4. Tarbiyachi nutqining ta’sirchanliligi va ifodaliligi.
Tarbiyachining nutqi emotsional to‘liq, intonatsiyalarga boy, yetar- li darajada baland va tezligi bir maromda bo‘lishi lozim. Bolalar bilan muloqotda xuddi tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz etib bo‘lmaganidek, nutqning shoshqaloqligiga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Agarda nutq biroz
ohista sur’atda davom etsa, u yaxshi qabul qilinadi. Bunday sur’at nutqning aniqligini oshiradi va aksincha, tezlashtirilgan nutq qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bolalar uchun mo‘ljallangan ertaklar, hikoya- lar, she’rlarni badiiy so‘z ustalari odatda, og‘zaki nutqqa qaraganda biroz sekin sur’atda o‘qiydilar. Bolalarga sekinlashtirilgan nutqni qa- bul qilish, uning mazmunini kuzatish, matnni eslab qolish oson kechadi. Shu bilan birga esda tutish lozimki, bu qoida hamma narsani ham qamrab olmaydi. Badiiy asarlarni o‘qishda nutqni jadallashtirish yoki sekinlashtirishni ushbu chog‘da mazmun tushuntirilayotgani bilan oqlash
mumkin, ayni paytda bu badiiy ifodalilik vositasiga aylanishi zarur.
Ovoz – bu tarbiyachining kasbiy qurolidir, u mazkur quroldan to‘g‘ri foydalanishi va uni zo‘riqishdan asrashi lozim. Ovozdan noto‘g‘ri foydalanishni masalan, uning haddan tashqari balandlatish- da (guruhda, maydonda shovqin bo‘lganida) ko‘rish mumkin.
Agarda muloqot vaziyati nutq balandligini ancha kuchaytirishni ta- lab qilsa, bu ovozni baqirish darajasiga yetkazish kerak, degani emas.
Ovozni biroz kuchaytirishda nutq sur’atini pasaytirish va so‘zlarni yanada aniqroq talaffuz qilish lozim. Agarda ovoz past va zaif bo‘lsa, uni balandlashguncha mashq qildirish va maxsus mashqlar bilan mus- tahkamlash zarur. Ovozning yoqimsizligini (xirrilash, chiyillash) ham bartaraf etish mumkin.
Bolalar kattalardan nafaqat tovushlar va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni, balki ertaklar, hikoyalar mazmunini aytib berish, atrof-olam haqidagi o‘z kuzatishlarini bayon qilish, o‘z fikrlarini izchil bayon qilish va xulosalar chiqarishni ham o‘rganadilar.
Bolalarga nutqda u yoki bu mazmunni ravon, qiziqarli va imkonli shakl- da yetkaza olish pedagog nutqining zarur sifatlaridan biri hisoblanadi.
Tarbiyachi o‘z fikrlarini izchil bayon qilar ekan, u o‘z nutqini tushu- narsiz so‘zlar, murakkab oborotlar, uzoq iboralar bilan qiyinlashtirib yubormasligi lozim.
Bolalar nutqni agarda, u qisqa iboralardan iborat bo‘lsagina yaxshi qabul qiladilar. Chunki uzun, buning ustiga grammatik jihatdan juda murakkab tuzilgan iboralarni qo‘llashda bolalarga uning qismlari o‘rtasida aloqa bog‘lash, uning mazmunini mulohaza qilish va tu- shunish qiyin kechadi.
Faqat oddiy gaplarni qo‘llash bilan cheklanmaslik lozim. Ayniq- sa, bog‘langan qo‘shma gap va ergashgan qo‘shma gaplarni keng qo‘llash juda muhimdir.
Bolalarga hikoya qilib berishda (o‘tkazilgan ekskursiya, tabiat haqida va h.k.) faqat asosiy narsani, ya’ni barcha ikkinchi darajali va ahamiyatsiz narsalarni tashlab yuborgan holda faqat ushbu mavzuga aloqador narsalarni ajratib olish va bolalarga yetkazish zarur. Ko‘p so‘zlash, ortiqcha iboralarni qo‘llash tarbiyachining nutqini og‘ir, tu- shunish uchun qiyin qilib qo‘yadi.
Murakkab so‘zlar bilan boyitilgan hikoyani tinglashda maktab- gacha yoshdagi bolalarning pedagogning fikrini kuzatib borishlari, hikoya mazmunini esda saqlab qolishlari qiyin bo‘ladi va bunday hikoya foyda keltirmaydi.
Pedagog nutqining imkonliligi va tushunarliligiga eng avvalo, so‘zlardan to‘g‘ri va aniq foydalanish orqali erishiladi. Ona tilining lug‘at zaxirasi boy, u doimo yangi so‘zlar bilan boyib boradi; muoma- ladan chiqqan so‘zlar yo‘qolib ketadi.
Tarbiyachining lug‘atidagi kamchiliklar sifatida so‘zlarni kichraytirilgan-erkalash suffikslari bilan qo‘llash (Sevaraxon, qo‘lchalaringni yuv; Samatjon, stakanchalarni yig‘ishtirib qo‘y va h.k.), nutqni ortiqcha so‘zlar bilan to‘ldirib yuborish (Xo‘sh, aytish mumkinki, demak), nisbatan katta bolalar bilan muloqot qilishda ularga xuddi go‘daklar kabi muomala qilish (Vov-vov qani?) kabi holatlarini keltirish mumkin.
So‘zlar va so‘zli iboralarni to‘g‘ri tanlash tarbiyachi nutqining aniqligi, tushunarliligi va ifodaliligini ta’minlaydi.
Yangi so‘zlardan foydalanishda juda ehtiyot bo‘lish zarur. Bir to- mondan, bolalarning yoshini hisobga olish va ular tushuna oladigan so‘zlarni tanlash, ikkinchi tomondan, doimiy ravishda yangi so‘zlarni muomalaga kiritish, mavjud so‘zlardan foydalanishni kengaytirish va ularning ma’nosini tushuntirib berish lozim. Pedagogning hikoyasi to‘liq, chiroyli, so‘zlari aniq tanlab olingan, grammatik jihatdan to‘g‘ri rasmiylashtirilgan va ifodali bo‘lishi, uning alohida qismlari o‘rtasida mantiqiy aloqa o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Hikoya qilishda nutqni ifo- dali, turli-tuman, mazmunga boy qiladigan sinonimlar, metaforalar,
tashbehlardan, xalq og‘zaki ijodiyotidan (maqollar, matallar), frazeo- logik iboralardan kengroq va mohirona foydalanish lozim.
Bundan tashqari, tarbiyachining nutqi nafaqat bolalarga nisbatan, balki maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlariga nisbatan ham osu- da, doimo bosiq, xushmuomala bo‘lishi shart.
Shunday qilib, bolalar bilan ishlash orqali pedagog quyidagilarga e’tiborini qaratishi lozim:
ona tilidagi barcha tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, nutqdagi
qo‘pol muomalaga yo‘l qo‘ymaslik.
Ta’lim muassasasi tarbiyachisi uchun namunali nutqqa ega bo‘lish uning kasbiy tayyorligi ko‘rsatkichidir. Shuning uchun o‘z nutqini ta- komillashtirish haqida qayg‘urish bo‘lajak pedagogning axloqiy va ijtimoiy burchidir. U o‘zida keyinchalik bolalarga beradigan nutqiy ko‘nikmalarni mukammal rivojlantirishi shart.
Tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o‘zida aks ettira olishi kerak.
nutqning to‘g‘riligi;
nutqning aniqligi;
nutqning ifodaliligi;
nutqning sofligi;
nutqning ravonligi;
nutqning boyligi.
Xulosa:
Bolalar bilan muloqotda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatla- rini inobatga olgan holda ona tilining leksik boyligini keng qo‘llashi: tushunish mumkin va o‘zlashtirish oson bo‘lgan so‘zlarni tanlashi, ulardan o‘z nutqida foydalanishi lozim.
Bolalar bilan suhbat chog‘ida adabiy tilga oid so‘zlarni qo‘llash, qo‘pol so‘zlarga yo‘l qo‘ymaslik, oddiy so‘zlashuv tili va shevalar- dan, shuningdek, muomaladan chiqqan so‘zlardan qochish lozim. Tar- biyachining lug‘ati qanchalik boy va turli-tuman bo‘lsa, uning nutqi qanchalik yorqin bo‘lsa, bolalar shunchalik ko‘p so‘zlarni o‘zlashtirib olishlari mumkin.