|
Eshitish va tushunish malakasini shakllantirish
|
səhifə | 143/217 | tarix | 12.10.2023 | ölçüsü | 3,88 Mb. | | #154490 |
| NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI
1. Eshitish va tushunish malakasini shakllantirish.
Impressiv muloqotchanlik.
Nutq malakasi. Ekspressiv muloqotchanlik.
2. O‘qish va savodga tayyorgarlik ko‘rish.
Kitobning qadr-qimmatini tushunish.
O‘qish va savod malakalarini egallash.
Bu yo‘nalishda bolalarning nutqi va ularda shakllanayotgan o‘qish va yozish malakalari orqali muloqot qilishning belgilari rivojlanadi.
Kattalar bilan muloqotda bola:
Kattalar bilan muloqotga kirisha oladi.
Kattalarning savollariga javob bera ola oladi.
O‘z fikrini kattalarga bayon qila oladi.
Dialogik nutqdan foydalanib suhbatlasha oladi.
Istagini so‘z bilan ifodalay oladi.
Kattalardan so‘z orqali yordam so‘raydi.
Oilasi va tanishlari to‘g‘risida hikoya qilib bera oladi.
Kattalar bilan boshqa mavzularda ham so‘zlasha oladi.
Odob bilan muloqotga kirisha oladi.
Muomalada nutq va imo-ishoralarni qo‘llay oladi.
Kattalar bilan muloqot qilishda tanish qonun-qoidalarga rioya qiladi.
Kattalarga murojaat qilishning turli usullaridan foydalanadi.
Notanish kattalar bilan muloqotga kirisha oladi.
Tengdoshlari bilan muloqotda:
Tengdoshlari bilan yonma-yon o‘ynay oladi.
Tengdoshlari bilan muloqotga kirisha oladi.
Tengdoshlari bilan salomlasha oladi.
Tengdoshlarini ismi bilan chaqiradi.
Olgan taassurotlarini boshqa bolalar bilan o‘rtoqlasha oladi.
Tengdoshlari bilan o‘yin qoidalarini birgalikda kelishib oladi.
Tengdoshlari bilan muloqotda o‘z fikrini ayta oladi.
Tengdoshlari bilan yuzaga kelgan nizolarni bartaraf eta oladi.
Tengdoshini so‘z orqali baholay oladi.
Tengdoshiga oddiy takliflar, iltimoslar bilan murojaat qiladi.
O‘yin davomida tengdoshiga sherik sifatida qaraydi.
Tengdoshlari bilan muloqotda dialogik nutqdan foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|