Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə130/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi. Badiiy adabiyot va xalq og‘zaki ijodiyotiga oid asarlar, shu jumladan kichik folk- lor janrlari (maqollar, matallar, topishmoqlar, tez aytishlar, sanoq she’rlar va boshq.) bolalar nutqining ifodaliligini rivojlantirishning eng muhim manbalari hisoblanadi.

Agarda atrofidagi kattalar bolani beshikdan boshlab to‘g‘ri so‘zlashga o‘rgatsalar, u intellektual jihatdan normal rivojlanadi. Unda tasavvur qilish, so‘ngra fikrlash va xayol surish qobiliyati paydo bo‘ladi. Har bir yosh bosqichda bu qobiliyat takomillashib boradi. Bola intellek- tining rivojlanishi bilan bir vaqtda uning emotsional-iroda sohasi ham takomillashib boradi. Nutqni rivojlantirish metodikasi har qanday ri- vojlanishning umumiy shakllari, tomonlari va o‘zaro bog‘liqligini aks ettiradigan dialektika qonunlari va toifalariga tayanadi.
Bolaning taraqqiyot jarayoni faqat o‘yin orqali olib borilmay, balki qo‘llar harakati orqali ham olib borilishi mumkin. Bunga biz alohida ahamiyat beramiz. M.Montessori pedagogikasining asosiy ta- moyillaridan biri – «Barmoqlar uchining harakati inson intellektining taraqqiyot qurolidir». Shu tamoyil asosida bolalar turli narsalarning xususiyatlarini: masalan shakarni, tuzni, melni, unni suvga solib, bu narsalarning erib ketishini bilib oladilar. Ular oyoq kiyimlarini krem
bilan tozalaydilar, uni yaltiraguncha artadilar, plastmassa pinsetdan foydalanishni o‘rganadilar, paxtani rulondan ajratib olish orqali bar- moqlarini harakatga keltiradilar va mashq qildiradilar, xamir bilan ishlashni, sabzavotlarni kesishni, mahsulotlarning xususiyatlarini va sifatlarini to‘g‘ri aytishni o‘rganadilar. To‘rlar yordamida bola yor- mani guruchdan ajrata olishni o‘rganadi va uni boshqa idishlarga joylashtiradi. Bu jarayonlar bolaning ko‘z bilan chamalash, diqqatni jamlash, irodasini taraqqiy ettirishga yordam beradi. Agar bola ni- manidir to‘kib yuborsa yoki sochib yuborsa, shu yerning o‘zida bola- ning o‘zi sochiq bilan yoki supurgi va hokandozda uni tozalab olishni bilishi lozim.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin