Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə134/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

«Mustaqillik maydoni tinchlik ramzi» nomli surat asosida hikoya tuzish:
Maqsad: Bolalarni surat bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, surat- dagi tasvirdan oldingi voqealarni mustaqil o‘ylab tuzishga o‘rgatish, suh-
bat paytida faol ishtirok etishga undash, suratda aks ettirilgan voqealarni izchil bayon qilish, mavzu bo‘yicha berilgan savollarga tushunib, qisqa va to‘liq javob berish, o‘rtoqlarining berayotgan javoblariga e’tibor be- rish malakasini takomillashtirish. Suhbat davomida bolalar qalbida Mil- liy Armiyaga nisbatan muhabbat, milliy g‘urur hissini tarbiyalash.

Vazifalar:


  • «Mustaqillik bayrami», «Mustaqillik maydoni» mavzularida lug‘atni faollashtirish.

  • Voqea-hodisalarning muhim belgilarini ajratishga, solishtirish-

ga va umumlashtirishga, ularni ifodalash uchun aniq so‘zlarni tanlashga o‘rgatish.

  • Bog‘lanishli nutq–hikoya tuzish ko‘nikmalarini shakllantirish.

  • Nutqning ifodaliligini tarbiyalash.

Kutilayotgan natijalar:


  • Surat bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tasvirdan oldingi voqealarni mustaqil o‘ylab to‘qishga o‘rganadilar.

  • Grammatik jihatdan to‘g‘ri so‘zlashga intiladi.

Bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok etishga mo‘ljallangan interfaol usullar:


  • Aqliy hujum

  • Qisqa hikoya

  • Savol- javob

  • Tetiklashtiruvchi mashqlar

Kerakli jihozlar:


«Mustaqillik maydoni- tinchlik ramzi» surati.
Mashg‘ulotning borishi. Surat ilib qo‘yiladi va mazmuni bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi.

  • Bolalar, Vatanimizda har yili 1-sentabr kuni mustaqillik bayra- mi nishonlanadi. Bayram kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalqimizni bayram bilan tabriklaydilar. So‘ng maydonda tomosha bo‘ladi. Bolalar, bayramingiz muborak bo‘lsin! Hozir biz «Musta- qillik maydoni – tinchlik ramzi» nomli suratni ko‘rib, surat bo‘yicha hikoya tuzishni o‘rganamiz. Suratga diqqat bilan qarang.

  • Suratda kimlar tasvirlangan?

  • Bolalar qiyofasida qanday holat ifodalangan?

  • Bayram tantanasida siz ham ishtirok etdingizmi?

  • Bayramda nimalarni ko‘rdingiz?

  • Mustaqillik maydonida qanday inshootlarni ko‘ryapsiz? («Baxtiyor ona» haykali, favvoralar, ark, laylaklar)

  • Laylaklar qanday ma’noni ifodalaydi? (Tinchlik ramzini)

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin