Sahnalashtirilgan o‘yinlar. Sahnalashtirilgan o‘yinlar ijodiy o‘yinlar sarasiga kiradi. Unga ijodiy o‘yinning quyidagi asosiy: ni- yatning mavjudligi, roli va mavjud harakatlar, xayol qilingan vaziyat- ning va boshqa elementlarning uyg‘unligi, bolalarning mustaqillik va o‘z-o‘zini uyushtira olish jihatlari xos. Sahnalashtirilgan o‘yin badiiy asar asosida ko‘riladi: o‘yin syujeti, rollar, qahramonlarning xatti-ha- rakatlari, ularning nutqi asar matniga ko‘ra belgilanadi.
Sahnalashtirilgan o‘yin bolalarning eshitgan asar yoki ertagidan ol- gan tasavvurlarini mustaqil ifodalash hamda mashq qilish imkonini be- radi. Bu o‘yinlar bolalarda iroda, intizom, o‘z harakatlarini boshqalar- ning harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita hisoblanadi. Sahnalashtirish bolalarni qayta so‘zlashga o‘rgatish usullaridan biridir. Ba’zi bir bolalarda badiiy asardan olingan parchani qayta so‘zlab berishga xohish ham qiziqish ham bo‘lmaydi, ammo unga o‘yin usuli kiritilishi bilan bola asardagi rolga kirib, o‘sha asar mazmunini juda yaxshi aytib berishga harakat qiladi.
Bunday o‘yinda bola o‘zini o‘sha asardagi qahramon o‘rnida his etib, uning sezgi, kechinmalari dunyosiga chuqurroq kirib boradi. Ba- diiy asarlarni qahramonlar tilida so‘zlab berish boladagi xayolni rivoj- lantirishga yordam beradi va asar qahramonida mavjud bo‘lgan ijobiy sifatlarni egallashga intiladi. Sahnalashtirilgan o‘yinda badiiy asarning g‘oyaviy mazmuni bolalar tomonidan chuqurroq anglab olinadi.
Sahnalashtirilgan o‘yinlarbolalar biror ertak yoki hikoya syujeti asosida ma’lum bir rolni bajarishiga, o‘yin jarayonidagi personajlar- ning aytadigan so‘zlarining yod olinishiga asoslangan bo‘lib, bolalar- da iroda, intizom, o‘z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita sanaladi. Sahnalashtirilgan o‘yinlarni tashkil etish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
Ibosqich.Sahnalashtirish uchun badiiy asarni tanlash. Badiiy asarni tanlashda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: 1) ertak yoki hikoyada qatnashuvchilar soni ko‘p bo‘lishi kerak; 2) asarning na- faqat mazmuni, balki unda harakatlarning ham turfa xil bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim; 3) asar ifodali o‘qishga mos bo‘lishi kerak; 4) asar mazmuni qiziqarli va emotsional bo‘lishi zarur; 5) asar bolalar- ning yoshiga mos kelishi lozim.
bosqich.Sahnalashtirish uchun tanlangan ertak yoki hikoyaning mazmunini o‘qib berish.
bosqich. Asarni bolalar tomonidan eslab qolinishiga erishish: qayta o‘qib berish, har bir bolaning aytadigan gaplari ustida indivi- dual ish olib borish, rasmlar namoyish etish.
bosqich. O‘yin qiziqarli o‘tishi va uzoq davom etishi uchun o‘yinga kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlash hamda rahbarlikni to‘g‘ri amalga oshirish.