Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


§. MTM bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə127/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

§. MTM bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi




Reja:

  1. Bola yoshiga mos tasviriy hikoyalar tanlash.

  2. Bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi.



Tayanch tushunchalar: Syujetli hikoya, tasviriy faoliyat, pikto- gramma, qo‘l motorikasi, jaranglaydigan qutichalar, plastik jadval, spektr, emotsional iroda, intellekt.



  1. Bola yoshiga mos tasviriy hikoyalar tanlash. Hikoya – biror voqea, hodisani kengaytirib bayon qilishdir. Hikoya tasviriy va syu- jetli bo‘lishi mumkin. Tasviriy hikoya – bu biror predmet yoki vo- qeaning o‘ziga xos tomonlarini bayon etishdir.

Masalan, tarbiyachi to‘tiqushlar haqida mashg‘ulot o‘tkazib, bo- lalarga hikoya qilib berishni topshirishdan oldin to‘tiqushlar haqida savollar beradi:

  • To‘tiqushning patlari qanaqa rangda?

  • To‘tiqush patlari uning hamma yеrida bir xil ko‘rinishdami? Dumi, boshidagi patlari qanday? Qayerida uzunroq, qayerida kaltaroq?

  • Idishga suv solib qafasga qo‘yamiz, qushlar nima qiladi, cho‘miladimi, ichadimi?

  • Qushlar qanday uchadi, bir-birining patini nega cho‘qiydi, nima uchun shoxdan-shoxga qo‘nadi?

  • Qafasning ichiga don, tuxum, tvorog, sabzi, olma solamiz. To‘tiqushlarimiz ularning qaysi birini xush ko‘rib yeydi?

Bu savollar vositasida bolalar qushlar bilan ishlashga o‘rganadilar, savollar natijasida va kuzatishlar asosida «Men qushlarga don berdim» mavzusida hikoya tuzish topshiriladi.
So‘ng 5–6 boladan hikoyani so‘zlab berish so‘raladi. Zebinisoning hikoyasi hammaning diqqatini tortadi:
«Dadam menga bozordan ikkita to‘ti sotib olib berdilar. To‘tilar kichkina qafaschada edi. Ikkinchi kuni ini bor, chiroyli, katta qafas olib keldilar va to‘tilarni unga qo‘yib yubordilar. To‘tilar keng qafasga
kirgandan so‘ng sayray boshladilar, ham yayrab o‘ynay boshladilar. To‘tilarning pati yashil, havorang, sariq, kulrang bo‘lib, tovlanib tu- rar edi. Ular bir-birlarining patlarini tozalay boshladilar. To‘tilarning patlari bosh qismida kalta, dumida, qanotlarida uzun. Kichik-kichik xolchalari ham bor. Xuddi ataylab chizilgandek.
Hikoya tugagandan so‘ng tarbiyachi hikoyalarni tahlil etib, eng yaxshi tasviriy lavhalarga, parchalarga bolalar diqqatini tortadi: ma- salan, to‘tiqushning patlari rangini Dilnoza sariq, yashil, kulrang, oq, havorang deb tasvirlaydi.
To‘tiqushlar nima uchun shoxdan-shoxga qo‘nadi? - degan savol- ga Dilbar: «To‘tiqushlar mitti, jonsarak qushlar, o‘ynashni yaxshi ko‘radi», dedi.
Sarvar esa: «To‘tiqushlar don cho‘qiydi, tuxumni yaxshi ko‘radi, sabzi, olma bersak ham yеydi. To‘tilarga meva va sabzavotlar juda foydali», deydi.
Syujetli hikoyada ham biror voqea-hodisa hikoya qilinadi. Masalan, «Bizning oila», «Mening do‘stlarim», «Alla»,
«Do‘kon», «Bizning vrach», «Mening ko‘cham», «Ko‘cha harakati qoidalari», «Men kim bo‘lmoqchiman», «Sayrda», «Paxta terimi- da», «Mehrjon bayrami», «Bizning qishloq» kabi mavzulardagi hikoyalar shakl jihatidangina emas, mazmunan ham muhim aha- miyat kasb etadi. Bu hikoyalarni tuzishda bolalarning nimalarga e’tibor berishi tushuntiriladi.
Hikoya tuzish jarayonida bolalarning narsalarni ko‘rib idrok etishi, eslab hikoya qilish, tasavvur etib hikoya qilish kabi qismlarga bo‘linadi.
Ko‘rgan narsalarni idrok etib yoki eslab hikoya qilish aniq- materiallar asosida tuziladi. Ulardan tasavvur etib hikoya qilish – ijodkorlikni talab qiladi. Bu hikoyalarning hammasi ham nutqning bog‘liqligi va maqsadga yo‘naltirilganligi bilan muhimdir.
Hikoya qilish usullari xilma-xildir. Jumladan, tarbiyachi to- monidan hikoyaning qisqacha namunasi berilishi mumkin. Bunda hikoyaning bir qismi tuziladi yoki o‘yin tarzida bayon etiladi.
So‘ng bolalarning o‘zlari hikoya tuzadilar. Masalan, «Bizning doktor» hikoyasi qanday yaratilganligini ko‘rib chiqaylik.
Mashg‘ulotning maqsadi tibbiy yordam ko‘rsatish namu- nasida bemorlarga g‘amxo‘rlik tuyg‘usini tarbiyalash orqali bolalar nutqini rivojlantirishdan iborat.
Hikoya o‘yin jarayonida o‘yinchoqlar vositasida bemorga tib- biy yordam ko‘rsatish, «bemor», «tez yordam» xodimlari bilan mulo- qot asosida tuziladi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin