Bolalarning bunday sharoitda telefondan foydalanish qonun-qoi- dalarini, tanish va qadrdon insonlarning telefon raqamlarini bilishlariga erishish. Bu holatlar bolalarga tasodifiy vaziyatlarda bola nimadandir va kimdandir qo‘rqqanida kerak bo‘lib qolishini tushuntirish. Pedagoglar bolalarga telefon bilan o‘ynashni tasodifan telefon qilishdan farqlashga o‘rgatish. Haqiqiy telefon orqali so‘zlashishni maxsus treninglar jara- yonida mustahkamlash va ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borish.
Bolalar o‘rtasidagi keskin vaziyatlar va kelishmovchiliklar.
Pedagogning asosiy vazifasi–bolalarga muammoli vaziyatlardan tinchgina chiqib ketish usullarini o‘rgatishdan iborat.
Bunday vaqtda pedagog bolalarga kelishmovchilikdan quyidagi- cha chiqib ketish yo‘llarini:
kelishmovchilik vaziyatini keltirib chiqaruvchi muammoni aniq ifodalashga o‘rgatish;
qarshiliklarsiz to‘g‘ri xulosa chiqarishga intilishni taklif eti- shi mumkin.
Nutq bolalarning tevarak-atrof go‘zalligini ifoda etish vositasi bo‘lib qolgandagina kutilgan natijaga erishish mumkin.
Bolalarning nutqini rivojlantirish, gap tuzish va ertaklarni kelgan joyidan davom ettirishni o‘rgatishda piktogrammalardan foydalanish yaxshi natijalar beradi.
Har bir mavzuga mos ravishda ishlangan piktogrammalar bilan bolalar tanishtiriladi. Mashg‘ulotlar davomida yoki yakunida rasmlar chizilgan ko‘rgazmalar bolalarga tavsiya etiladi.
Masalan: 1-rasmda bola, yurak (qora, qizil), ko‘z va bahor fasli tasvirlangan.
Tarbiyachi: Bolalar, rasmga diqqat bilan qarang. Bahor faslidagi o‘zgarishlarni yaxshi ko‘rishingiz, qaysilarini yoqtirmasligingizni ifodalab bering.
Bola: Rasmdagi tasvirni ko‘rsatib, bu men; yurakni ko‘rsatib – yaxshi; ko‘zni ko‘rsatib - ko‘raman deb gap tuzadi.
Bola: Men yaxshi (qizil yurak) ko‘raman bahor faslini, undagi o‘zgarishlarni, qushlarni, gullarni, daraxtlarni … yoki men yomon (qora yurak) ko‘raman yomg‘irni, hasharotlarni…
Bolalar uchun tavsiya etilgan (2–3-rasm) piktogrammalarda «Kasblar»,
«Transport turlari» mavzusida rasmlar tasvirlangan. Bu rasmlarda ham bo- lalar nimani yoqtirishlarini yoki yoqtirmasliklarini so‘zlab beradilar.
Bolalarni o‘ylantiradigan, biroz chalg‘itadigan rasmlar ham tavsi- ya etiladi (4–5-rasm). Masalan: «Nima qayerda o‘sadi?», «Qurbaqa nima yеydi?».
«Nima, qayerda o‘sadi?» mavzusidagi rasmda bola ho‘l meva va sabzavotlarni farqlay olishlari va ular qayerda, qachon o‘sishini rasm orqali ko‘rsatib, so‘zlab beradilar (4 rasm).
«Qurbaqa nima yеydi?» mavzusidagi rasmda ham bolalarni fikr- lashga hamda nutqini aniq va ravon ifodalashga yo‘naltiradi.
Tarbiyachi bolalardan hasharot turlarini so‘raydi va rasmga qarab turib qurbaqa nima yеyishini, qaysi hasharot yoniga borishini chiziq- lar yordamida ko‘rsatib berishni so‘raydi.