Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə131/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Sensor rivojlanish mini-muhitida M.Montessori tavsiya et- gan jihozlardan boshqa ta’limiy jihozlar: B. Nikitinning «Naqsh yasa», «Uni-kub», «Qirqma kvadrat» kabi jihozlarini va turli-tu- man o‘yinlarni taklif etish mumkin. Bu yerga mualliflik jihozlarini joylashtirish mumkin. Masalan: Ko‘rishni taraqqiy ettirish uchun turli ranglardan tashkil topgan spektrlar, rangli tiniq plastik jadval- lar, bo‘yoqlarni aralashtirish uchun jihozlar va boshqalardan foydala- nish mumkin. Bu muhitda bolalar rangli «yo‘lakchalarni» yasaydilar, ya’ni eng to‘q rangdan eng och rangga tomon yo‘nalib boradilar.
Eshitish sezgisini taraqqiy ettirish uchun «Jaranglaydigan qutichalar»dan foydalanishlari (korobkachalar ichiga toshlar, metall sharchalar solinadi), musiqa asbobida o‘ynashlari mumkin.
Harakat sezgisini taraqqiy ettirish uchun shunday jihozlarni joylashtirish lozimki, ular barmoqlarning mayda qo‘l motorikasini shakllantirishga yordam bersin (qisqichlar, turli-tuman mozaikalar, turli hajmdagi qurish-yasash jihozlari);
Sezgi organlarini taraqqiy ettirish uchun yuzasi har xil kartochka- lar va matolar, «His etish qopchasi», g‘adir-budir harflar, raqamlardan foydalanish mumkin. Bolalar xohlasalar ko‘zlarini yumib ishlashlari, maxsus ko‘zoynaklar taqqan holda notekis yuzalikni qo‘l bilan his qilishlari, nimadan yasalganini aniqlashlari va tartib bilan joylashti- rishlari mumkin.
Ta’m va hid bilishni ajratish uchun alohida jihozlar mavjud bo‘lishi mumkin.

«Bola va notanish odamlar».


Insonlar kiyimi va ularning niyatlarining bir-biriga mos kelmasligi. Pedagog bolalarga notanish kimsalar bilan muloqotda bo‘lish qanchalik xavfli ekanligini, chunki bolalar kattalarning qanchalik xavfli bo‘lishlari mumkinligini bilmasliklari mumkin. Ko‘pchilik bolalarning tasavvurida yomon odamlar faqat yomon kiyim-bosh ki- yishlari yoki pala-partish kiyinishlari mumkin deb o‘ylaydilar. Ba’zi bir bolalar avvalambor soqolli, iflos kimsalargina xavf tug‘dirishi, yaxshi kiyingan, kelishgan ayollar, qizlar va o‘smirlar, har qanday ochiq chehrali, do‘stona kulgisi bor insonlar hech qanday yomonlik qilishi mumkin emas,- deb o‘ylaydilar. Shuning uchun bolalar bilan ko‘pincha yaxshi kiyingan odamlar va ularning niyatlari mos kelmas-
ligi haqida suhbat uyushtirish maqsadga muvofiqdir.
Kichik va o‘rta maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga tanish er- taklar va adabiy asarlardan namunalar keltirish lozim (masalan: Gu- loyim chuvrindi kiyimlarga burkangan, qora kuya bilan chaplangan bo‘lsada, u juda mehribon ekanligini; «Qizil gul» ertagidagi mavju- dot sehrlangan mehribon shahzoda ekanligini bilishadi).
Katta maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan esa o‘z hayot tajribalaridan misollar keltirib suhbat uyushtirish katta samara beradi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin