Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə120/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Turli yosh guruhlarda bolalarni o‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish usullari. O‘yinchoq bolalarni turli rang- barang harakatlarga undaydi va bolaning faol harakatga bo‘lgan ehti- yojini qondiradi. Tezkor javob reaksiyasini, harakatlarning aniqligi va muvofiqlashtirishini rivojlantiradi.

Ilk yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan ko‘p o‘yinchoqlar (shaqil- doqlar, rezina koptokchalar, shaklchalar va boshq.) bolada ko‘rish va eshitish diqqatini rivojlantiradi, ushlash harakatlari va buyumli hara- katlarni o‘stirishga yordam beradi.
O‘yinchoqlarni turlari va ko‘rinishlari bo‘yicha quyidagi turkum- larga ajratiladi:

  • syujetli-obrazli;

  • texnika o‘yinchoqlari;

  • qurish–yasash, qurilish materiallari o‘yinchoqlari;

  • didaktik o‘yinchoq va o‘yinlar;

  • sport va harakatli o‘yinlar uchun mo‘ljallangan o‘yinchoqlar;

  • yig‘ma–bo‘linma o‘yinchoqlar;

  • teatr va dekorativ o‘yinchoqlar (soya va qo‘g‘irchoq teatrla- rining personajlari, dramalashtirilgan o‘yinlar uchun kiyimlar, archa o‘yinchoqlari);

  • o‘yinchoq-ermaklar;

  • ohang chiqaruvchi musiqaviy o‘yinchoqlar;

  • qo‘lbola o‘yinchoqlar va o‘yin materiallari, turli-tuman o‘yin jihozlari.

  • Syujetli-obrazli o‘yinchoqlardan syujetli-rolli o‘yin uchun foydalaniladi. U bolalarda ijobiy xarakter qirralarini, mulo- yimlik, g‘amxo‘rlik, yordam berishga ehtiyoj, shuningdek, kattalar mehnatiga hurmat va tengdoshlari bilan o‘ynay olish malakalarini tarbiyalaydi.

  • Texnika o‘yinchoqlari bolalarda texnikaga va texnika as- boblariga bo‘lgan qiziqish uyg‘otib, ularni o‘z o‘yinlarida qo‘llay olish imkonini yaratadi. Bolalarga texnikaga bevosita aloqasi bor buyumning (mashinalar, mexanizmlar, transport turlari, aloqa vositalari) tashqi ko‘rinishi, obrazini va unga xos harakatlarini tanishtiruvchi texnik o‘yinchoqlar yaqin turadi.


  • Yüklə 3,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin