Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini savodga o‘rgatishda multimediya texnologiyasidan foydalanish usullari.
Tayanch tushunchalar:Ekspressiv muloqotchanlik, Impressiv muloqotchanlik, Ijodiy-rivojlantiruvchi muhit, mini muhit, tayyorgarlik davri, savodga o‘rgatish.
1. Bolalarda o‘qish, yozish va mavzuga qiziqish uyg‘otish. Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan barkamol, intellektual salohiyatli avlod va unga ta’lim-tarbiya berish sifatiga bog‘liq. Shu bois Vatani, xalqini sevadigan, istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan ijodkor shaxsni yetishtirish davlatning ta’lim sohasidagi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shuning bilan birga ta’lim tizimidagi tub islohotlar orqali shaxs ma’naviy kamolotini ta’minlash mazkur yo‘nalishning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, bu haqda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun» da ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalaridan biri ekanligi ko‘rsatilgan. Maktabgacha ta’lim, umuman olganda, uzliksiz ta’limning birinchi bosqichi hisoblanib, u maktabda o‘qish uchun tayyor bo‘lgan sog‘lom va to‘laqonli shaxs sifatida shakllangan bolani tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli
shart-sharoitlarni yaratish zarur. Bola nutqining rivoji ko‘p jihatdan uning ruhiyatiga, sog‘lom, tetik o‘sishiga. Axloqiy sifatlariga o‘quv dasturini o‘zlashtirishda me’yorli bajarilishini ta’minlashshiga, qo‘llanmalarning monandligiga bog‘liqdir. Bu masalalar maktabgacha ta’limda o‘z yechimi ifodasini topishi va o‘z ona tilida ravon gapira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur.
Bolalarning aqliy jarayonini rivojlantirish uchun ularning nutqini o‘stirish zarur: Bola har bir so‘z manosini tushuna olishi uni o‘z nutqida erkin ifodalashga muvofiq bo‘lishi kerak. Tushunchalar tizimiga moslashgan bola o‘z fikrini jamlab gapirishga va ifodalab berishga o‘rganadi. Og‘zaki nutqni o‘stirish bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda, asosan, bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga, nutqni grammatik tomondan to‘g‘ri shakllantirishga, nutqning morfologik va sintaksis tomonlarini shakllantirishni davom ettirish: sodda va qo‘shma gaplar tuzish, bunda barcha so‘z turkumlaridan foydalanishga o‘rgatish, bolalarni gapirganda sonni otga, sifatni otga, sifatni fe’lga to‘g‘ri ishlatish malakalarini takomillashtirish, tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriladi. Og‘zaki nutqini o‘stirishda mustaqil hikoya qilishga o‘rgatish katta o‘rin egallaydi: bolalalarni o‘z hayotlarida uchragan voqealar, suratlarga qarab, tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga o‘rgatiladi. Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog‘langan, ma’lum izchillikda, grammatik tomondan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi kerak.
Savodga tayyorlash bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda savodga o‘rgatish ikki davrga ajratiladi.
Tayyorgarlik davri.
Asosiy davr (Savodga tayyorlash).
Savodga o‘rgatishning tayyorgarlik davri vazifalari sentabr, oktabr oylarida rejalashtiriladi. Bu davrda quyidagi ishlar olib boriladi:
1. Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish va so‘zning tovush tarkibi haqidagi tasavvurlarini aniqlash va shakllantirish.
2. Unli va undosh tovushlar haqida tushuncha berish.
3. Jarangli va jarangsiz tovushlarni ajratishga o‘rgatish asosida fonematik idrokni va tasavvurni rivojlantirish.
4. Oddiy tahlil va sintez qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
a) gapni so‘zlarga bo‘lish, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish;
b) ma’lum tovushlarning o‘rnini aniqlash (so‘zning boshida, o‘rtasida va oxirida);
d) so‘zda tovushlar ketma-ketligini va sonini aniqlash;
e) tovushlardan bo‘g‘inlar, so‘zlar tuzishga o‘rgatish;
f) tovushlarni eshitishda farqlashga o‘rgatish.
Tayyorlov guruhida nutq, o‘qish va savodga tayyorlash yo‘nalishining savodga o‘rgatish bo‘limi 2-bosqichi - asosiy davrida (oktabr-may) quyidagi ishlar olib boriladi:
1. Berilgan tovushni harf belgisi bilan tanishtirish.
2. Kesma harflar yordamida tovush-harf tahlil va sintezi bo‘yicha mashqlarni bajarishga o‘rgatib borish;
3. Bo‘g‘in o‘qish;
4. Kesma harflar yordamida bo‘g‘in va so‘zlarni tuzish va ularni bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish.
Tayyorlov guruhlarida yil davomida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi va ketma-ketlikda olib borilishi kerak. Mashg‘ulotlar ishlanmasida mavzuning maqsad-vazifalari, kutilayotgan natijalar, kerakli jihozlar, mashg‘ulotning borishi to‘liq yoritiladi. Mashg‘ulot mavzulari bolalar uchun tushunarli, amaliy ishlar va turli interfaol o‘yinlar bolalar yoshiga mos, qiziqarli va turli bo‘lishi lozim. Mashg‘ulotlar davomida bolalar barmoq mashqlarinitetiklashtiruvchi daqiqalarda bajaradilar, harflar bilan maxsus o‘yinlar
(yig‘ish, terish), amaliy ishlarni bajarib, alifbeni bilib, bo‘g‘inlarni o‘qiy olish ko‘nikmalari mustahkamlanib boradi. Bola nutqi rivojlanganligini aniqlash (savodxonlikka o‘rgatish). Maqsad: Bolalarning tovushlar, so‘zlar va so‘z birikmalari haqidagi bilim va tasavvurlarini, ularning so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajaratish hamda berilgan so‘zlardan gap tuzishni bilishini aniqlash.
1. «Chiroyli stol» so‘zi ishtirokida gap tuzish.
2. «Ruchka» chiqib so‘zi bilan so‘z birikmasi o‘yla.
3. Koptok haqida imkon qadar ko‘p so‘z ayt.
4. «Bolalar maktabga kelishdi. Ular sinfda o‘tirishibdi. Dars boshlandi. Bir o‘quvchini doskaga chaqirishdi». Bu hikoyada nechta gap bor (har bir gapni uchburchak bilan belgilang. Qancha uchburchak bo‘lsa, demak, shuncha gap bo‘ladi).
5. «Mashina», «oshxona» so‘zlarini bo‘g‘inlab ayt.
6. «Bahor keldi» so‘z birikmasidan gap tuz.301
7. So‘z nimadan tashkil topgan?
8. Gap nimadan tashkil topgan?
9. Xonadagi «O» tovushi bor narsalarni ayt (boshqa tovushlarni
ham aytish mumkin).
• Ikkita gapni eplab gapira olmasang, maktabda qanday o‘qiysan?
• Sanashni bilmaysan-u, maktabga qanday borasan?
• Maktabga borsang,o‘rtoqlaring bu qilig‘ingdan lol qolishadi!
• Hech narsani bilmaysan, maktabga borsang bizni uyaltirasan!
Kabi ta’na-dashnomlar, bolada maktabdan qo‘rqish, undan xavfsirashning hakllanishiga asos bo‘lishi mumkin. Shunday qo‘rquv bilan maktabga borgan bolalarning maktabga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish, ularda o‘ziga nisbatan ishonch uyg‘otish uchun haddan ziyod kuch, vaqt, mehnat, sabr-toqat, chidam, e’tibor zarur bo‘ladi. Bu esa bolada oldindan maktabga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishga qaraganda shubhasiz, murakkab jarayondir.
2. Bolalarni turli faoliyat yo‘nalishlarida savodga o‘rgatishga tayyorlash. Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o‘zlashtirishga yordam beradi, buning asosida uning bilish, ko‘rgazmali, o‘yin, eng oddiy mehnat va o‘quv kabi xilma-xil faoliyat turlari, shuningdek, muomalasi shakllanadi. Bola u yoki bu faoliyatni o‘zlashtirib, faollik ko‘rsatadi, ayni paytda shu faoliyat bilan bog‘liq bilimlar, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, shu asosda unda xilma-xil qobiliyatlar va shaxs xususiyatlari shakllanadi. Bolaning faoliyatdagi mavqei uni faqat tarbiya obyektiga emas, shu bilan birga tarbiya subyektiga ham aylantiradi. Bu bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning yetakchilik rolini belgilaydi. Bolalarning rivojlanishi va tarbiyalanishining yosh bilan bog‘liq davrlarida faoliyatning turli xillari yonma-yon bo‘ladi va o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi, lekin bunda ularning roli bir xil bo‘lmaydi: har bir bosqichda faoliyatning yetakchi turi ajratiladi, unda bolaning rivojlanishidagi asosiy yutuqlar namoyon bo‘ladi. Har bir faoliyat ehtiyoj, sabablar, faoliyat maqsadi, mavzui, vositalari, buyumlar bilan amalga oshiriladigan harakatlar va nihoyat, natija bilan ajralib turadi. Ilmiy ma’lumotlarning dalolat berishicha, bola ularni darhol emas, balki asta-sekin va katta yoshdagi odamning rahbarligida egallaydi. Bola faoliyatining xilma-xilligi va boyligi, uni egallashdagi muvaffaqiyat oiladagi, maktabgacha ta’lim tashkilotsi tarbiya va ta’lim sharoitlariga bog‘liq, bo‘ladi. Bolaning dastlabki yoshlaridan boshlab faoliyatning eng oddiy turlari uning shaxsiy qobiliyatlarini, xususiyatlarini va atrofdagi narsalarga munosabatini shakllantirishning asosi hisoblanadi. O‘zlashtirilgan bilimlar va rivojlangan aqliy qobiliyatlarni bolalar xilma-xil o‘yinlarda va mehnatda qo‘llaydilar. Bularning hammasi bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir etadi, unda faoliyatning yangi mazmuniga qiziqishni shakllantiradi. Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg‘ular, sabablar, maqsadlarni tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga yetadiki, u bolaga maktabdagi muntazam o‘qishga o‘tish imkonini beradi. Kichik maktab yoshida asosiy narsa o‘qish bo‘lib qoladi va uni
bolalar ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat sifatida tushunadilar. Bolaning jamiyatdagi yangi mavqei o‘z xatti-harakatini va tengdoshlarining xatti-harakatini o‘zgacha nuqtayi nazardan – maktab o‘quvchisi nuqtayi nazaridan baholashni shart qilib qo‘yadi. Bola faollik, ijodkorlik ko‘rsatib, kattalarning uning xulq-atvoriga va
faoliyatiga qo‘yayotgan tobora murakkablashib borayotgan talablarini bajarishga intiladi. Har bir faoliyat turining mazmuni va tuzilishining ijtimoiy-tarixiy tabiati har bir yosh avlodga obyektiv ravishda berilgan bo‘ladi. Odamlarning ishlab chiqarish qurollarida, bilimlarda, san’atda, ahloqda va hokazolarda jamlangan sermahsul faoliyati natijalari birgalikdagi faoliyatda va muloqotda bo‘lgan paytda tarbiya va ta’lim vositasida katta avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati ana shunday shakllanadi.