«D» tovushining undosh tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar.
«D» tovushli so‘zlarni ayta oladilar.
«D» tovushli so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘la oladilar.
Kerakli jihozlar:
«Dd» harflari.
«D» tovushi qatnashgan predmetlar suratlar.
«Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing» ta’limiy o‘yini uchun materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan harflarni Harf jildidan o‘qitadi. Ularga xos xususiyatlarni savollar yordamida eslatadi: Bular qanday harflar? Ular nimalarni ifodalaydi? Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (bo‘g‘in hosil qiladi.). Bu harflarning nechta shakli bor?
Bolalar, bugun «D» tovushi bosh va kichik «Dd» harflari bilan tanishamiz. Bosh «D» va kichik «d» ko‘rgazmadan, rasmli alifbo- dan, maxsus tayyorlangan ko‘rgazmadan (bosma shakli) ko‘rsatiladi. Bosh «D» harfi ko‘rsatilib, bu harfning qanday shakli? (bosh shakli
bosh D harfi) Bosh «D» harfi bilan qaysi so‘zlar yoziladi? Bu («D») qanday harf? (bu kichik «d»harfi) U qaysi so‘zlarda yoziladi? (dutor,doira...) Men ko‘rsatgan «Dd» harflarini nimalarda o‘qiysiz?