Bolatarbiyasidamilliyo‘yinchoqvaqo‘g‘irchoqlarningroli. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning aqliy ta- fakkurini shakllantirish turli xil vositalar orqali amalga oshiriladi. Av- valo tarbiyalanuvchilarning aqliy tafakkuri har xil faoliyatlar vosita- sida katta kishilarning mehnati bilan tanishtirish jarayonida (masalan, qo‘g‘rirchoq yasash ishi), har xil mashg‘ulotlar va mashg‘ulotlardan tashqari, ta’lim berish asosida, mustaqil topshiriqlarni bajarish bilan rivojlantirib boriladi. Bundan tashqari, har xil bayramlar, turli xil tadbirlar, shoir va yozuvchilarning tavallud topgan kunlarini nishon- lash jarayonlari, san’at vositalari, bolalar badiiy adabiyoti, tasviriy va amaliy san’at, o‘yinchoq va o‘yin materiallari, ommaviy axborot vositalari, kino va turli xil multfilmlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari bo‘lgan ertaklar, rivoyat va topishmoqlar, maqollar tarbiyalanuvchi- larning aqliy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu hamma vositalar- dan keng ravishda, izchillik va tizimlilik asosida foydalanib borsagina bolalar aqliy tafakkurining rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bolalar tafakkur va bilimlarini faqat o‘yin-mashg‘ulotlarda yaxshi o‘zlashtirib oladilar. Tarbiyalanuvchilar tomonidan o‘zlashtirib olingan aqliy tafakkur ja- rayoni tasavvur va tushunchalarni ongli ravishda tushunib yetishlari,
fikrlashlari dastlab mashg‘ulotlarda, keyinchalik o‘yin, mehnat, ay- rim topshiriqlarni mustaqil bajarishlari orqali amalga oshiriladi. Ana shunday vositalardan biri maktabgacha yoshdagi (3–5 yoshli) bolalar aqliy tavakkurini shakllantiruvchi asos qo‘g‘irchoqlardir.
Qo‘g‘irchoqlar voqea, hodisa va jarayonning obrazli ko‘rinishidir. Qo‘g‘irchoqlar milliy va umuminsoniy xususiyatlarga egaligi bilan in- soniyat sivilizatsiyasida yashagan bo‘lib kelmoqda. Uning obrazlilik xususiyati maktabgacha yoshdagi bolalar aqliy tafakkurini, maqsadni shakllantirish imkonini beradi. Bu o‘rinda, ta’kidlash lozimki, aqliy tafakkur tushunchasida bilish, emotsional va anglash tafakkuridan shu jihatlari bilan aqliy tafakkur farq qiladi. Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zaruriy tashkiliy, uslubiy, psixologik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni mak- tabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash ota-onalar davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Shunday shakllardan biri qo‘g‘irchoqlar vositasida tarbiyalashdir. O‘zbek tilining izohli lug‘atida qo‘g‘irchoq - odamga yoki boshqa biror narsaga o‘xshatib yasalgan bolalar o‘yinchog‘idir. Shu ma’noda qo‘g‘irchoq o‘yinchoqning bir turi va har turli ashyolardan yasaladi.
Qo‘g‘irchoqlarning to‘la, shartli va natural ko‘rinishlari bor.