Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Tarbiyachi nutqiga qo‘yilgan pedagogik talablar



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə149/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Tarbiyachi nutqiga qo‘yilgan pedagogik talablar. Tarbiya- chi maktabgacha yoshdagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, katta- larning mehnati haqida boshlang‘ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o‘z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli munosabatda bo‘lish, yaxshilik, haqiqatgo‘ylik, adolat, jasurlik, kam- tarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuv- chanlik, o‘simlik va hayvonlarga g‘amxo‘rlik bilan qarash, mehnat- sevarlik, kattalarning mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi.

Xalq san’ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bilish, san’atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko‘nikmalarni ma’lum bir izchillik bilan egallab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish ishida yaxshi natijalarga erishadi.
Tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish uchun maxsus tayyor- garlik ko‘rishi, quyidagi shartlarga amal qilishi kerak:

  1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli, kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladi- gan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg‘or tajribali pedagoglarning tajribasini o‘rganib, o‘z ishiga tatbiq eta oladi- gan kishi bo‘lishi kerak.

  2. Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti-hara- kati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ijobiy ta’sir etuvchi vositalarni topa olishi kerak.

  3. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabar- dor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy, ixcham bo‘lishi lozim. Ta’lim berishda texnikaviy vositalar- dan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka, ko‘nikmalarni yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun faollashti- ruvchi savollardan foydalanishi kerak.

  4. Tarbiyachi o‘ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘ota olish, ularning diqqatini jalb qilib, faolligini o‘stirish, bolalarning xulqini, xatti-haraka- tini haqqoniy baholay olishi kerak.

  5. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo‘yishi kerak.

  6. Kun tartibini to‘g‘i tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a’zoni e’tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish.

  7. Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida e’tiborga olishi lozim.

  8. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazib, axborot almashib turishi kerak.

  9. Pedagog bolalarga nisbatan xayrixohlik munosabatda bo‘lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, xafa bo‘lsa, tinch- lantira olishi kerak.

  10. Kun tartibida olib borgan ta’lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo‘llarini topa olishi kerak.

Eng muhimi, tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to‘g‘ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat yuritishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin