Sadriddin: Biz besh qavatli turar joy binosini qurib bitirdik. To‘qqiz qavatlik qurmadik, sababi liftlar tez-tez ishlamay qolib, bu- valarimiz, buvilarimiz chiqishga qiynaladilar. Uyimizning kirish joy- larini, mehmonxona va yotoqxonalarini, bolalar xonasini ham keng- keng qilib qurdik. Hovlisida turli bolalar maydonchasi bor. Gulzorlar- ga joy ajratdik. To‘yxonamiz ham bor. Keyin har bir xonadon uchun mevali bog‘chaga ham joy ajratdik. Yozda, issiqda daraxtlar soyasida hordiq chiqariladi. Bog‘cha va do‘konni uyimizga yaqin joyga qurdik. Lutfiniso: To‘g‘ri, bog‘cha turar joylarga yaqin bo‘lgani yax- shi. Biz maslahatlashib, bog‘chani turar joylarga yaqin qurdik.
Bog‘chamizning hovlisi keng, ko‘rkam, soya-salqin bo‘lishiga, o‘yin maydonlariga e’tibor berdik, ya’ni rasmdagidan o‘zgartirdik.
Sojida: Biz ham do‘konni uylarga yaqin qurdik. Onalarimiz ish- dan qaytayotganda bizni bog‘chadan olib, do‘kondan xarid qilib, shundoq uyimizga kirib ketaveradilar.
Haqiqatan ham bolalar qurilishga ijodiy, hayotiy yondoshadilar va bu ijodkorlik ularning nutqida o‘z ifodasini topadi. Shunisi ham borki, yuqorida bayon etayotgan monologik nutq usullarining har biri alohida-alohida yuz bermaydi. Ular ba’zi hikoyalarga qo‘shilib ketib, ijodiy, erkin, bir butun hikoyani ifodalashi mumkin.
Buni biz kundalik faoliyatda bolalar to‘qigan hikoyalar turkumi- dan bilsak bo‘ladi. Bolalar to‘qigan ertak va hikoyalarda o‘zlariga xos o‘y-xayollari, orzu-istaklari, tasavvurlari murg‘ak qalbdan tilga ko‘chadi.
Ishimizning natijasi sifatida ana shu hikoyalarning ba’zilarini na- muna tarzida keltiramiz:
Ruxsora. «Mening dadam xurmo ko‘chati olib kelib, bahorda hov- limizga o‘tqazgan edilar. Unda men juda kichkina bo‘lgan ekanman. Hozir men ham, xurmo daraxti ham o‘sdik. Uning barglari juda chiroy- li. Yozda soyasi qalin, biz daraxt salqinida rosa o‘ynaymiz. Mevasi esa mazali. Mevasini uzganimizdan so‘ng biz qarindoshlarimizga, qo‘shnilarimizga tarqatdik. Ayniqsa, buvam va buvim duo qildilar:
«Xurmo jannatning mevasi. Uni ardoqlang, kam bo‘lmaysiz». Bu yil dadam daraxtlarni ko‘paytirmoqchilar».
Nigina. «Men oktabr oyida oyim bilan Chinozga – xolamnikiga bordim. Birinchi marta paxtazorni ko‘rdim. Paxtalar lo‘ppi-lo‘ppi bo‘lib ochilgan. Oppoq dala. Quyoshda ko‘zni qamashtiradi.
Bir tomonda mashinalar paxta terayapti. Yoshu keksa, bolalar etak bog‘lagan. Men ham paxta termoqchi bo‘ldim. Xolam etak bog‘lab qo‘ydilar. Lekin tezda belim og‘rib qoldi. Qishloqdagi xolamning bo- lalariga qoyilman. Men tengi qizlari ham paxta terdi, ham moliga o‘t yulib oldi. Bog‘chaga bormas ekan».
Nurxon: «Biz oilamiz bilan qishloqdan ko‘chib kelganmiz. Qishloq- da men quyosh botishini ko‘p ko‘rganman. Quyosh botganda ufq qi- zarib, dalalar qorong‘ilasha boradi. Qorong‘ulik hamma yoqqa birdan o‘rmalab ketadi. Lekin teraklar uchi hali nurli ko‘rinadi. Hamma yoqqa birdan jimlik cho‘kadi. Lekin oqshomda ham odamlar tinmaydilar.
Saharda issiq non hidi butun qishloqni tutib ketadi. Daladan qayt- gan ayollar sigir sog‘ib, xamir qoradi. Tong otmay tandirga o‘t yo- qib, tog‘oradan toshay-toshay deb turgan xamirdan non yasab, sutga yo‘g‘rilgan issiq, bo‘rsildoq nonlarni tandirdan uzib oladi. Qishloq hayoti ana shunday, issiq, bo‘rsildoq non hidi ufurgan oppoq tong bilan boshlanadi».
Ravshan. «Olmalar gullaganda bog‘ juda chiroyli bo‘lib ketadi. Quyosh nurini olmoqchi bo‘lgan oppoq gulbarglar oftobga qaragan. Shabada turib, olma gullarini silab-siypalaydi. Shunda olma gullari kuylagandek bo‘ladi. Bu asalarilar kuyi ekan. Shabada tinadi. Go‘yo butun bog‘ kuylagandek bo‘ladi. Asalarilar gullagan bog‘ tepasida g‘ujg‘on o‘ynaydi.
Yuqoridagi hikoyalardan ko‘rinib turibdiki, ona tilining hissiy, estetik ma’no qirralarini bir vaqtning o‘zida anglay boradilar, til go‘zalligini, boyligini his etadilar.