uning tumshug‘i qanday ekanligini, u qanday harakat qilishini (yurishini) eslaymiz".
Bu reja asosida 2 — 3 bola hikoya qilib bergach, navbatdagi qismga o'tiladi: „Bizning quyonlarimiz qayerda yashashini, katagida nimalar borligini, ular nima uchun kerakligini gapirib bering". So'ngra quyonning oziqlari, kim ularga g'amxo'rlik qilishi va hokazolar haqida hikoya qilib berish mumkin. Mashg'ulot oxirida nutqi yaxshi, hikoya qilish malakasi rivojlangan bir bola rasmda tasvirlangan narsalar haqida batafsil gapirib berishi mumkin.