Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


bolalarni o‘qish va yozishga tayyorlovchi amaliy



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə12/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

bolalarni o‘qish va yozishga tayyorlovchi amaliy


mashqlar.
K.D.Ushinskiyning til va uning bolaning ruhan shakllanishida tut- gan o‘rni haqidagi ta’limoti nutqni rivojlantirish metodikasini mus- taqil fan sifatida ajratish uchun muhim ahamiyatga egadir.

  1. Til haqida, uning vujudga kelishi haqidagi ta’limot – meto- dikaning nazariy asoslari ishlab chiqildi; uning har bir odamning

rivojlanishida tutgan o‘rni ko‘rsatib berildi, bu esa bolalarni rivoj- lantirish va tarbiyalashda ona tilining yetakchi o‘rin tutishini asos- lash imkonini berdi.

  1. Bolalar nutqini rivojlantirish ishi maktab ta’limiga qadar bosh- lanadigan ish sifatida alohida bo‘limga ajratilgan.

  2. Bolalar nutqini rivojlantirishga bolaning uzoq davom etadigan ona tili, uning mazmuni va shakllarini o‘zlashtirish jarayoni sifatida qaralgan. Ushbu murakkab jarayon ustoz tomonidan to‘g‘ri va faol rahbarlik qilishni talab qiladi.

  3. Ona tilini o‘qitish jarayoniga rahbarlik qilishning asosiy qoi- dalari: ona tilini birlamchi o‘qitishning maqsadlari; ularni amalga oshi- rish mazmuni va shakli; nutqni rivojlantirishda ko‘rgazmaviylikning ahamiyati ishlab chiqilgan va asoslab berilgan.

  4. Bola nutqini uning fikrlashi, ma’naviy va estetik his-tuyg‘ulari bilan birgalikda rivojlantirishni ta’minlovchi ish usullari ko‘rsatib berilgan.



Xulosa:

  • Maktabgacha yoshda ona tilini o‘rgatish bu – eng avvalo bola hayotining birinchi yilidan boshlab nutqni rivojlantirish, bo‘g‘inlar va so‘zlarni aniq talaffuz qilish, gaplarni sintaktik jihatdan to‘g‘ri tuzish, narsalarning nomini to‘g‘ri aytish va mos fikr bildirishdan iborat.

  • Ota-onalar bolalar bilan muloqot qilishda narsalar nomlarini va so‘zlarni buzmasdan, to‘g‘ri aytish, bolalarga talaffuzi qiyin bo‘lgan va nisbatan uzun so‘zlarni aytishni mashq qildirish va buning uchun o‘yin uslubidan foydalanishlari zarur.

  • Bolalar kattalar nutqini tushunishlari uchun ular so‘zlovchining yuzini va uning qo‘l harakatlarini ko‘rishlari, uning savollarini tu- shunishlari va to‘g‘ri javob berishlari darkor.

  • Bolaga fikrni ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi shakllari- dan foydalanishni o‘rgatish, bolalarni ona tilining boyliklarini egal- lashga jalb qilish kerak.

  • Ona tilini birlamchi o‘qitishning barcha uch maqsadiga ketma- ket emas, balki bir vaqtning o‘zida erishiladi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




  1. Fozil shaharni boshqaradigan Hokim qanday xislatlarga ega bo‘lmog‘i lozim?

  2. Ibn Sino nima uchun bolani onasi emas, balki tarbiyachi tar-

biyalashi lozim degan fikrni aytadi?

  1. Abdulla Avloniyniung yosh avlodga tarbiya berish haqidagi qarashlari?

  2. K.D.Ushinskiy ona tilini birlamchi o‘qitishning uchta asosiy maqsadlarini shakllantirgan. Ularni sanab o‘ting.

  3. Bolalarga ona tilini birlamchi o‘rgatish asoschisi kim?

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin