Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Badiiy asarni sahnalashtirib ko‘rsatish usullari



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə138/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Badiiy asarni sahnalashtirib ko‘rsatish usullari.


Sahnalashtirilgan o‘yinlar bolalarning yosh xususiyatlarini hi- sobga olgan holda oddiydan murakkabga qarab yo‘naltirib borilishi maqsadga muvofiq. Masalan, o‘rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlansa, katta guruh bolalari uchun esa asar qahra- monlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg‘ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.
Ertak va hikoyalarni bolalar ko‘pincha o‘zlarining ijodiy rolli o‘yinlarida sahnalashtiradilar, bu o‘yinlarda tulki, sichqon, xo‘roz, qu- yon kabi personajlarni o‘yinlarda aks ettiradilar. Yozuvchilarning ba- diiy asarlarini ham bolalar sevib sahnalashtiradilar. Bolalar bilan suh- batlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she’r, ertak qahra- monlarining o‘ziga xos xususiyatlari mana shunday o‘rganiladi.
Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo‘lgan ertaklar, hikoyalar ularga tanish bo‘lib qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi.
«Sholg‘om», «Bo‘g‘irsoq» kabi ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov guruhida bu ish davom ettiriladi. Sahnalashtirish uchun ertaklargina olinmasdan, badiiy asarlar, xususan, she’rlar ham olinadi. Masalan, tarbiyachi o‘rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg‘ulari aks et- tirilgan asarlar tanlanadi.
Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi. Bolalarga qaysi asar yoqqanini, ular ko‘proq qanday asarni sahnalashtirishni yoqtirishlarini, qaysi bola topshirilgan rolni yaxshi ijro eta olganini, rollarni ijro etishda bolalarda qanday qiyinchiliklar vujudga kelga- nini yozib boradi. Mana shu asosda bo‘lg‘usi sahnalashtiriladigan o‘yinlar jonlantiriladi.


Non isi


Alisher Navoiy
Sahnada saroy ko‘rinishi tasvirlanadi. «Non isi» rivoyatini sahnalashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar hozirlanadi. Ishtirokchilarning barchasi o‘z o‘rnini egallaydi.

  • Bir kuni podshoh Husayn Boyqaro o‘z huzuriga vazirlarini cha- qiribdi. Dunyodagi eng xushbo‘y narsani keltiring!

O‘ng qo‘l vaziri bir dasta atirgul keltiribdi. Vazir: – Mana shohim.
Shoh: – Yo‘q, men aytgan narsa bu emas. Chap qo‘l vaziri qalampirmunchoq keltiribdi. Vazir: – Mana, shohim, marhamat.
Shoh: – Yo‘q. Men aytgan narsa bu emas. Sizlarga uch kun muhlat: topsalaringiz – topdingiz, topmasalaringiz, hammangizni jazolaymen! Vazirlar nima qilishlarini bilmay, rosa boshlari qotibdi. O‘ylay-o‘ylay, Alisher Navoiyning huzuriga borib, maslahat so‘rashga qaror qilishibdi.

  • Assalomu-alaykum, taxsir.

  • Vaalaykum assalom. Kelinglar, xush ko‘rdik, marhamat.

Vazir: – Ey, mehribon ustoz! Bizni jazodan qutqaring. Shohimiz dunyoda eng xushbo‘y isli narsani keltirishimizni buyurib edilar. Shuni hech topa olmayapmiz. Panohingizga oling.
Navoiy: – Bu jumboqni ochadurg‘on kishi – Dehqon bobodur.
Qani, yuringlar-chi, so‘raymiz.
Hammalari birgalashib, Dehqon bobo huzuriga boribdilar.
Dehqon: – Otam rahmatli tandirdan yangi uzilgan non isidan hushbo‘yroq narsa yo‘q, deguvchi edilar. Yangi yopilgan non olib boringlar-chi, shohga ma’qul kelsa, ajabmas.
Navoiy yangi uzilgan nonni savatga solib, shoh huzuriga kiribdi.
Navoiy: – Mana, shohim. Dunyoda hushbo‘y hidli narsa – tandirdan yangi uzilgan nondir.
Shoh: – Rahmat, do‘stim, ko‘nglim istagan narsani siz topib keltiribsiz.
Navoiy: – Shohim, rahmatni menga emas, Dehqon boboga ayting, ko‘nglingizning istagini shu kishi topdi.
Shoh chapak chalib, mulozimlarini chaqiribdi. Shoh: – Dehqonga sarpo kiydiring!
Shoh xazinaboni dehqonga sarpo kiydiribdi. Dehqon: – Qulluq, shohim, qulluq.


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




  1. Badiiy asarni sahnalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari nima- larlan iborat?

  2. Adabiy asarlarni tanlashga qo‘yiladigan talablarni bilasizmi?

  3. Sahnalashtirilgan o‘yinlar bolalarda qaysi sifatlarni tarbiyalash- da yordam beradi?

  4. Sahnalashtirish uchun badiiy asarni tanlashda nimalarga rioya qilish kerak:

  5. Sahnalashtirish ishini qanday bosqichlar bo‘yicha o‘tkazish mumkin?

  6. Badiiy asarni sahnalashtirib ko‘rsatish usullarini aytib bering.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin