«Mustaqillikmaydoni–tinchlikramzi»nomlisuratasosidahikoyatuzish: Maqsad: Bolalarni surat bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, surat- dagi tasvirdan oldingi voqealarni mustaqil o‘ylab tuzishga o‘rgatish, suh-
bat paytida faol ishtirok etishga undash, suratda aks ettirilgan voqealarni izchil bayon qilish, mavzu bo‘yicha berilgan savollarga tushunib, qisqa va to‘liq javob berish, o‘rtoqlarining berayotgan javoblariga e’tibor be- rish malakasini takomillashtirish. Suhbat davomida bolalar qalbida Mil- liy Armiyaga nisbatan muhabbat, milliy g‘urur hissini tarbiyalash.
«Mustaqillik maydoni- tinchlik ramzi» surati.
Mashg‘ulotningborishi. Surat ilib qo‘yiladi va mazmuni bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi.
Bolalar, Vatanimizda har yili 1-sentabr kuni mustaqillik bayra- mi nishonlanadi. Bayram kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalqimizni bayram bilan tabriklaydilar. So‘ng maydonda tomosha bo‘ladi. Bolalar, bayramingiz muborak bo‘lsin! Hozir biz «Musta- qillik maydoni – tinchlik ramzi» nomli suratni ko‘rib, surat bo‘yicha hikoya tuzishni o‘rganamiz. Suratga diqqat bilan qarang.
Suratda kimlar tasvirlangan?
Bolalar qiyofasida qanday holat ifodalangan?
Bayram tantanasida siz ham ishtirok etdingizmi?
Bayramda nimalarni ko‘rdingiz?
Mustaqillik maydonida qanday inshootlarni ko‘ryapsiz? («Baxtiyor ona» haykali, favvoralar, ark, laylaklar)
Laylaklar qanday ma’noni ifodalaydi? (Tinchlik ramzini)