Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Bolalar nutqini o‘stirish va savodga tayyorgarlik



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə142/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Bolalar nutqini o‘stirish va savodga tayyorgarlik. Nutq o‘stirish va savodga tayyorlash mini muhitiga M. Montessori va boshqalarning nutq o‘stirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishning turli uslublarini qo‘yish mumkin. Hozir maktabgacha yoshdagi bo- lalarni o‘qishga o‘rgatish to‘g‘risida munozaralar o‘tkazishayapti. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, tarbiyachi metodik jihatdan ishni to‘g‘ri tashkil etishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan o‘yin faoliyati orqali bo-

lalar harflar bilan o‘ynashadi, o‘qishga o‘rganishadi, so‘zlar yozilgan turli tuman kartochkalardan, yirik bosma shriftlar, chiroyli rasmlar- dan foydalanishadi.
M.Montessorining shiori – «Menga o‘zim bajarishim uchun yordam ber, men o‘zim bajaraman». Tarbiyachi doim mehribon, sabr-toqatli, bolani to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishi, o‘zining shaxsiy namunasi bilan nima qilish va qanday qilish lozimligini ko‘rsatishi lozim. U bu yerda ustoz emas, balki voqealarning qatnashchisi si- fatida ishtirok etadi: faqat bolalarni qiziqtira olishi lozim. O‘zaro bir-birini tushunish, anglash va muhabbat tuyg‘usi asosida mulo- qot olib boriladi. Tabassum, imo-ishora bilan kichkintoyni qo‘llab- quvvatlab turadi, ko‘proq uni maqtaydi. Tarbiyachining ichki dunyosi bilan kichkintoyning ichki tuyg‘usi o‘rtasida mustahkam o‘zaro bog‘liqlik mavjud, tarbiyachining madaniyat darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, bolaning madaniyat darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Bunday jarayon davrida tarbiyachi ham, bola ham shakl- lanadi, bu esa hamma uchun hissiy qulaylik yaratadi, shuningdek, ota-onalarni ham ijod qilishga yo‘naltiradi. Ijodiy rivojlantiruvchi muhitning samarasi kichkintoyning umumiy taraqqiyotiga, ijodiy tafakkuriga, mustaqilligiga ta’sir ko‘rsatuvchi shart-sharoitgagina bog‘liq emas, balki tarbiyachining bola bilan bo‘ladigan muloqoti- ga, vaziyatga, beriladigan topshiriqlarga, ularni berish usullariga ham bog‘liq. Bolalarga ta’lim-tarbiya berish bir tartibda o‘tmaydi. Tarbiyachi bolalarning taraqqiy etish dinamikasini kuzatib borishi, lozim bo‘lsa, yordam ko‘rsatishi lozim. Ammo bunda bolaning psixikasiga nisbatan yutuqlari darajasi dastur talablari bilan so- lishtirilmaydi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, yuqorida ko‘rsatilgan shart-sharoitlarda psixikasi sog‘lom bola sezilarli darajada an’anaviy davlat ta’lim standartlaridan o‘zib ketadi, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar esa o‘z yoshlariga mos yetarlicha bilim va malakalar oladilar. Yuqori darajada olinadigan bilimlar darajasi har bir bolaning individual imkoniyatlariga bog‘liq. Ijodiy–rivoj- lantiruvchi muhitni to‘g‘ri tashkil etish bola shaxsining har to- monlama yetukligi: mustaqil, maqsadga intiluvchan, ishni to‘g‘ri rejalashtira olish qobiliyatlarini takomillashtiradi. Bunday vaziyat
bolani to‘g‘ri anglab harakat qilishga o‘rgatadi. Tarbiyachilar bo- lalarning o‘xshamaydigan xislatlarini qadrlashlari, o‘ziga xos in- dividual bo‘lishlarini hurmat qilishlari lozim.
Tarbiyachilar! Bolani majburlamang, bolaning erkin faoliyat yuri- tishi uchun imkoniyat yaratib bering. Eng asosiysi, hamma narsa bola uchun qiziqarli bo‘lishi lozim.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin