Bolalarni turli faoliyat yo‘nalishlarida savodga o‘rgatishgatayyorlash. Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o‘zlashtirishga yordam beradi, buning asosida uning bilish, ko‘rgazmali, o‘yin, eng oddiy mehnat va o‘quv kabi xilma-xil faoliyat turlari, shuningdek, muomalasi shakllanadi. Bola u yoki bu faoliyatni o‘zlashtirib, faollik ko‘rsatadi, ayni paytda shu faoliyat bilan bog‘liq bilimlar, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, shu asosda unda xilma-xil qobiliyatlar va shaxs xususiyatlari shakllanadi.
Bolaning faoliyatdagi mavqei uni faqat tarbiya obyektiga emas, shu bilan birga tarbiya subyektiga ham aylantiradi. Bu bolani tarbi- yalash va rivojlantirishda faoliyatning yetakchilik rolini belgilaydi. Bolalarning rivojlanishi va tarbiyalanishining yosh bilan bog‘liq davrlarida faoliyatning turli xillari yonma-yon bo‘ladi va o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi, lekin bunda ularning roli bir xil bo‘lmaydi: har bir bos- qichda faoliyatning yetakchi turi ajratiladi, unda bolaning rivojla- nishidagi asosiy yutuqlar namoyon bo‘ladi. Har bir faoliyat ehtiyoj, sabablar, faoliyat maqsadi, mavzui, vositalari, buyumlar bilan amalga oshiriladigan harakatlar va nihoyat, natija bilan ajralib turadi. Ilmiy ma’lumotlarning dalolat berishicha, bola ularni darhol emas, balki asta-sekin va katta yoshdagi odamning rahbarligida egallaydi. Bola
faoliyatining xilma-xilligi va boyligi, uni egallashdagi muvaffaqiyat oiladagi, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiya va ta’lim sharoitla- riga bog‘liq, bo‘ladi.
Bolaning dastlabki yoshlaridan boshlab faoliyatning eng oddiy turlari uning shaxsiy qobiliyatlarini, xususiyatlarini va atrofdagi nar- salarga munosabatini shakllantirishning asosi hisoblanadi.
O‘zlashtirilgan bilimlar va rivojlangan aqliy qobiliyatlarni bolalar xilma-xil o‘yinlarda va mehnatda qo‘llaydilar. Bularning hammasi bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir etadi, unda faoliyatning yangi mazmuniga qiziqishni shakllantiradi.
Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg‘ular, sabablar, maqsadlarni tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga yetadiki, u bo- laga maktabdagi muntazam o‘qishga o‘tish imkonini beradi.
Kichik maktab yoshida asosiy narsa o‘qish bo‘lib qoladi va uni bolalar ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat sifatida tushunadilar. Bolaning jamiyatdagi yangi mavqei o‘z xatti-harakatini va teng- doshlarining xatti-harakatini o‘zgacha nuqtayi nazardan – maktab o‘quvchisi nuqtayi nazaridan baholashni shart qilib qo‘yadi. Bola faollik, ijodkorlik ko‘rsatib, kattalarning uning xulq-atvoriga va faoliyatiga qo‘yayotgan tobora murakkablashib borayotgan talabla- rini bajarishga intiladi.
Har bir faoliyat turining mazmuni va tuzilishining ijtimoiy-tarixiy tabiati har bir yosh avlodga obyektiv ravishda berilgan bo‘ladi. Odam- larning ishlab chiqarish qurollarida, bilimlarda, san’atda, ahloqda va hokazolarda jamlangan sermahsul faoliyati natijalari birgalikdagi faoliyatda va muloqotda bo‘lgan paytda tarbiya va ta’lim vositasida katta avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati ana shunday shakllanadi.