Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


-rasm. 2-rasm. 3-rasm



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə133/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

1-rasm.





2-rasm.



3-rasm.



4-rasm.

287





5-rasm.

M U J A S S A M M A SH G‘ U L O T


(Ona Vatan haqida suhbat)


  1. Mashg‘ulotning maqsadi:


Bolalarning o‘z ona-Vataniga mehr-muhabbatlarini tarbiyalash, xalqpar- var, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. O‘zbekistonning boyligi, ya’ni oltin koni, paxtasi, ipagi haqida olgan bilimlarini kengaytirish, jamoa a’zolarining, oltin konida ishlayotgan ishchilarning mehnati mashaqqatli ekanligi haqida tushuncha berish. Oddiy matematik tushunchalarni kengaytirish, o‘zbek xalqining mustaqilligi haqida tushuncha berish. O‘zbekiston Respublika- sining bayrog‘i bilan tanishtirish. O‘zbek milliy buyumlariga muhabbat- larini uyg‘otish. Naqsh elementlarini badiiy did bilan chizishga o‘rgatish. Garimdori guli shakli chizilgan chiziq bo‘yicha qirqishga o‘rgatish malaka- larini o‘stirishni mustahkamlash, mehnatsevarlikni tarbiyalash.
  1. Mashg‘ulotga tayyorlanish:


Bolalar soniga yеtarli stol-stul, qog‘ozlar, mo‘yqalam, suv, salfet- ka, yеlim, qaychilar tayyorlash.
  1. Mashg‘ulotning tuzilishi:


    1. Hafta kunlari, fasllar haqida suhbat.

    2. O‘zbekiston haqida so‘zlab berish.

    3. O‘zbekistonning poytaxti Toshkent haqida suhbat.

    4. Po‘lat Mo‘minning «Mustaqillik», «O‘zbekiston», «Paxta» she’rlarini qaytarish.

    5. Tasviriy faoliyatdan bilgan narsalarini chizdirish.

    6. O‘zbekiston haqida maqol va qo‘shiqlar aytish.

    7. Yakunlash.
  2. Mashg‘ulotning borishi:


Bolalarga maqol aytish bilan mashg‘ulotni boshlash.

  1. Bulbul chamanni sevar, odam – Vatanni.

  2. Ona yurting omon bo‘lsa, rangi ro‘ying somon bo‘lmas.

  • Bolalar, bugun haftaning qaysi kuni?

  • Juma.

  • To‘g‘ri, bugun haftaning juma kuni.

  • Bolalar bir yilda necha fasl bor? (Bolalar javobi) to‘g‘ri.

  • Hozir qaysi fasl? (javobi) to‘g‘ri.

  • Kuz fasli haqida kim she’r aytib beradi? «Kuz» (Sh.Sa’dulla),

«Kuz keldi» (Uyg‘un). Juda yaxshi.

  • Bolalar siz yashayotgan o‘lkangizning nomi nima?

  • O‘zbekiston Respublikasi.

  • To‘g‘ri.

Men hozir sizlarga O‘zbekiston Respublikasi haqida so‘zlab bera- man (bolalarga O‘zbekiston va uning markazi Toshkent shahri haqida so‘zlab berish). So‘ngra bolalarga O‘zbekiston, mustaqillik haqidagi tushunchalarni mustahkamlash uchun savollar berish.

  1. Yaqinda qanday bayram bo‘ldi?

  2. O‘zbekistonning poytaxti qaysi shahar?

  3. O‘zbekistonning qaysi joyiga ekskursiya qilib bordingiz?

  4. O‘zbekistonning bayrog‘i qanday ranglardan iborat?

  5. Qaysi madrasalarni bilasiz?

  6. Qaysi mehmonxonalarni bilasiz?

Bolalar, hozir o‘zingiz xohlagan rasmni chizasiz, bo‘yaysiz.
Bolalarni mashg‘ulot davomida rag‘batlantirib borish, so‘ngra do‘ppi yasagan boladan do‘ppi haqida she’r aytishni so‘rash.
«Do‘ppi kiygan bola» (Qambar O‘tayev she’ri). Do‘ppisini kashtasida
Aks etadi to‘lin oy, Teppasida nur sochib Tutar go‘yo so‘lim oy. Do‘ppi kiygan bolaning Yo‘llari erkinlikdir.
Do‘ppi kiygan bolaning Odobi qimmatlidir.
Juda yaxshi she’r aytding, rahmat (bolalar javoblari rag‘batlantiriladi). Bolalar, siz chiroyli qilib, bayroq, paxta shaklini chizdingiz. Cha- manda gul qilib do‘ppini naqshlar bilan bezatdingiz. Gul va naqsh-
larni qirqib, do‘ppiga yopishtirdingiz.
Rahmat, bolajonlarim. Endi qo‘shiq eshitamiz (agarda vaqt qo‘lsa «Xo- lam mehmonga keldilar» xalq milliy o‘yinini o‘ynash bilan yakunlash).

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin