RADIOTEXNIKA, RADIOALOQA VA TELYERADIOESHITTIRISH FAKULTETI
Fizika kafedrasi F I Z I K A F A N I D A N AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN MASALALAR TO‘PLAMI VA Uslubiy KO‘RSATMALAR 1 - Qism
M E X A N I K A
Toshkent-2007
Ushbu qo‘llanmada fizika fanining “Mexanika” bo‘limi bo‘yicha masalalar va ularni ychishga oid uslubiy ko‘rsatmalar keltirilgan bo‘lib, qo‘llanma Davlat ta’lim standarti asosida 5521000, 5522700, 5811000, 5520600, 5520700, 5510300, 5521800, 5320200, 5521700, 5521600, 5140900 –yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlanayotgan mutahassilar bilimiga tegishli na’munaviy dastur va o‘guv rejalar asosida bakalavrlar uchun ishlab chigilgan . Umumiy fizikaning elektr va magnitizm bo‘limlariga doir 6 ta mavzu bo‘yicha masalalr keltirilgan. Mavzulardagi masalalar 50 ta variantlarga taqsimlangan bo‘lib, birinchi 5 ta variant o‘qituvchiga mavzuni tushintirishi uchun mo‘ljallangan, 6 dan boshlab toq tartib raqamli variantlar talabalarning auditoriyada ishlashlari uchun, juft tartibli variantlar mustaqil uy ishlari uchun ajratilgan.
Qo‘llanmaqda mustaqil ishlash uchun masalalarni echish namunalaridan tashqari talabalar o‘zlashtirgan nazariy bilimlarni tekshirish uchun nazorat savollari va zaruriy adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
Mas’ul muharrir fizika-matematika fanlari doktori,
prof. Abduraxmonov Q.P.
Tuzuvchilar: prof. Abduraxmonov Q.P.
kat. o‘qit.Haitov M.S.
kat. o‘qit. Xolmedov H.M.
dos. Ahmedova N.A.
KIRISH Fizika qonunlarini bilish deganda, bu ularni ta’riflashni bilish bo‘lmay, balki ularni aniq masalalarni yechishda tatbiq qilishni bilmoq demakdir. Masala yechishni bilish, studentlarni mustaqil ijodiy ishlashga yordam beradi, o‘rganilayotgan hodisaning analiz qilishga o‘rgatadi, ularni keltirib chiqargan sabablarni (faktorlarni) ajratib olishga imkon beradi.
Mustaqil ravishda masala yechish protsessi eng ko‘p foyda keltiradigan prosess bo‘lib, quyidagi metodik qo‘llanma buni amalga oshirishga qaratilgan. U umumiy fizika kursi programmasi asosida tuzilgan bo‘lib, birinchi semestrda ajratilgan masalalarni va metodik ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi.
Uy vazifasi uchun mo‘ljallangan masalalar variantlar bo‘yicha taqsimlangan bo‘lib, har bir variant o‘z ichiga to‘rtta masalani oladi. Har bir mavzu oldidan masala yechish bo‘yicha qisqacha uslubiy ko‘rsatmalar va tavsiyalar berilgan, har bir mavzu ichida masalalarni turli tiplarga bo‘linishi bilan ularni yechish misollari ko‘rilgan.
Masalalarni tushungan holda yechish faqat shunga tegishli nazariy materialni to‘liq o‘zlashtirgan holdagina mumkindir. Buning uchun har bir tema bo‘yicha darsga tayyorlanishda tema problemalarini yaxshi tushunishda va ularni to‘g‘ri talqin qilishda talabalarning e’tiborini jalb qilishga imkon beruvchi nazorat savollar keltirilgan.
Ushbu qo‘llanmadan foydalangan holda talaba:
1. Nazorat savollar va ko‘rsatilgan adabiyot yordamida berilgan bo‘limni sinchiklab o‘rganishi kerak.
2. O‘qib o‘rganilgan nazariyaga, uslubiy ko‘rsatma va misollarga tayangan holda o‘qituvchi tomondan ko‘rsatilgan variant bo‘yicha uy vazifasini mustaqil bajarish kerak.
3. Shu bilan uning uyga berilgan masalalarga nisbatan murakkab masalalarni auditoriyada yechishda aktiv va ijodkor ishga tayorlashi lozim.
Har bir mavzu bo‘yicha uy vazifasini talaba auditoriyadagi darsga qadar bir kun oldin topshirishi kerak.
Masalalarni yechishda quyidagi qoidalarga amal qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
1.Eng avval, masalani sinchiklab o‘qib, uning mazmunini tushunib olish zarur. Agar masalaning Harakateri imkon bersa, uni tushuntiruvchi rasm chizish kerak.
2.Masalani analiz qilib, qanday obyektlar yoki protsesslar haqida so‘z ketayo‘tganligini, qanday kattaliklar ularni aniqlayotganligini, ko‘rilayotgan hodisalar qanday fizik qonuniyatlarga bo‘ysunishini aniqlash kerak.
3. Masalani yechishda optimal metodni tanlab olish kerak.
4. Avval masalani umumiy ko‘rinishda yechib, bunda qidirilayo‘tgan kattalik masalada berilgan kattaliklar orqali ifodalanishi kerak.
5. Berilgan kattalaiklarni son qiymatlari bir sistema – SI sistemasida qo‘yilishi kerak.
6. Masala yechishni oxirida o‘lchov birligini mosligi tekshirilishi zarur.
7. Uy vazifasini tayyorlashda, ishlatilayotgan qonunlar va formulalar qisqa, ammo batafsil tushuntirilishi kerak.
8. Olingan javobni son qiymatini to‘g‘ri ekanligini baholang.